It-med” mas’uliyati cheklangan жамияти


Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin



Download 46,55 Kb.
bet6/6
Sana21.06.2022
Hajmi46,55 Kb.
#687902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tursunov

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish;
sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish;
sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.

  1. Belgilansinki:

Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
2021-yil 1-martdan boshlab Institutning joriy faoliyati, bino va inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq toʻlash
(ilmiy xodimlardan tashqari) boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Davlat byudjetining mazkur qaror doirasida Institut faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlari 2021-yilda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchun ajratilgan byudjet ajratmalari doirasida moliyalashtiriladi, 2022-yildan esa Davlat byudjetining xarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda nazarda tutiladi.

  1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 15 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzilsin.

Belgilansinki:
departament xodimlari soni mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq qayta tashkil qilinayotgan markazlarning shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
departament ishini umumiy muvofiqlashtirish, uni malakali kadrlar bilan toʻldirish Bosh vazir maslahatchisi – Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, davlat organlari, tijorat banklari va yirik sanoat korxonalarining Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma alyansni 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilish boʻyicha taklifi maʼqullansin.

Belgilansinki:
Qoʻshma alyans sunʼiy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida joriy qilish boʻyicha ustuvor loyihalarni jadal va birgalikda amalga oshirish, ularni ishlab chiqish xarajatlarini optimallashtirish, ushbu sohadagi eng yaxshi tajribalarni davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida ommalashtirish maqsadida tashkil qilinadi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoʻshma alyansning ishchi organi hisoblanadi.

  1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil 1-sentyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati doirasida mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy taʼminotda foydalanish uchun davlat va boshqa maʼlumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli maʼlumotlar platformasini yaratsin.

  2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Markaziy bank idoralararo ishchi guruhini tashkil qilsin va eng yaxshi xorijiy tajribalar asosida 2021-yil 1-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy qilishning aniq mexanizmlari toʻgʻrisida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sunʼiy intellekt texnologiyasi asosida transformatsiya qilishni moliyalashtirishga koʻmaklashish dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sunʼiy intellekt texnologiyasi asosida transformatsiya qilish natijasida ish joylarini saqlab qolish maqsadida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan sarf-xarajatlarni subsidiyalash dasturini ishlab chiqish;
tadbirkorlik subyektlari uchun sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqish va oʻz faoliyatida joriy qilish boʻyicha tadqiqotlar
va ishlanmalarni (R&D) ragʻbatlantiruvchi choralar koʻrish.

  1. Muvofiqlashtirish komissiyaning 2021-yilda sunʼiy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun ochiq shaklda taqdim etiladigan davlat maʼlumotlarini yaratiladigan platformada 4-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Sunʼiy intellekt uchun davlat maʼlumotlarini shakllantirishga masʼul tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari oʻziga taalluqli qismlarda maʼlumotlarni oʻz vaqtida joylashtirish, shuningdek, ularning toʻliqligi, dolzarbligi hamda ishonchliligi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida qayta ishlash uchun taqdim etiladigan raqamli davlat maʼlumotlari toʻplamlariga kirish imkoniyatini tashkil qilish hamda ularning sifati ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin.

  1. 12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda sunʼiy intellekt va katta hajmdagi maʼlumotlar sohasidagi xalqaro standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari sifatida qabul qilish boʻyicha ishlar jadvalini tasdiqlasin.

  2. Quyidagilar:

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab grant asosida “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari va fanlarini joriy qilish koʻzda tutilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab
5 va 6-ilovalarda koʻrsatilgan har bir oliy taʼlim muassasasiga kamida bir nafar yetakchi xorijiy ekspert va olimni sunʼiy intellekt va uni qoʻllash texnologiyalari sohasida oʻqitishda ishtirok etish uchun jalb qilsin.
Belgilansinki, xorijiy ekspertlar va olimlarni oliy taʼlim muassasalariga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

  1. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab sunʼiy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvotani maqsadli ajratishni koʻzda tutsin.

  2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligini tashkil qilishni koʻzda tutsin.

  3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, AT “Aloqabank”, “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan “Sber” guruhi (Rossiya) bilan birgalikda sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq qilish sohasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Bosh vazir maslahatchisi O.M.Umarov, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov, O.Pekos), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov, A.Nazarov), AT “Aloqabank” (K.Irisbekova), “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (A.Mirsoatov) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, “Sber” guruhi (Rossiya) bilan xorijiy ilgʻor tajriba hamda eng yaxshi tajribalar asosida sunʼiy intellekt texnologiyalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari boʻyicha hamkorlikni faollashtirish choralarini koʻrsin,
shu jumladan:
bir oy muddatda pilot loyihalarini tezkorlik bilan va samarali amalga oshirish, mahalliy mutaxassislarni oʻqitishni tashkil qilish, shuningdek, mazkur qarorda belgilab berilgan boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha birgalikda “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
sunʼiy intellektni rivojlantirish hamda davlat organlari
va boshqa tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani tayyorlashda maslahatchi sifatida qatnashish uchun “Sber” guruhining (Rossiya) yetakchi mutaxassislari va ekspertlari jalb qilinishini taʼminlasin.

  1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyati haqida chiqishlar va tematik telekoʻrsatuvlar tashkil qilsin.

  2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  3. Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikovlar zimmasiga mazkur qarorning bajarilishini samarali tashkil qilish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.

Mazkur qarorning 2, 3 va 4-ilovalarida koʻrsatilgan vazirlik,
idora va tashkilotlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda yigirma kun muddatda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “manzilli yoʻl xaritalari” (chora-tadbirlar dasturlari)ni tasdiqlasin.
Muvofiqlashtirish komissiyasi (A.N.Aripov) mazkur qarorning bajarilishini har chorakda muhokama qilish, masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni taʼminlasin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari R.A.Gulyamov, A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Download 46,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish