Istiqlol avlodi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/65
Sana09.06.2022
Hajmi4,56 Mb.
#646107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
1 “Ko‘rish, eshitish, tushunish” voyaga yetmaganlarda o‘z joniga





 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA
PSIXOLOGIK -PEDAGOGIK
RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI 
 
 
JIZZAX VILOYATI “ISTIQLOL AVLODI”
IJTIMOIY-IQTISODIY, 
 HUQUQIY QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI 
 
 
 
“Ko‘rish, eshitish, tushunish” - voyaga yetmaganlarda o‘z
joniga qasd qilish xatti-harakatlarini erta aniqlash bo‘yicha
ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturi
(o‘qituvchilar jamoasi darajasi). 
 
 
“Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda
ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish”
 
 
 
 
 
Toshkent-2022 yil 



Ushbu qo‘llanma O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik 
pedagogik respublika tashxis markazi ilmiy metodik kengashining 2021-yil
27-dekabrdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan ma’qullangan va amaliyotga tavsiya etilgan. 
Tuzuvchi- muallif:

Kamalova Nazifa Mirzaliyevna
Taqrizchi:

 
X.Usmonova – 
Psixologiya fanlari nomzodi
 

“Ko‘rish, eshitish, tushunish” - voyaga yetmaganlarda o‘z joniga 
qasd qilish xatti-harakatlarini erta aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalarni 
rivojlantirish dasturi (o‘qituvchilar jamoasi darajasi) nomli 
metodik qo‘llanmaga 
TAQRIZ 
Axborot texnologiyalari davrida yashayotgan inson juda ko‘p ma’lumotlarni 
o‘zlashtirishi, ularga javob berib borishi, ma’lumotlar natijasida yuzaga kelayotgan 
muammolarini hal qilib borishi oqibatida, kundalik ijtimoiy muammolar uning ruhiy holati
asab tizimiga turlicha ta’sir ko‘rsatmokda. Shaxs albatta, jamiyatda yashash va o‘z o‘rnini 
topish uchun yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda turli qiyinchiliklarga uchrashi 
tabiiy holdir. Jumladan, jamiyat hayotida jiddiy siyosiy o‘zgarishlar yuz berganida inson 
o‘ziga, o‘zligiga yanada teranroq nazar tashlashga intilib qoladi. Inson umri va hayoti past-
baland, egri-bugri, tekis va notekis so‘qmoqlardan iborat. Bu holat hayotning o‘ziga xos 
bo‘lgan sinovidir. 
Mazkur metodik qo‘llanmani dolzarbligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim va tarbiya sohalari va 
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni, 2019 -
yil 31- dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy 
tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlar to‘g‘risidagi” 1059-
sonli qaroridagi vazifalar ijrosi, ya’ni milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida 
modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismonan va ma’nan sog‘lom 
insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini 
oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabilar bilan 
izohlash mumkin. 
Ushbu metodik qo‘llanmada rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni yoxud 
o‘qishida muammolari bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy psixologik hamda pedagogik 
yordam ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish, xatar guruhiga mansub bolalarning ruhiy 
holatidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni ijtimoiy muhitga moslashtirish
o‘smir yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish (suitsid) muammolarini oldini 



olish va uni bartaraf etish bo‘yicha eng so‘ngi tadqiqotlarni ilmiy tavsiyalari va pedagogik-
psixologik yondoshuvlar bilan tanishish mumkin. 
O‘z joniga qasd qilish yoki o‘zini-o‘zi o‘ldirish holati azal-azaldan kishilik jamiyatida 
mavjud bo‘lgan holat hisoblanadi. Bu haqda ko‘plab tarixiy va etnografik ma’lumotlarda aks 
ettirilgan Bunga misol qiladigan bo‘lsak, qadimgi yapon Samuraylari, ular uchun asir 
tushishdan ko‘ra o‘zini-o‘zi o‘ldirish bu sharaf hisoblangan, yoki qadimgi Misr malikasi 
Kleopatriya ham Rim iste’losidan keyin o‘limni afzal bilgan, yoki arab bosqiniga qarshi 
kurashgan Muqanna v.b. 
Suitsid holatlarini qayd qilib boruvchi dunyodagi eng katta institut Shvetsiyada 
joylashgan bo‘lib, uning hisob-kitoblariga ko‘ra Markaziy Yevropa davlatlari bu borada 
peshqadam ekanligini ta’kidlashmoqda. 
Mazkur metodik qo‘llanada yuqori suitsidal xavf-xatarga ega bo‘lgan depressiv 
holatlar sifatida bolalar varianti (6-12 yosh) da sodir bo‘lish va ularda depressiya past darajada 
ifodalanishi, zo‘riqish unchalik kuzatilmasligi, bolalar sustkash, charchoqdan arz qilishlari, 
ta’sirchan, qaysar bo‘lib qolishlari qayd qilinadi. Bunday bolalarni o‘yinlarida “ko‘mish” 
marosimi yaqqol ko‘rinadi (o‘yinchoqlar va uy hayvonlarini ko‘mish; rasmlarda mozor
tobutlarni ifodalanishi, o‘zining ko‘milishi bilan bog‘liq fantaziyalar). Bunday yoshdagi 
suitsidal harakatlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Sababi endogen kasalliklar. 
Arzimagan nizo ham suitsidal harakatlarni keltirib chiqaradi. Deviant varianti - (10-
12-14 yosh) ilgari xos bo‘lmagan buzilishlar; zo‘riqish, chekish, ichish, daydilik, 
intizomsizliklar, kayfiyatsizlik-isyon va namoyishkoronalik deb tushiniladi. 
Ipoxondrik varianti (12-14-16 yosh). Somatik arzlar ko‘payadi. Affektlari-xavotir, 
zo‘riqish, ta’sirchanlik, yolg‘izlik, tashlandiqlik hissi, tanadagi yoqimsiz hislar davosi yo‘q 
kasaldek ko‘rinadi. Kasallik bahonasida darslardan qoladi. Kattalar bilan muloqoti 
qiyinlashadi. 
Depressiyaning astenik varianti (12-16 yosh). O‘qishdagi qiyinchiliklar ko‘payadi. 
Avvalgi qiziqishlar yo‘qoladi, ruhan bo‘shashish, tashabbussizlik, zerikish va umidsizlik 
haqida gapiradi. Xavotirlanish ortib boradi, uyqu yetarli, biroq tushlar yo‘qdek. O‘smir 
maktabga borishni davom ettiradi, avvalgidek yashashga intiladi, biroq eplay olmaydi. 
Nizolarni og‘ir qabul qiladi. Suitsidal harakat emotsional zo‘riqish vaqtida emas, balki psixik 
jarohatdan so‘ng amalga oshiriladi. Sababi - psixogen, takrorlanuvchan. 
O‘smirlik davriga hos bo‘lgan belgilar tizimidan iborat depressiv variant 16-18 yosh. 
Hayot haqida va o‘tmish mohiyati borasidagi fikrlar, o‘limga rozi bo‘lish (sustroq ko‘rinishda). 
Zo‘riqish past darajada. Suitsidal harakatlar nizolar bilan bog‘liq emas, o‘lim va hayot haqida 
uzoq davom etgan fikrlash oqibatida sodir etiladi. Suitsid muvaffaqiyatsizlikka uchrasa yana 
takrorlanadi. Katamnez sust kechuvchi shizofreniyani ko‘rsatadi. Oddiy belgili depressiv holat 
(16-18 yosh) Xavotir, qo‘rquv, autoagressiya kuchayadi. Psixik zo‘riqish vaqtida suitsid ro‘y 



beradi. Suitsidal harakat amalga oshmay qolsa xavotir va depressiya pasayadi, biroq bu holat 
aldamchi bo‘lib, yana takrorlanishi mumkin. 
Mazkur metodik qo‘llanmada suitsida holatning turlari (haqiqiy, demonstrativ va 
noma’lum suitsid), Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan sutsidni sodir etilishi 
bo‘yicha davlatlar kesimidagi eng so‘ngi sutsidal holatlar statistikasi va yoshlar orasida 
suitsidal xulq-atvorning shakllanish va namayon etilishining ijtimoiy-psixologik sabablari 
bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlar keltirilgan. 
Mazkur metodik qo‘llanmaning qimmati shundaki, unda suitsidni sodir bo‘lishiga 
sabab bo‘luvchi omillar, suitsidga moyillik asosidagi emotsional buzilish belgilari, suitsidial 
xulq-atvor toifalari, yuqori suitsidal xavf- xatarga ega bo‘lgan depressiv holatlar, bolalar va 
o‘smirlardagi suitsidal axloq motivlari, yoshlik davridagi suitsidal axloqning o‘ziga xosliklari, 
bolalar va o‘smirlarda depressiya alomatlari, ta’lim muassasalarida suitsidning oldini olish 
metodikalari, ta’lim muhitida suiqasd profilaktikasi darajalari, suitsid bilan ishlashda maktab 
psixologining maslahat jarayonidagi asosiy ish yo‘nalishlari, suitsidal holatlarni 
korreksiyalashga qaratilgan psixologik treninglar, ota-onalarga, pedagoglarga o‘smirlarning 
suitsidal harakatlari oldini olish bo‘yicha maslahatlar, destruktiv xulqli shaxslar bilan ishlash 
usullari kabi ko‘plab eng so‘ngi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 
Shuning bilan birga mazkur metodik qo‘llanmada tuzatilishi lozim bo‘lgan o‘rinlar 
mavjud: 
Metodik qo‘llanmani mundarijasini yaratish lozim 
Metodik qo‘llanmaga kiritilgan ma’lumotlarni mazmunida kelib chiqib sarlavhalar 
berib borish lozim. 
Metodik qo‘llanmani oxirida umumiy xulosa va maqsadli, manzilli amaliy tavsiyalar 
keltirish maqsadga muvofiq. 
Biroq, ko‘rsatilgan juz’iy kamchiliklar mazkur metodik qo‘llanmani ilmiy qimmatini 
pasaytirmaydi. Xulosa qilib aytganda, metodik qo‘llanma talablar darajasida tayyorlangan, 
uni amaliyotga joriy etish va nashrga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.
O‘quvchilarni kasb – hunarga-yo’naltirish va 
psixologik-pedagogik 
respublik 
tashxis 
markazi 
tasarrufidagi Kadrlarni malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash markazi rahbari
Psixologiya fanlari nomzodi
X.Usmanova 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish