It-med” mas’uliyati cheklangan жамияти



Download 46,55 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi46,55 Kb.
#687902
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tursunov
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati 1918-1934 yillar, 10-mavzu boyicha mustaqil talim, Yulduzli tunlar asari haqida, 109 сонли янги Малака тавсифлари copy, AT-LABORATORIYA, Men Akramjonova Muxlisa 2008, 2 5188207196625699178, Informatika (2), PISA masalalaridan namunalar, Murabbiylar-kuni tadbir, ZAKOVAT TO\'GARAGI DAFTARI, Мустақил иши мавзулари 4 курс Иқтисод, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya 2, 2 5294333424738239273, Abduxamidov Abduxoliq kimyo

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida:
1. Sog‘liqni saqlash vazirligining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan жамиятиni (keyingi o‘rinlarda – “IT-Med” MCHJ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, “IT-Med” MCHJ “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. “IT-Med” MCHJ zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
sog‘liqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni optimallashtirish, ratsionallashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirish;
sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan hamda xalqaro moliya tashkilotlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;
tibbiyot va farmatsevtika sohasida axborot texnologiyasi va kommunikatsiyalari siyosati va standartlarini joriy etish;
Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish va kuzatib borish, shuningdek, ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;
sog‘liqni saqlash tizimida biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish;
qo‘yilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida investorlar, biznes hamkorlar va autsorsing xizmatlarini jalb qilish;
tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish maqsadida joriy etilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni o‘zida qamrab oluvchi sog‘liqni saqlashning axborot tizimi yagona platformasi (keyingi o‘rinlarda – Yagona platforma)ni joriy etish.
Bunda, “IT-Med” MCHJ mustaqil ravishda xo‘jalik va moliyaviy masalalarni hal qilishi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar “IT-Med” MCHJning faoliyatini asosiy moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
yangi axborot tizimlarini joriy qilish, shuningdek, korxona, muassasa va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
“IT-Med” MCHJning ustav jamg‘armasiga belgilangan tartibda kiritiladigan investorlar mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari;
tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari (grantlar, texnik ko‘maklar va boshqalar);
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. “IT-Med” MCHJga:
sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish, joriy qilish, kuzatish va xizmat ko‘rsatish vazifalarini tegishli tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga;
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma asosida moliyalashtiriladigan vaqtinchalik mehnat jamoasini shakllantirishga;
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilishga ruxsat berilsin.
5. Belgilansinki:
2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Yagona platformaga ulanadi;
sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda “IT-Med” MCHJ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
6. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.A. Azizov:
sog‘liqni saqlash tizimiga Yagona platformani o‘z vaqtida, to‘laqonli va sifatli joriy qilish, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar bilan joriy etilayotgan loyihalarni muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlar holatini baholash hamda muntazam ravishda sog‘liqni saqlash va boshqa tizimlardagi rahbar va ular o‘rinbosarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil etsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining raqamlashtirilishiga investorlarni jalb qilsin;

Download 46,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti