Истеъмолчиларнинг асосий ҳУҚУҚлари



Download 0,54 Mb.
bet3/15
Sana30.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#718987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Abdulaziz kurs ishi Mikroiqtisodiyot

Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K. Menger, E. Bem-Baverk, F. Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga o`ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta′sir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste′mol qilinadigan biror ne′matdan olinadigan nafning iste′molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to`g`risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo`r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo`lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo`shimcha, ya′ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi.
Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi:
TU f x1, x2,..., xn,
Bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; x1, x2,..., xn - 1, 2, ..., n - ne′matlar
hajmi.
Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi ―suv va olmos paradoksi‖ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya′ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi.
1. Ma’lumki, har qanday qonunda muayyan o’ziga xos atamalar, iboralar mavjud bo’ladi. Ko’p hollarda turmushda ushbu iboralar va atamalar turli mazmun kasb etishi va turlicha ma’noda talqin etilishi mumkin. Bu esa qonunlar mazmunini to’g’ri anglab etish va ularni ijro etishga xalaqit beradi. Xuddi shu sababli «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning 1 – moddasida ushbu qonunda qo’llanilgan asosiy tushunchalarga ta’rif beriladi.
2. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning 1 – moddasida iste’molchi tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: iste’molchi – foyda chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, faqatgina jismoniy shaxs iste’molchi bo’lishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 16-moddasiga asosan jismoniy shaxs deganda, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarorlari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi. Jismoniy shaxs huquq sub’ekti sifatida qanday belgilarga ega bo’lishi kerak, degan savol tug’ilishi mumkin.
Ma’lumki, fuqaro muayyan majburiyat munosabatlarida qatnashish, yirik summalarda bitimlar tuzish uchun muomala layoqatiga ega bo’lishi kerak. Biroq, iste’molchi maqomini olish uchun hech qanday muomala layoqati talab etilmaydi. Fuqaroning huquq layoqatiga ega bo’lishi kifoya. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga asosan, fuqaroning huquq layoqati u tug’ilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bu o’rinda shuni ham e’tirof etish lozimki, jismoniy shaxsnigina iste’molchi sifatida tan olish zamirida chuqur ma’no yotadi. Har qanday jismoniy shaxs eng avvalo, biologik mavjudot, u yashashi, hayot kechirishi uchun oziq – ovqat, qiyim – bosh, turarjoy va shu kabilarni iste’mol qilishi va ulardan foydalanishi shart. Uning bu ehtiyojlari faqat kishilik jamiyatida qondirilishi mumkin.
Ayni vaqtda inson sotsial mavjudot ham, u shaxs sifatida jamiyatda, fuqaro sifatida davlatda harakat qilish uchun muayyan ijtimoiy xizmatlarga, tovarlarga, bilim va axborotlar olishga, transport, kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.
Jismoniy shaxsning biologik va sotsial mavjudot sifatidagi ehtiyojlari bu ehtiyojlarni qondirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbuni qondirmay turib, barkamol insonni, shaxsni, fuqaroni shakllantirib bo’lmaydi. Shu sababli ham insonning moddiy, maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish – bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan vazifadir. Aslini olganda, jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar, iqtisodiy tuzilmalar inson mavjudligi uchun bor va unga xizmat qiladi.
Insonning moddiy, maishiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdan inson ham, jamiyat ham teng darajada manfaatdordir. Ayni paytda bu ehtiyojlarni qondirish shunchaki oddiy, jo’n jarayon emas. Agar taraqqiyotning tarixiy bosqichlarida rivojlanmagan natural xo’jalik ustuvorlik qilgan davrlarda inson o’z ehtiyojlarini asosan o’zi qondirgan bo’lsa, bugungi kunda u bunga qodir emas. Chunki, birinchidan, inson ehtiyojlari doirasi kengaydi, ikkinchidan, har qanday tovar, ish, xizmat uni tayyorlovchi yoki amalga oshiruvchidan maxsus malaka va bilim talab etadi.
Eng asosiysi shundan iboratki, inson o’z ehtiyojlarini qondirish uchun har kuni o’nlab tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va ish bajaruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilar bilan huquqiy munosabatlarga kirishadi. Bu huquqiy munosabatlarning pirovard maqsadi insonning moddiy, ma’naviy va maishiy ehtiyojlarini to’la va samarali qondirish hisoblanadi. Demak, bunday holatda, tovarlar, ishlar, xizmatlardan bevosita o’z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan shaxs alohida huquqiy maqomga ega bo’lishi lozim. Qonunda iste’molchi huquqiy maqomi shaxsiy iste’mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’llgan fuqaroga berilishi belgilab qo’yilgan. Agar fuqaro tadbirkorlik maqsadida (qayta sotish maqsadida) tovar sotib olsa, u iste’molchi hisoblanmaydi. Tovar shaxsiy iste’mol maqsadida emas, balki foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda (masalan, shaxsiy tomorqasida foydalanish uchun) sotib olingan hollarda ham unga iste’molchi maqomi berildi. Shu sababli ham yakka tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan fuqaro iste’molchi bo’lmaydi, deyish noto’g’ri hisoblanadi.
Yakka tadbirkor shaxsan iste’mol qilish uchun tovarlar sotib olgan, ish va xizmatlardan foydalangan holda, u iste’molchi hisoblanadi. Aynan vaqtda shunday huquqiy munosabatlar borki, bunday munosabatlarda ishtirok etgan jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) iste’molchi maqomini ola olmaydi. Masalan, mahsulot etkazib berish shartnomasi, kontraktatsiya shartnomasi, korxonani ijaraga olish shartnomasi, franshizing (kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi) shartnomasi va shu kabilar. Ushbu shartnomalar o’z mohiyatiga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tuziladigan shartnomalardir.
FK 425-moddasining 1-qismida ham iste’molchi tushunchasi mazmunini ochib beruvchi belgilar mujassamlashgan. Unga ko’ra fuqaro chakana oldi-sotdi shartnomasi orqali shaxsiy maqsadlar, ro’zg’orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda tovar sotib olganda ham iste’molchi hisoblanadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish