Isajon Sulton hayoti. Isajon Sulton ijodi


-Ijod qoidalaringiz qanaqa? Ayni damda biror ijodiy ish bilan bandmisiz?



Download 32,55 Kb.
bet4/8
Sana09.12.2022
Hajmi32,55 Kb.
#882195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiy jarayon mustaqil ish

-Ijod qoidalaringiz qanaqa? Ayni damda biror ijodiy ish bilan bandmisiz?
-Tevarakda asarlar yilt-yilt etib ko‘rinish beraveradi. Voqealar, hodisalar, aytimlaru tutumlar asar bo‘laman deb turadi. Lekin kishilarga aytadigan gapning masuliyati ham bor.
Nokamtarlik demasak, aytsam bo‘lar: men oilamsiz bir satr ham yozolmayman. Hozir bir asar ustida ishlayapman, yozish ancha qiyin bo‘ldi. Tarixiyroq-da. Atay Farg‘onadan onaizorimni chaqirib oldim. Vaziyat shunday: ertalab sahar uch yoki to‘rtda turib ishimni qilaman, onam ham erta turadi. To tong yorishguncha ijod. Keyin birgalashib nonushtada har xil gaplarni gaplashib o‘tiramiz. Bugun nimalar qilishni maslahatlashamiz, og‘ziga nima yoqishini so‘rayman, orada men bozorga borib aytganlarini olib kelaman, ona-bola kechga birgalashib ovqat pishiramiz, xursandligini ko‘rib o‘zim ham shodlanaman… Bolalar o‘qishdan qaytishadi. Ularga ham yaxshigina o‘rnak: otaning o‘z onasiga munosabatini ko‘ra-ko‘ra ulg‘ayishadi. Har xil gaplarni gaplashaveramiz, suhbat esa tugash bilmaydi. Ijod esa yengillashganday tuyuladi.
Kim bilsin. Balki kimdandir xavotir olib tursangiz, asar yozilmas? Balki asar yozilishi uchun mutlaq xotirjamlik, orom kerakdir? Yoki baxt kerakdir-u, mening nazarimdagi baxt shudir?
-Yosh ijodkorlar orasida shogirdlaringiz bormi? Ularga qanday maslahat berasiz? Ijodiy saboqlaringizdan muxlislarga ham ulashsangiz.
-Yoshlarning o‘ziga xos betakror iste’dodini ko‘rib, shogird deyishga ham iymanasiz kishi. Gohida ularning mashqlarini ko‘rib, o‘zimning o‘shanday paytim yodga keladi. Bugunning navqiron yoshlarida mening o‘sha mahalda yozganlarimdan ko‘ra ancha kuchli asarlar bor.
O‘rni kelganida ijodkor uka-singillarimizga bir mulohazamni aytsam ayb bo‘lmas. Xalqimiz ong-o‘yida yashab kelayotgan timsollaru ifodalarni jahonning ba’zi o‘lkalarining yozuvchilari eshitishsa, xazina topganday sevinib ketishardi. Juda ko‘pchilikning xayoliga kelmagan, dunyo uchun yangilik tuyuladigan obrazlarimiz bor. Misol uchun, hamma biladigan Er Kenja ertagini olaylik. U bo‘lg‘usi yorini izlab dasht kezib borayotganida toshbaqaga, ilonga, chumoliga duch keladi, ularga yordamlashadi. Mushkul vazifani ado etish vaqtida esa ular ham ko‘makka kelishadi. Esladingizmi? Endi buning zamonaviy talqiniga qarang: xalqimiz aytyaptiki, ezgu niyat ila yo‘lga chiqqan kishiga butun tevarak yordamlasha boshlaydi. Chunki juda ulkan hodisa ro‘y bermoqda: elning bir bolasi o‘ziga juft izlamoqda, u juftlikning haqiqati esa zuryoddir. Bu — bor-yo‘g‘i bittagina rivoyatning tagma’nolaridan biri. Ertagu dostonlardan tortib har qishloqning o‘ziga xos hikoyatlari xalq orasida oltinday sochilib yotibdi. Ularni ifodalashning zamonaviy usullarini topish kerak. Elni dunyoga tanitadigan shu sharafli yo‘lda har bir yosh ijodkorga sabot, matonat va zafarlar tilayman.

Oʻzbek romanchiligi keyingi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻtgan yillar davomida epik tur oʻzining tadrijiy taraqqiyotini boshdan kechirdi. Shakliy-uslubiy izlanishlar badiiylikning mudom tabiatini belgilab beruvchi omildir. Shunday ekan, badiiy qonuniyatlarni ilmiy tekshirish, muammo mohiyatiga zimdan nazar tashlash, tadrijiy takomilni aniqlashtirish joriy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Istiqlol romanchiligi qisqa fursatda “yangilanish” jarayonini bosib oʻtgan boʻlsa-da, mazkur davrda yaratilgan romanlar tabiatida gʻarb anʼanalari taʼsiri maʼlum maʼnoda seziladi. Biroq badiiy shaklning mohiyatida oʻziga xoslik mazmun va mafkura yaxlitligida alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlash joiz.


Istiqlol davri romanchiligi mavzuning badiiy talqini, odamning orzu-umidlari, shaxs intim kechinmalari, inson psixologiyasini tahlil etish yoʻlidan bormoqda. Mohiyatga evrilgan badiiy talqinlarda oʻzlikni anglashga intilish kuchli. Poetik tafakkur miqyoslarini kengaytirishga, shaxs jumbogʻi nima degan savolga javob axtarishga, tushunchalarni mudom oʻzgarishga mahkum ekanligini anglashga intilayotgan adiblarimizdan biri Isajon Sultondir.
2011 yili nashr qilingan “Ozod” romani mavzu va gʻoya, syujet va kompozitsiya qurilishi jihatidan yaxlitlik kasb etgan asarlar sirasiga kiradi. Roman muqaddimasida keltirilgan parchada ham bunga guvoh boʻlamiz: “Hamma insonlar koʻzgudir va turli-tumandir, – dedi u. – masalan, ilm va soʻz ahli botiq oynadir. Ularning aytganlari – kichikdan kattaga, kamdan koʻpga olib boruvchi yoʻllarning ishoratlaridir. Modomiki, jonsiz oynaga voqea-hodisalarni akslantirish xususiyati ato etilgan ekan, jonli koʻzgu egasi ularni istagan maqomga solib akslantira oladi. Dunyoda qushlar turli-tuman, ularning hayot kechirishi va tabiati ham turfa, xalq hudhud, qumri, popishak, kabilarga navosoz, donishmand, yengiltak kabi maʼnolarni yuklagan, bular – qisman aks. Ulardan boshqa qushlar ham bor, el ularni tole qushi, humo qushi yoki jon qushi deb ataydi. Bular – toʻliq, yaʼni hamma qushlarning xususiyatini jamlab, qoʻshimcha moʻjizaviy maʼnolar yuklangan aksdir”.
Mazkur lavha roman ekspozitsiyasida “Koʻzga koʻrinmas muallifning soʻzboshisi” deb nomlanib, asar ramziy-falsafiy, majoziy ishoralar, timsollar jamlujamidan tarkib topganligini his qilish mumkin. Bu ramziy-majoziy talqin ustuvor barcha tafsilotlar “kapsula” ichiga joylanganki, uni fikr va his orqali tushunib yetish mumkin. Qush timsoliga sharh berar ekan, muallif voqeani mikro elementlarigacha qiyoslab koʻradi. Tole qushining yaxlit qiymat olganligini tavsiflaydi. Bu bilan esa roman poetikasida 
Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish