Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) Munavvarqori Abdurashidov



Download 69,07 Kb.
bet9/21
Sana18.01.2022
Hajmi69,07 Kb.
#391512
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
3-mavzu Hozirgi davr siyosiy qarashlari

Aleksandr Hamilton (1757-1804) qarashlari butunlay boshqacha siyosiy dunyoqarashga asoslangan. Uning siyosiy nazariyasi negizida odamlarni «yuqori» va «quyi» (boy va kambag‘al) tabaqalarga bo‘lish yotadi. A.Hamiltonning fikricha, davlatning aso­siy vazifasi xususiy mulkni xalqdan himoya qilishdir. Shu sababli u odamlarning huquqlari ularning mol-mulkiga mos ravishda taqsimlanishi lozim, deb hisoblaydi. A.Hamilton demokratiyaga qarshi edi, u konstitutsiyaviy monarxiya uchun kurashdi, talablari inobatga olinmagandan so‘ng cheklanmagan vakolatga ega bo‘lgan, umrbod saylanadigan prezidentlik hokimiyati o‘rnatish g‘oyasini qattiq turib himoya qildi. Uning taklifi asosida 1787 yilgi Konstitutsiyada ikki palatali qonun chiqaruvchi organ mustahkamlab qo‘yildi.

XIX asrning birinchi yarmi - Evropaning lider mamlakatlarida industrial sivilizatsiyaning uzil-kesil shakllanish davri. Ushbu davr asosiy siyosiy mafkuralarning uzil-kesil shakllanishi, ijtimoiy-siyosiy hodisalarni o‘rganishga yangi metodologik yondashuvlarning paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Mazkur davrning lider siyosiy mafkurasi liberalizm bo‘lib qolgan edi (B.Konstan, I.Bentam va boshqalar). SHaxsning huquqi va erkinliklari, uning daxlsizligi, xususiy mulk va iqtisodiy faoliyat erkinligi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, hokimiyatning bo‘linishi va boshqalar uning asosiy qadriyatlari sifatida e’lon qilindi. Asta-sekin liberallar kon­stitutsiyaviy monarxiya va senz bilan cheklangan saylov huquqini ideal deb tan olishdan yangi idealga - umumiy saylov huquqi mavjud bo‘lgan demokratik respublikani yoqlab chiqdilar. Ularga islohotlarning inqilobiy usullaridan voz kechish xos bo‘lib qoldi. Ushbu davrda demokratiya muammolari chuqur tadqiq etildi (A.Tokvil va boshqalar).

Mana shu davrning o‘zida siyosiy konservatizm ham shakllandi. Uning mazmunini tashkil etuvchi konkret g‘oyalar tarix iy taraqqiyot jarayonida o‘zgardi, ammo o‘sha yillarda bayon etilgan umumiy dunyoqarash tamoyillari bugunga qadar saqlanib kelmoqdaki, ular siyosiy hayotning tarixan tarkib topgan shakllarining saqlanishi, davlat manfaatlarining shaxsiy huquqlar va erkinliklarga nibatan ustuvorligi, odamlarning tengligini inkor etish, demokratik institutlarning rad qilinishi va boshqalardir. E.Berk U.Vordsvort, S.Koldrij, F.Lamenne va boshqalar mazkur davr konservatizmining nazariyotchilari hisoblanadilar.

XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy hayotni tadqiq etishga yangi metodologik yondashuv - pozitivizm vujudga keladi (O. Kont, J. Mill va boshqalar). Siyosiy hodisalarning mohiyatini bilishdan voz kechib, pozitivizm siyosiy fanning vazifalarini ularning statistikasi va dinamikasini o‘rganishdan iborat qilib qo‘ydi. Ushbu uslub siyosat sohasida konkret ijtimoiy tadqiqotlarning boshlanishiga turtki berdi. Bu usuldan turli siyosiy mafkuralarning tarafdorlari birdek foydalandilar.

Mana shu davrda sotsializm (kommunizm) siyosiy mafkurasining shakllanishi nihoyasiga etdi (A.Sen-Simon, SH.Fu­re, R.Ouen va boshqalar). Sotsialistik nazariyalarga bag‘ishlangan boy adabiyotlarning mavjudligi ularga batafsil to‘xtalib o‘tishga ehtiyoj qoldirmaydi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Evropadagi industrial jamiyat rivojlanishda davom etdi va asta-sekin o‘z ko‘rinishini o‘zgartirdi: asr oxiriga kelib iqtisodiy jihatdan eng ko‘p rivojlangan mamlakatlarda erkin raqobat monopoliyalar hukmronligi bilan almashadi. Evropa davlatlari oddiy ishchilar tomonidan olib borilgan kurashlar natijasida ijtimoiy qonunchilik unsurlarini qabul qildilar. Mahalliy kasaba uyushamalari iqtisodiyotga, ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga tobora faolroq aralasha boshladilar. Liberal va sotsialistik siyosiy mafkuralarning gurkirab rivojlanishi bilan bir qatorda siyosiy fikrda konservativ, antidemokratik tamoyillar ham kuchayib bordi.


Download 69,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish