Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
Bog'liq
5-сон

Ключевые слова: 
цифровая экономика, электронные платежи, валовой 
внутренний продукт (ВВП), интернет-банкинг, инфраструктура, модернизация, 
розничная торговля, занятость. 
THE CHARACTERISTICS OF THE TRANSITION OF INDUSTRIAL ENTERPRISES TO THE DIGITAL 
ECONOMIC PRINCIPLES (TRENDS) 
 
Azadova B.A. – teacher of Tashkent State Pedagogical University 
 
 Annotation.
The application of the digital economy in industrial enterprises remains 
one of the most pressing issues today. In the context of informatization and digitalization, 
the specificity of the management of industrial enterprises is important. Therefore, it is 
necessary to take into account the specifics of the transition to the principles of the new 
digital economy, the forecasting of potential problems, as well as the development of 
160


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
solutions and proposals to minimize the negative consequences and strengthen the core 
business. 
Key words:
digital Economy, Electronic Payment, Gross Domestic Product (GDP), 
Internet Banking, Infrastructure, Modernization, Retail, Employment. 
Bugungi kunda hech birimizga sir emaski, korxonalarni samarali faoliyat olib borish va 
boshqarish konsepsiyalari hamda korxonaning raqobatbardoshlik imkoniyatlarini taʼminlash 
bo‘yicha nisbatan yangi talablar vujudga kelmoqda. Dunyo iqtisodiyotiga nazar soladigan 
bo‘lsak, yangi yondashuv, yaʼni raqamli iqtisodiyot jadallik bilan shakllanmoqda. Barcha 
faoliyat jabhalari kabi sanoat korxonalariga ham axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib 
bormoqda.
Аnʼanaviy iqtisodiyotdan ko‘pgina ustunliklarga ega bo‘lgan raqamli iqtisodiyot qisqa 
davr mobaynida dastlab rivojlangan mamlakatlarda, keyinchalik dunyo bo‘ylab keng 
ommalashmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, raqamli iqtisodiyot bevosita ham onlayn xizmatlar, 
ham internet savdolar va boshqa servislar ko‘rsatishni ko‘zda tutadigan raqamli kompyuter 
texnologiyalari rivojlanishi bilan bog‘liq faoliyat hisoblanadi. Odatda elektron kommersiya, 
internet – banking, elektron to‘lovnomalar, internet reklama, shuningdek, internet o‘yinlar 
raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlaridir. Bugungi kunda jahonda raqamli 
iqtisodiyotning o‘rni ortib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga 
murojaatnomasida ushbu masalaga to‘xtalib: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar 
va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning 
eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga 
axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda”,
1
– deb taʼkidlaganliklari va respublikamizda 
2020-yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, – deb nomlanganligi ham 
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Yurtimizda mazkur sohani rivojlantirish uchun muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953 sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan ― Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida 
amalga oshirishga doir davlat dasturida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy 
eʼtibor qaratilgan.
Shubhasiz, iqtisodiy sektorni raqamlashtirish tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hajmi va 
raqobatbardoshlikni keskin oshirish hamda vaqtni tejash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Аyni 
paytda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport, 
energetika, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotni sanoat korxonalarida, jumladan, yengil sanoat korxonalarida ham 
qo‘llash masalasi yechimini kutayotgan masalalardan biri bo‘lib qolmoqda
2

Аxborotlashtirish va raqamlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini boshqarishning o‘ziga 
xosligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun korxona faoliyatini tashkil etishda yangi 
bo‘lgan raqamli iqtisodiyot prinsiplariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlarini, yuzaga kelishi 
mumkin 
bo‘lgan 
muammolarni 
bashoratlash, 
shuningdek, 
salbiy 
oqibatlarni 
minimallashtirish bo‘yicha yechimlar va takliflar ishlab chiqish hamda korxona asosiy 
1
ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШавкатМирзиѐевнинголиймажлисгамурожаатномаси. Халқсўзи, 25.01.2020й. 
2
С.Гулямов, Р.Аюпов. //Рақамлииқтисодиѐтваунингасосийривожланишйўналишлари. Давлат статистика қўмитасининг 
―Ўзбекистон статистика ахборотномаси‖ илмий электрон журнали. 2019 йил, 2сон.
161


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
faoliyati natijalarini mustahkamlashni eʼtiborga olish zarur. Raqamli iqtisodiyotga o‘tishda 
sanoat korxonasida innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish 
asosida mavjud resurslar va biznes jarayonlarini samarali boshqaruv tizimining mavjudligi 
raqobatbardoshlikda muhim ustunlik beradi
1
.
Raqamli iqtisodiyot printsiplarini sanoat korxonalarida qo‘llash bo‘yicha orttirilgan 
tajribalarni va mavjud uslubiyotlarni o‘rganish va tahlil etish asosida bugungi kunda quyidagi 
muammolar mavjudligi aniqlandi:
– rivojlanishning hozirgi bosqichida texnologik o‘zgarishlarga mos keladigan yoki 
yangicha iqtisodiy yondashuvni tartibga soluvchi meʼyoriy huquqiy bazaning mavjud 
emasligi; 
– iqtisodiy munosabatlarda yangi texnologiyalar, obyektlar va subyektlarni paydo 
bo‘lishi, kapitalning shakliga aylanadigan, maʼlumotlar ko‘lamining keskin ortishi;
– malakali xodimlarni yetishmasligi, inson kapitalidagi taqchillik; 
– maʼlumotlar ko‘lamining keskin ortishi katta miqdordagi axborot oqimlari va xavfni 
vujudga keltirishi natijasida maʼlumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot 
xavfsizigini taʼminlashdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;
– infratuzilmani modernizatsiya qilishni talab etadigan yangi texnologiyalar va amaliy 
yechimlar vujudga keladi.
Raqamli iqtisodiyot tizimi sharoitida korxona boshqaruvi tashqi taʼsirlardagi 
o‘zgarishlarga faol javob berishi, barcha biznes jarayonlarini tizimlilik va shaffoflik asosida 
qurish, xodimlarni bilim va motivatsiyasini samarali boshqaruv tizimini qo‘llash, shuningdek, 
korxonalarni raqamli iqtisodiyot sharoitida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga 
olish lozim. 
Raqamli iqtisodiyot tizimiga o‘tish uchun quyidagilarni amalga oshirishni zarur deb 
hisoblaymiz: 
a) korxona faoliyati va biznes jarayonlarini diagnostikadan o‘tkazish uchun malakali 
ekspertlardan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish;
b) raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlaridan foydalanish bo‘yicha korxonaning 
faoliyati va raqamlashtirilish darajasi bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni ichki tahlilini 
o‘tkazish;
d) korxonaning raqamli ishlashga o‘ta olish va axborot xavfsizligi darajasini baholash;
e) raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va 
tavakkalchilikni baholash;
f) raqamli texnologiyalarni tadbiq etish yuzasida yo‘l xaritalarini shakllantirish va joriy 
etish; 
g) raqamli texnologiyalarni joriy etilishini tahlil etish va zarur hollarda yo‘l xaritalari va 
dasturlarga tuzatishlar kiritish. 
Bugungi kunda hal etilmagan qiyinchiliklar tufayli raqamli iqtisodiyotning hajmi ancha 
past baholangan. Masalan, 2012-yili Аngliya hududida raqamli segmentning 165 mingdan 
ortiq kompaniyasi ishlagani qayd etiladi. Аmmo yanada puxta tadqiqot natijalari ularning 
soni aslida 268 mingdan ortiq ekanligini aniqlash imkonini beradi. Boshqa hisob kitoblarga 
ko‘ra, raqamli iqtisodiyot YaIMni hisoblash bilan bog‘liq iqtisodiy tahlil usullari yordamida 
1
Введение в «цифровую» экономику. / А.В. Кешелава В.Г. Буданов, В.Ю. Румянцев и др., Под ред. А. В. Кешелава - 
ВНИИгеосистема, 2017. - 28 с.
162


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
emas, balki yaratilgan mutlaq qiymat asosida o‘lchangani uni jahon iqtisodiyotining ancha 
muhim tarkibiy qismiga aylantiradi: bu holda uning ulushi jahon YaIMning 6 foiziga emas, 
balki taxminan 19 foizdan yuqori ko‘rsatkichga to‘g‘ri keladi. Аyni damda mavjud raqamli 
iqtisodiyotning katta qismi shimoliy mamlakatlarda jamlangan, biroq raqamli iqtisodiyotning 
o‘sishi janubiy mamlakatlar tomonidan taʼminlanadi. Аgar janubiy mamlakatlar raqamli 
iqtisodiyot rivojiga xalaqit berayotgan to‘siqlarni yengib o‘ta olsalar, o‘sish ko‘rsatkichlari 
yanada yuqori bo‘lishi tayin. Raqamli iqtisodiyot bandlikni taʼminlashga ko‘maklashishini 
ko‘radigan bo‘lsak, raqamli sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda taxminan bir foizga yaqin, 
rivojlangan mamlakatlarda esa, uch foizdan yuqori ekanligini guvohi bo‘lamiz. 
Mamlakatimizda so‘nggi yillar davomida ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar sonini o‘sish tendensiyasida nazar tashlaydigan bo‘lsak, quyidagi maʼlumotlarning 
guvohi bo‘lamiz. Masalan, 2015-yili davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar soni 272 
mingdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda esa 340 mingga yaqinni tashkil etgan. Bu esa 
2015-yilga nisbatan salkam 25 foizga ko‘pdir. Natijada mamlakat YaIM ortib borishi, 
iqtisodiyotni sezilarli darajada rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot 
sohasida olib borilayotgan islohotlarning muhim vazifalaridan ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
ham bu mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanib yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarishni toboro keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yishdir. Аlbatta, yuqori 
natijaga erishish, korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda ham raqamli 
iqtisodiyotning taʼsiri juda yuqoridir. Raqamli iqtisodiyotni korxonalar faoliyatiga qo‘llash 
orqali yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik 
hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga yondashishdir
1
. Bugungi 
kunda 
korxonalarda 
raqamli 
iqtisodiyotni 
qo‘llanilishi, 
yuqori 
darajada 
avtomatlashtirilganlik, elektron buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron 
integratsiyalashuvi, maʼlumotlar elektron bazalari yuritish orqali amalga oshirilishi orqali 
ko‘rish mumkin. 
Korxonalar raqamli iqtisodiyotni qo‘llash orqali quyidagi qulayliklarga ega bo‘ladi:
– to‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi; 
– tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq maʼlumot olinadi; 
– raqamli iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari 
katta; 
– fidbek (isteʼmolchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal 
takomillashtiriladi; 
– tezroq, sifatliroq, qulayroq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu 
uning asosiy foydasidir.
2
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va qora iqtisodiyotning asosiy 
kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda 
maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin 
bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter 
hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Maʼlumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir 
ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada iflos pullarni yuvish, 
1
Хохлов Ю.Е. Дискуссия по докладу «Цифровой экономики. Индустрия 4.0 как бизнес » / Научный семинар по цифровой 
экономике // Институт развития информационного общества. - Москва, МГУ. М.В. Московский государственный 
университет им. М.В.Ломоносова, экономический факультет, 20 декабря 2017 г.
2
Шваб К. Четвертая промышленная революция - «Эксмо», 2016 - (Лучшие деловые награды). 
163


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib ko‘rsatish 
imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida 
va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo‘ladi.
So‘zimizni xotimasi sifatida aytganda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish 
bo‘yicha qaror qabul qilishda, bu qarorning butun korxona faoliyatini boshqaruviga taʼsirini 
inobatga olgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni hisobga olish lozim. Ko‘zda 
tutilgan samaradorlikka erishish uchun istiqbolli texnologiyalarni ijobiy va salbiy jihatlarini 
har tomonlama o‘rganish va rejalashtirishni yuqori aniqlikda bo‘lishi, shuningdek, 
raqamlashtirish sharoitida korxonani boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini eʼtiborga 
olish zarur. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarini boshqarishda korxona 
rahbariga kasbiy mahorat bilan birgalikda menejment va xodimlarni boshqarish sohasidagi 
qobiliyat, bilimdonlik, ko‘nikma va mahorat, shuningdek, IT-texnologiyalari bo‘yicha bilimlar 
ham zurur bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, kelajakda sanoat korxonalarini yanada barqaror 
rivojlanishiga o‘zining ijobiy taʼsirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Buning uchun esa, sanoat 
korxonalarini o‘z vaqtida raqamli iqtisodiyot prinsip (tamoyil)lariga o‘tishini taʼminlash 
muhim hisoblanadi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish