Iqtisodiyot fakulteti “Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar” kafedrasi



Download 165,02 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi165,02 Kb.
#747543
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi raqamli iqtisodiyot


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


IQTISODIYOT FAKULTETI

Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar” kafedrasi


Raqamli iqtisodiyot” fanidan 5234100-Raqamli iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi


KURS ISHI
Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnalogiyalarini tatbiq etish.

Bajardi: 219-guruh talabasi Narzullayev Xojixon


Tekshirdi (Rahbar): Raxmonova D.



1

Topshirdi

___/___/_____

2

Himoya qildi

___/___/_____

3

Baho

____(______)_


Imzo


___________



Samarqand-2022
Kirish

  1. Korxonaning texnik rivojlanishini rejalashtirish

  2. Innovatsion ta'lim texnologiyalarining mohiyati va turlari.

  3. Korxonada yangi texnikani joriy etish chora-tadbirlari. Ishlab chiqarishdagi yangi texnologiyalar.

Xulosa
Xulosa

Foydanalingan adabiyotlar

  1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi ―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risidagi 4725-sonli Farmoni

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi

―Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF-4455-sonli Farmoni

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi ―Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risidagi PQ-1731-sonli Qarori.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  6. Jo’rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma. .-T.: «Fan va texnologiya» nashr, 2017. – 638 bet.


Kirish
Mamlakatimizda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o’z navbatida faol tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga hamda innovatsion g’oyalarga asoslangan holda olib borishlarini taqozo etadi. Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes faoliyati bilan shug’ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga to’qnash kelmoqdalar. Bu o’z navbatida ular faoliyatida yangi va ko’plab o’rganilmagan biznesning o’ziga xos qirralarni va jahon taraqqiyotidagi biznes sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishni taqozo etmoqda. Global o’zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgandavlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida etakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu yo’nalishda hali qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’lib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti sifatida keltirib o’tish mumkin.
Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati masalalari yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab, samaraliroq natijalarga erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari rivojlanishi oxir- oqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari muhim rol o’ynaydi. Bizning mamlakat ham bu ma’noda istisno emas, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Bu respublikamizda amaldagi me’yoriy huquqiy asoslarni mustahkamlash va ushbu sohada islohotlarni jadallashtirish, zamonaviy talablariga javob beradigan iqtisodiy – huquqiy asoslarni mustahkamlash iqtisodiyotning ushbu sektori uchun kreditlar va imtiyozlar barqaror tizimini shakllantirish bo’yicha qabul qilingan choralarni yaqqol namoyish etadi. Kichik biznes korxonalari faoliyatida marketing faoliyatini qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan- to’g’ri muloqotda bo’lish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarfaoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomillash-tirish va shu orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarining sifatini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari juda muhim, dolzarb masalalardan ekanligini anglatadi.

1. Korxonaning texnik rivojlanishini rejalashtirish


Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Dаvriy rаvishdа yoki so’rоv bo’yichа qishlоq xo’jalik tashkilotlari vа fermer xo’jaliklarigа kеlib turаdigаn kоnsаlting kompaniyasi hodimlаri ulаrni yangi nаvlаr bilаn, kasаllik vа zаrarkunаndаlаrgа qarshi kurаshish usullаri bilаn, tomchilаb sug’оrish usullаri bilаn, vеtеrinаr prеpаrаtlаr bilаn, ishlаb chiqаrishni tаshkil qilish usullаri (shu jumlаdаn, informatsion tехnоlоgiya vоsiтаlаri yordаmidа) bilаn, mahsulotlarni sаqlаsh, yetkazish vа sоtishning zаmоnаviy usullаri bilаn hamda jаhоndаgi vа rеspublikаdа ishlаtilаyotgаn yangi texnologiyalar bilаn yaqindаn tаnishtirib turishlаri kеrаk bo’lаdi. Коnsаlting kompaniyasi o’zidа mаvjud bo’lgаn bаrchа ma’lumotlаrni (texnologiyalar, uslubiy materiallar, sprаvоchniklаr, qishlоq хo’jаligi ishlаb chiqаrishi sаmаrаdоrligini оshirish haqidagi аdаbiyotlаr vа bоshqаlаrni) bаrchа tаnishа vа ishlаtа оlishi uchun Internet pоrtаlidа jоylаshtirishlаri hаm judа muhim tаdbir hisoblаnаdi. Хuddi shu ishlаr аmаlgа оshirilgаn tаqdirdаginа rеspublikаmizdаgi qishlоq xo’jalik kоrхоnаlаri vа fermer xo’jaliklari aholini sifатli оziq-ovqat mahsulotlari bilаn tа’minlаb, mamlakatimizning оziq-ovqat havfsizligini tа’minlаb bеrа оlаr edi.

Aholi ko’pаyishi munоsаbаti bilаn 21 аsrdа glоbаl miqyosdа хоzirgi mаvjud yer mаydоnlаridа хоzirgisidаn аnchа ko’prоq оziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish kераk bo’lаdi. Маsаlаn, 2050 yilgа kеlib, dunyo аhоlisigа хоzirgidаn 70-90% ko’p оziq-оvqаt mahsulotlari kеrаk bo’lаdi. Dеmаk, bu jаrаyon mamlakatimizgа hаm tа’аlluqli vа biz hаm ushbu muammolаrni аyni хоzirgi pаytdа hаl qilishimiz zаrur.


Bizdagi oliy ta’lim olgan va ilm-texnikadan biroz xabardor bo’lgan ko’pchilik mutahassislar innovatsion iqtisodiyotni barchaning novator (yangilik kirituvchi) bo’lishi deb tushunishadi. Ammo dunyo miqyosidagi ta’lim muassasalarida innovatsion iqtisodiyot o’ziga xos ma’noda va ma’lum bir fan sifatida o’rganiladi. Innovatsion iqtisodiyotning boshqa mahsus dunyoviy fanlardan asosiy farqi shundaki, unda halqaro miqyosdagi ilg’or texnologiyalar bozori va bu bozorda samarador faoliyat ko’rsatish usullari o’rgatiladi. Texnologiyalar va shu bilan birgalikda intellectual mulkka egalik qilish huquqi – xuddi shular barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun investitsion jarayonning asosidir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor, misol sifatida kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u o’z faoliyatini birinchi navbatda mavjud zamonaviy texnologiyarni o’rganish va ulardan eng yaxshisini tanlab, sotib olishdan boshlashi lozim. Bizda esa agar tadbirkor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u ishni jahondagi ilg’or texnologiyalarni shu sohadagi ilmiy-texnik xodimlarni jalb qilgan holda qiyosiy o’rganmasdan turib, tayyor uskunalar sotib olishdan boshlaydi. U mavjud texnologiyalarni yaxshi o’rganmagani tufayli, ko’pincha bu uskuna eski, hisobdan chiqarilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan bo’lib chiqadi. Shu sababli, endi u hech qachon boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan raqobat qila olmaydi va o’z mahsulotlarini chet mamlakatlarga chiqarishga imkon topa olmaydi yoki chiqara olsa ham, texnologiya eski bo’lgani tufayli, katta foyda ola olmaydi va raqobatga dosh bera olmay, ishi kasodga uchrashi mumkin. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo’lgan huquqlar bozoriga) nisbatan ko’rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo’ladi. Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohada professional darajada fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so’nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o’ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish keng tarqalgan.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
  • mahsulot innovatsiyasi;


  • texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;


  • ijtimoiy innovatsiya.



Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.

Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir


Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.
Makroiqtisodiy darajada innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratiladi va iqtisodiy taraqqiyotni umumiy shart-sharoitlarini yaxshilab boradi hamda iqtisodiy mexanizmlarning takomillashtirilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish mukammal omillarga ega bo’lishi talab etiladi va zaruriy iqtisodiy resurslar, ya’ni investitsiyalarni talab etadi. Bunda innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g’oyaviy-siyosiy belgilarini takomillashtirilishiga safarbar etiladi. Bunday investitsiyalar resurslar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xizmatlar, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizm, intilinayotgan g’oya va siyosatning ustuvorligini ta’minlanishiga qaratiladi.
Makroiqtisodiyot darajasida innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar kuchli raqobat muhitida firma (korxona)larning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ularning mavqeini mustahkamlash bilan, samaradorligini yuksaltirish, foyda (daromadi) hajmi va me’yorini oshirish bilan bog’liq bo’lgan investitsiyalardir.
So’nggi yillarda O’zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436 sonli «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli «Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori. Ushbu qaror asosida Respublika innovatsion g’oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo’mitasi, Fanlar akademiyasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Respublika innovatsion g’oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi mamlakatimiz korxonalariga ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga, ularning samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 2008 yil 15 oktyabrdagi № 228-sonli «Texnologiyalar transferi agentligi» davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» qaror qabul qildi. Agentlikning asosiy vazifalari innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish; innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy innovatsion texnologiyalarni mustaqil ekspertizadan o’tkazish, moslashtirish va mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish; ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat sotuvi ob’ekti sifatida ishlab chiqarishga joriy etish loyihalarini tuzish va amalga oshirish; ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish.
Respublikada innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida 2002 yilda «Innovatsion ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirish Fondi» tashkil etilgan edi. O’tgan davr ichida 1070 ta innovatsion loyihalar bu fonddan moliyaviy yordam oldilar.
2003-2014 yillar respublikada innovatsion faoliyatni innovatsion loyihalar dasturi asosida bajarilish yo’nalishlari agrosanoat majmui bo’yicha 14 tadan 138 taga, mashinasozlik va asbobsozlik bo’yicha 12 tadan 63 taga, sog’liqni saqlash bo’yicha 8 tadan 113 taga, ekologiya bo’yicha 2 tadan 36 taga, farmakologiya bo’yicha 7 tadan 89 taga, axborot texnologiyasi bo’yicha 2 tadan 102 taga, geologiya va qayta ishlash tarmoqlari bo’yicha 3 tadan 68 taga, energetika bo’yicha 12 tadan 115 taga, kimyoviy texnologiya bo’yicha 12 tadan 91 taga va ijtimoiy yo’nalish bo’yicha 40 tadan 247 tagacha ko’paydi.
Respublikada YaIM tahlil etilayotgan davrda 6 barobarga o’sgan bo’lsada, innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning YaIM dagi hissasi 2007 yilda 0,006 foiz bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga kelib 0,072 foizni tashkil etdi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bu ko’rsatkich YaIMni 10-14 foizini tashkil etadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun unga ajratilayotgan mablag’lar hissasini oshirish zarur.
Investitsiyalarni moliyalashtirish kelajakda aniq mahsadlarga erishishni nazarda tutishi bilan tavsiflanadi. Investitsiyalarni moliyalashtirish iqtisodiy samaraga erishish, ijtimoiy samara olish, tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki samaradorlikni oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Investitsiyani kiritish va moliyalashtirish qarorlari aniq hisob-kitoblar va tahlil hamda ekspertiza asosida amalga oshiriladi. Demak, investitsiyalarni moliyalashtirishdan avval ularni kelajakdagi maqsadlariga erishish imkoniyatlari naqadar erkinligi aniqlanadi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.
Tadbirkor o’z faoliyatini yo’lga qo’yish uchun g’oyaga, ya’ni kelajagi bor loyihaga, moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan taqdirda ham, tadbirkor o’z g’oyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila olishi kerak, uning oqibatlari qanday bo’lishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishi bilan bog’liq g’oyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bog’liq bo’ladi. Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar, yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bog’liq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bo’lsa, shunchalik “venchur kapitali” qiymati yuqori bo’ladi.
Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar ko’radi. Buning sababi raqobatbardoshlik yo’qotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi, ishsizlik o’sadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli loyihalarni amalga oshirish orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish.
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.
Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.
Har qanday iqtisodning bosh bo’g’inini ishlab chiqarish tashkil etishi munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qo’llashni, turli yo’nalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, ya’ni investitsiyalarni kiritishni talab etadi.
Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlikeskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.

2. Innovatsion ta'lim texnologiyalarining mohiyati va turlari


Innovatsion ta'lim texnologiyasi - bu ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi tendentsiyalariga eng mos keladigan ta'lim faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni qandaydir yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o'z ichiga olgan ta'lim faoliyatini tashkil etish metodologiyasi. jamiyatning.
Ta'limdagi innovatsion faoliyat ta'lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo bo'lishiga qaratilgan kompleks faoliyatni o'z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim jarayonini tashkil etishning usul va usullari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar bo‘lishi mumkin.
Innovatsiyalar yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlar, ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo bo'lishi loyihalash ishlarining natijasi bo'lishi mumkin, bunda mavjud ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini aks ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar ishlab chiqiladi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo bo'lishiga olib keladi.
Innovatsiyalar ta'lim faoliyati jarayonida ham rivojlanadi. O'quv jarayonida talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini rivojlantirish amalga oshiriladi, keyinchalik ular innovatsiyalarni yaratish bilan bog'liq bo'lgan amaliy hayotning turli sohalarida qo'llanilishi mumkin.
Innovatsion ta'lim texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi:

  1. Zamonaviy, yaxshi qurilgan tarkib, uning asosi tadbirkorlik faoliyatining hozirgi voqeligiga javob beradigan kasbiy faoliyatdagi vakolatlardir. mazmuni zamonaviy aloqa vositalari orqali uzatiladigan turli multimedia materiallarini o'z ichiga oladi.

  2. O'qitishda zamonaviy, innovatsion usullarni qo'llash. Bunday usullar bo`lajak mutaxassisning kompetensiyalarini shakllantirishga, o`quvchilarni faol o`quv va amaliy faoliyatga jalb etishga, o`quv jarayonida tashabbus ko`rsatishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. O'quv dasturlarini passiv assimilyatsiya qilish istisno qilinadi.

  3. Ta'lim jarayonida zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi. U ta'limning yangi shakllari va usullarini, xususan, masofaviy ta'limni qo'llashga yordam beradigan axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlariga asoslanishi kerak.

Ta'limda innovatsion texnologiyalar o'qitishda muayyan yondashuvlarni qo'llash asosida qo'llaniladi, ya'ni. yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun asos bo'lgan talablar va maqsadlarni o'z ichiga olgan tamoyillar.
Pedagogik sohadagi barcha innovatsiyalar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichiga aniq mos kelishiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda ular o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga, o'z-o'zini o'rganish va o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishga, o'quv dasturlarini mexanik ravishda emas, balki ongli ravishda o'zlashtirishga qaratilishi kerak.
Ta'lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda. Quyidagi asosiy texnologiyalar guruhlarini ajratish mumkin:

  1. Fan ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoki AKT. Ushbu texnologiyalardan foydalanish axborot jamiyatining rivojlanishi va hayotning barcha sohalarida axborot vositalarini faol joriy etish bilan bog'liq. Bunday texnologiyalar talabalar ongini axborotlashtirishga qaratilgan. Ta'lim dasturlari informatika, axborot jarayonlari va AKTni o'rganishga qaratilgan yangi fanlarni o'z ichiga oladi. Professor-o'qituvchilar va talabalarning axborot madaniyatini oshirishga yordam berish uchun o'quv jarayoni ham faol ravishda axborotlashtirilmoqda;

  2. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar shaxsni ta'lim va tarbiyada ustuvor o'ringa qo'yishga qaratilgan. Butun ta'lim jarayoni shaxsning o'ziga xosligi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsni rivojlantirishga qaratilgan.

  3. O'quv jarayonini axborot-tahliliy ta'minlash. Ushbu guruh texnologiyalaridan foydalanish har bir o'quvchi, sinf, parallel, ta'lim muassasasining rivojlanishini o'rganishga, ularni adekvat baholashga qaratilgan;

  4. Intellektual rivojlanish monitoringi. Texnologiyalar grafiklardan foydalanishga, test tizimiga, individual oʻquvchilarning rivojlanish dinamikasini va umuman taʼlim sifatini kuzatish imkonini beruvchi yangi baholash usullariga asoslangan;

  5. Ta'lim texnologiyalari. O'quv jarayonini ta'limdan ajratib bo'lmaydi. Shuning uchun shaxsni, uning asosiy fazilatlarini rivojlantirishning yangi usullari joriy etilmoqda;

  6. Didaktik texnologiyalar. Ular ta’lim muassasasi rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunday texnologiyalar an'anaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o'z ichiga olgan texnika va vositalar majmuasiga asoslanadi: o'quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, audiovizual, multimedia vositalaridan foydalanish, tabaqalashtirilgan o'qitish usullari.

Shakl 1. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Author24 - talabalar qog'ozlarini onlayn almashish

Download 165,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish