Iqtisodiyot” fakulteti “moliya” kafedrasi



Download 308,31 Kb.
bet1/16
Sana09.07.2022
Hajmi308,31 Kb.
#766362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
9. Yerkebayeva Feruza


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” FAKULTETI
MOLIYA” KAFEDRASI
MOLIYA” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Korxona pul oqimlarini tahlil qilish va bashoratlash


Bajardi: IKM-60 guruh talabasi
Feruza Yerkebayeva
Ilmiy rahbar: k.oʻq. Sh.Sultonov
TOSHKENT – 2020
REJA:
KIRISH

  1. Korxonada pul oqimi va uning tasniflanishi.

  2. Korxonada pul oqimini tahlili.

  3. Korxonada pul oqimini bashoratlash.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR

KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiy taraqqiy etish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini oshishini ta’minlash bo’lib, bu orqali aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Har bir rivojlangan davlatda kuzatilganidek, iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun jahonda tan olingan xalqaro standarlar asosida hujjatlar shakllantirish hamda yuritish joriy etilmoqda. Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-qoidalari va tamoyillari takomillashayotgani, korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, umuman olganda, barcha tashkilotlar faoliyatida xalqaro standartlar asosida milliy standartlar tizimini keng amaliyotga tadbiq etilayotgani milliy iqtisodiyotimizni tobora yuksalib borayotganidan dalolat bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “… biz boshqa xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokimizni, yanada kuchaytiramiz”1. Bundan ma’lum bo‘ladiki, xalqaro tashkilotlardagi ishtiroklarni amalga oshirish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot standartlar asosida tashkil qilinishi muhim. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, korxonalarda pul oqimi va Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shaklini o‘rganish va shu asosda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini amalga oshirish iqtisodiy samadadorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shuningdek, “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlashi”2 qonun hujjatlarida belgilanganligi pul oqimini to‘g‘ri tahlil qilish korxonalar faoliyatida katta ahamiyatga eganligidan dalolatdir. Pul mablag‘larini tahlil qilish va oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar barcha darajadagi tadbirkorlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qo’llanilmoqda, u korxonalar ma’muriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurdir. Korxona menejerlari mazkur ma’lumotlardan foydalanib, korxona likvidliligini o’rganishda, dividendlarni belgilashda, ish haqi ta’minoti va byudjet bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilinishi imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Shu sababli, pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog‘i lozim.
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Shunday ekan, korxonalarda pul oqimi, uni tahlil qilish ahamiyatini o‘rganish va uni bashoratlash bo‘yicha samarali usullar ustida ishlash bugungi kunda dolzarbdir.
Kurs ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad korxonalar rivojlanishi uchun muhim jarayonlardan biri bo‘lgan pul oqimini tahlil qilishni, bashoratlashni va uning amaliy holatini o‘rganish, Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli yuzasidan xulosalarni shakllantirishdir. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishining quyidagi vazifalari belgilandi:

  • Korxonalarda pul oqiminining iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini o‘rganish;

  • Pul oqimining tasniflanishi va turlani o‘rganish;

  • Pul oqimini tahlili va bashoratlashni o‘rganish va uning ahamiyatini yoritib berish, amaliy holatini misollarda ko‘rib chiqish;

  • Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli mazmuni va muhimligini o‘rganish;

  • Korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlashning samarali usullarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar berish.

Kurs ishi mavzusining obyekti bo‘lib Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalarning pul oqimlari hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti bo‘lib korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlash, shuningdek pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganish hisoblanadi.
Kurs ishini mavzusini yoritib berishda mamlakatimizdagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli O‘zbekiston Respublikasi Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti 9-son BHMSdan, yurtimizdagi va xorijdagi iqtisodchi olimlar va professorlar tomonidan yozilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Jumladan M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova. A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, M.Y. Raximov, T. M. Qoraliyev, A. A. Omonov, N.Y. Jo‘rayev singari professorlar, o‘qtuvchilar va K.R. Subramanyam, A.Balabanov va I.Balabanov, T.V. Timofeeva, T.R. Karlin, Tim Berri kabi xorijiy olimlarning kitob va darsliklaridagi ma’lumotlar kurs ishini chuqur o‘rganishga va mazmunan keng yoritishga o‘z hissasini qo‘shadi.




  1. Download 308,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish