Iqtisodiyot” kafedrasi j. Bobonazarova, N. To‘ychiyeva



Download 1,52 Mb.
bet1/82
Sana23.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#607426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
INNIVATSION IQTISODIYOT Uslubiy ko\'rsatma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


J.BOBONAZAROVA, N.TO‘YCHIYEVA
60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun


INNOVATSION IQTISODIYOT FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN
O‘QUV-USLUBIY KO‘RSATMA





Jizzax – 2022

Innovatsion iqtisodiyotfanidan uslubiy ko‘rsatma talabalarga o‘quv jarayonida uslubiy ko‘mak berish maqsadida tuzilgan va unda sillabusda ko‘rsatilgan mavzular yoritilgan.


Innovatsion iqtisodiyotfanidan uslubiy ko‘rsatma “Iqtisodiyot” kafedrasining 2021 yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri ____________ B.Muxtarov


Innovatsion iqtisodiyotfanidan uslubiy ko‘rsatma “Amaliy matematika” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil “___” ____dagi ___ -sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: ____________ A.M.Baboyev

1-MAVZU. “INNOVATSION IQTISODIYOT” FANINING PREDMETI VA OB’EKTI, INNOVASIYALARNI RIVOJLANISH NAZARIYASIGA KIRISH.

Reja:

1.Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari


2.Innovatsion iqtisodiyotning umumiy asoslari, fanning predmeti, maqsad va vazifalari
3.Innovatsion iqtisodiyotni o‘rganish bo‘yicha usul va yondashuvlar
4.O‘zbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar


1.Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari


Innovatsiya termini inglizcha “innovation” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “yangiliklarni joriy etish” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib innovatsiyaning markaziy muhim o‘rni yangilanishga tegishlidir. Bunday yangilanish qachon yuz beradi, agarda insonlar qaror qabul qilish usullarini o‘zgartirib, standart usullardan voz kechib, mavjud norma va qonuniyatlar doirasidan tashqarida qaror tanlovini qila olishni o‘rganishsa, u holda amalga oshishi mumkin.
Innovatsiyani yangi ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish yoki boshqa echim va qarorlarni amaliyotda birinchi bo‘lib joriy etish sifatida ta’riflash mumkin.
Ta’kidlash lozimki, “innovatsiya” ni tushunish murakkab bo‘lgan umumiy tushunchalar sirasiga kiradi, uning mazmunini to‘laqonli ochib berish uchun turli usul va yondashuvlar talab etiladi. Bir tomondan innovatsiyalarni “o‘zgarish funktsiyasi” sifatida qarar ekanmiz, aytish mumkinki, umum falsafiy ma’noda innovatsiya – bu biror-bir jarayon yoki majmuaning holatini o‘zgartirishdir. Shu ma’noda innovatsiya rivojlanishning o‘ziga xos kesimi hisoblanadi deyishimiz mumkin bo‘ladi. Buo‘rinda innovatsiyalarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yuz beruvchi jarayon sifatida talqin qilishimiz o‘rinli hisoblanadi, zero jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion rivojlanish o‘ziga xos tarzda kechadi.Boshqabir tomondan esa, innovatsionjarayon sifatida yakuniy natija innovatsiya (innovatsion mahsulot) tushunchasi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada biz faqatgina, iqtisodiy sohada amalga oshiriluvchi innovatsiyalarni tadqiq qilish bilan chegaralanamiz xolos.
Y.Shumpeter innovatsiya atamasini ilmiy muoamalaga kiritib, uning o‘ziga xos jihatlarini yoritib bergani holda, u o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (1912 y.) asarida o‘zgarishlarning beshta tipik ko‘rinishini ajratib ko‘rsatadi:

  1. Iste’molchi hali tanish bo‘lmagan yangi mahsulotni yoki avvaldan mavjud bo‘lgan mahsulot sifatining yangi darajasini joriy qilish.

  2. Ilmiy kashfiyotlarga asoslangan yangi ishlab chiqarish usullarini, mahsulot yoki xom-ashyoning tijorat maqsadlarida foydalanishning yangi usullarini joriy etish.

  3. Bozorning avvaldan mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, muayyan mamlakatning ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog‘iga kirib borish orqali yangi bozor ochish.

  4. Mavjud yoki mavjud emasligi yoki avvaldan yaratilganligiga qaramasdan xom-ashyo yoki yarim tayr mahsulotlarning yangi manbalarini qo‘lga kiritish.

  5. Biror tarmoq yoki sohada iqtisodiy faoliyatni tashkil etish usul va vositalarini o‘zgartirish. Xususan bunday o‘zgarishlar orqali iqtisodiy faoliyat subyekti bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi yoki bozordagi o‘rnini butkul yo‘qotishi ham mumkin.

Ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni Y.Shumpeter nafaqat ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyalarni sifat jihatdan o‘zartirish bilan, balki tadbirkorning ongli ilmiy faoliyati natijasi hisoblanuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish usullarining o‘zgartirilishi bilan ham bog‘laydi. Y. Shumpeterning fikricha, innovatsiya - bu tadbirkor tomonidan amalga oshiriluvchi ishlab chiqarish omillari va shart-sharoitlarining yangicha birikmasi (kombinatsiyasi)dir. Xalqaro standartlarga muvofiq innovatsiya innovatsion faoliyatning natijasi hisoblanadi va innovatsion faoliyat natijalarining quyidagi ko‘rinishlaridan biri sifatida talqin etiladi:

  • Bozorga olib chiqilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yohud xizmatlar;

  • yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon;

  • amalda foydalanilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullari.

Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda innovatsiyalarni quyidagicha tartiblashtirish mumkin:

  • innovatsion-mahsulotlar (yangi mahsulotlar va xizmatlar);

  • innovatsion jarayonlar (mikro darajada - ishlab chiqarishni tashkil etishning yangicha usullari va yangi texnologik jarayonlar; makro darajada - bozorlar tuzilmasini o‘zgartirish va yangi bozorlar tashkil etish).

Shunday qilib, iqtisodiy faoliyat natijasi hisoblanuvchi innovatsion mahsulotlar va innovatsion jarayonlar bizning o‘rganishimiz obyekti hisoblanadi.
Innovatsion faollik yoki innovatsiyalarni baholashni ikki: korxona va davlat darajasida amalga oshiriladi. Korxona darajasida innovatsion faoliyatni baholash bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida xodimlar darajasida jamoaviy faoliyatni baholash, barcha kompaniyalarda uning kichik korxonalaridan yirik korxonalar miqyosida amalga oshadi. Kompaniya darajasida innovatsion faollikni baholash jarayoniga tashqi konsultantlarni jalb qilish, hisobotlar tuzish, seminarlar o‘tkazish yoki ichki benchmarketing (ya’ni o‘zini mavjud etalon bilan solishtirish) orqali amalga oshirilishi mumkin. Korporativ baholashlarda korxona faoliyati-ning moliyaviy ko‘rsatkichlari, innovatsion jarayonlarning samaradorligi, xodimlarni rag‘batlantirish holati va ulardan kutilayotgan qaytim va shuningdek iste’molchilar uchun yaratilgan qo‘shimcha navflilikni baholashga tegishli bo‘lgan innovatsion faoliyatning bir qator jihatlarini qamrab oluvchi o‘zaro muvozanatlashgan ko‘rsatkichlar tizimi falsafasidan foydalaniladi. Siyosiy darajada innovatsiyalarni baholash ko‘proq darajada u yoki bu turdagi innovatsiyaga asoslangan mamlakat yoki xududni raqobat ustuvorliklarida ifodalanadi. Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti (IRXT) tomonidan yaratilgan “Oslo yo‘riqnomasi” (1992) mahsulotlar va innovatsion jarayonlarni baholash uchun standart usullarni taklif etadi. Ko‘pincha “Oslo yo‘riqnomasi” ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish uslubiyatining asoslarini belgilab beruvchi “Fraskatiyo‘riqnomasi” (1963) ni to‘ldiruvchi hujjat ekanligi haqida fikr va xulosalar ham mavjud.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish