Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi «Makroiqtisodiyot» fanidan



Download 434,21 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi434,21 Kb.
#712290
Bog'liq
Mustaqil ish.2


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”
FAKULTETI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«Makroiqtisodiyot» fanidan

MUSTAQIL ISH

Tayyorladi:Ne’matullayev Abdulaziz.


Abdurasulov Asrorbek.
Gruh:72H-20I

MAVZU:Turkiya davlati va O’zbekiston davlati iqtisodiyoti.


Reja:1)Turkiya davlati iqtisodiyoti.
2)O’zbekiston davlati iqtisodiyoti.
3)Ikkala davlatning iqtisodiyotini solishtirish.
1)Turkiya Respublikasining 97 foiz hududi Osiyoda, 3 foizi Yevropada joylashgan davlat. 85 millionga yaqin aholi istiqomat qilayotgan ushbu mamlakatda iqtisodiyot, ayniqsa turizm sohasi rivojlangan.
Turkiya iqtisodiyoti Xalqaro valyuta jamg‘armasi orqali rivojlanayotgan, bozor tamoyiliga asoslangan tizimga ega, dunyoning yangi sanoatlashgan davlatlari qatoriga kiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, avtotransport vositalari, kema va boshqa transport uskunalari, qurilish materiallari, maishiy elektronika savdosi ancha ilgarilab ketgan. Sanoat, bank, transport va aloqa yo‘nalishlarida davlat ishtiroki muhim ahamiyat kasb etsa-da, xususiy sektor faoliyati ham ma’lum bir darajaga chiqqan.

The World Factbook” ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy ekspertlar, jumladan, iqtisodchi va siyosatshunoslar Turkiyani dunyodagi eng sanoatlashgan mamlakatlardan biri, deya e’tirof etmoqda. So‘nggi yillari bu yerda iqtisodiy sohani taraqqiy ettirish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilyapti. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati kengaymoqda, tovar eksporti, umuman, tashqi savdo va investitsiya loyihalari bilan ishlash, soha rivojiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.


Natijada o‘tgan yili Turkiya iqtisodiyoti 2020 yilga nisbatan 11 foiz, oxirgi chorakning o‘zida 9,1 foiz o‘sdi. Turkiya Statistika tashkiloti e’lon qilgan, 2021 yilda ishlab chiqarish usuli bilan hisob-kitob qilingan yalpi ichki mahsulot (YAIM) natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili YAIM 42,8 foiz ko‘payib, 7 trillion 209 milliard 40 million lirani tashkil etgan.
2021 yil avvalgi yilga nisbatan sanoat 16,6 foiz, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasi 7 foiz, riyeltorlik faoliyati 3,5 foiz o‘sdi. Moliya va sug‘urta faoliyati 9 foiz, qishloq xo‘jaligi sektori 2,2 foiz va qurilish sektori 0,9 foiz kamaygan.
Statistika instituti va Savdo vazirligi hisobotida e’lon qilinishicha, 2021 yil Turkiya eksporti avvalgi yilga nisbatan 17,2 foiz ortib, 17 milliard 587 million dollarga, importi esa 54,2 foiz ortib, 27 milliard 848 million dollarga yetgan.
Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do'nmez, 2030 yilda Turkiyada taxminan 1 million elektromobil yoki gibrid avtomobil yo'llarda bo'lishini va buning uchun infratuzilmani kuchaytirish kerakligini aytdi.
Turkiya, 2011-2021-yillarda 51 ming 824 tonna choy eksport qilib, evaziga 203 million 872 ming 233 dollar daromad oldi.

2) 2022-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarning prognozlariga koʻra, oʻrtacha surʼatda oʻsishda davom etib, pandemiyadan oldingi darajaga qaytishi kerak edi. Biroq joriy yilda dunyodagi siyosiy vaziyat keskin oʻzgardi, bu esa jahon iqtisodiyoti va savdosiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.


Oʻzbekiston ham koʻplab iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda. Yil yakunida iqtisodiy oʻsish surʼatlarining sekinlashishi, inflyatsiyaning tezlashishi va oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishi, ishsizlik va kambagʻallikning oshishi kutilishi mumkin.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prognoziga koʻra, Oʻzbekistonda 2022-yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 6% dan 4% ga, Fitch Ratings xalqaro agentligi prognoziga koʻra esa 5,7% dan 3,1% ga kamayadi.


. 2021-yilda Oʻzbekiston umumiy eksportidagi ushbu mamlakatlarning ulushi jami eksportning chorak qismidan bir oz koʻproqdir. Oʻzbekiston eksportining 12%ga yaqini Rossiyaga toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston 7%, Qirgʻiziston va Tojikiston mos ravishda 5 va 3% ulush bilan bormoqda.


Iqtisodiyot uchun yana bir xavf — qoʻshni davlatlardan oʻzbek mehnat muhojirlarining transchegaraviy oʻtkazmalarining kamayishi. 2022-yilda bunday oʻtkazmalar hajmi ilgari kutilgan oʻsish 3% oʻrniga 21% ga kamayishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarining katta qismi Rossiya Federatsiyasida mehnat qiladi. “Fitch Ratings” xalqaro agentligi maʼlumotlariga koʻra, jami pul oʻtkazmalarining 70%i Rossiyaga toʻgʻri keladi, bu Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining 8%iga teng.

Oʻzgargan iqtisodiy voqeliklar bu yil inflyatsiyaga ham taʼsir qiladi. Agar 2022-yil boshida Oʻzbekiston Markaziy banki oʻsishni 8−9% darajasida prognoz qilgan boʻlsa, aprel oyi boshida ekspertlar inflyatsiya oʻsishi boʻyicha prognozlarini oshirgan edi.


“Fitch Ratings” xalqaro agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda yuqori inflyatsiya 12,7% darajasida kuzatiladi, bu rasmiylar prognozlaridan sezilarli darajada yuqoridir. Pul-kredit organlari tomonidan olib borilayotgan inflyatsiyani nishonga olish siyosatining bir qismi sifatida 2023-yilga borib inflyatsiya darajasini 5%ga yetkazish maqsadiga erishib boʻlmaydigan boʻlib bormoqda.


Download 434,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish