Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/124
Sana11.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#543579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn

 
 
Mas‟ul muxarrir:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, «Iqtisodiyot va statistika» 
fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent A.B. 
Xayitov
Taqrizchilar:
Toshkent moliya instituti o‗quv ishlari bo‗yicha prorektori, 
iqtisodiyot fanlari doktori, 
professor YO.A. Abdullaev,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Agrobiznes» kafedrasi 
mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.T. Salimov.
Ekspertlar:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Mintaqa iqtisodiyoti va 
ekologiya» kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori 
T.J.Jumaev,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Agrobiznes» kafedrasi 
dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi A. Xakimov. 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Fanni o„rganishning dolzarbligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab 
chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi har bir korxona ko‗p sonli va turli 
muammolarga duch kelib, ulardan biri xo‗jalik yuritish tizimida o‗ziga munosib 
o‗rin egallash hisoblanadi. 
Bu vazifani korxona (firma) o‗z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish 
g‗oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni belgilab qo‗ygan holdagina 
muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga berilgan ijobiy javob 
korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa 
belgilaridan qat‘i nazar, uning yaratilishi va kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‗rsatishiga asos bo‗la oladi. 
G‗oyani real voqelikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki 
xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Belgilangan ishlab 
chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar, shuningdek, 
ishlab chiqarish quvvati bilan ta‘minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab 
chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta‘minlash, ya‘ni sotuv kanallarini izlab 
topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning marketing strategiyasi hissasi 
katta bo‗ladi. 
Biznes-reja yuqorida aytib o‗tilgan va shu kabi boshqa vazifalarni hal qilishga 
xizmat qiladi. U bir tomondan korxona imkoniyatlarini aniq va to‗g‗ri baholashga 
imkon bersa, boshqa tomondan muvaffaqiyatga va rejalashtirilgan ishning 
daromadliligiga umid qilishga imkon beradi. Amaliyotning ko‗rsatishicha, puxta 
ishlab chiqilgan biznes-reja raqobatbardoshlik sharoitlarida korxonalarning ishlab 
chiqarish va moliviy jihatdan barqarorligini ta‘minlab, bozordan o‗ziga munosib o‗rin 
egallashiga imkon yaratadi. 
Biznes-reja investitsiyalarni asoslab beruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan 
dastlabkisi bo‗lib, mahsulotlarning rejalashtirilayotgan nomenklaturasi va ishlab 
chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning 
er, energetika va mehnat resurslariga ehtiyojlari kabi ko‗rib chiqilayotgan loyihaning 
tijorat, byudjet va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha beruvchi bir qator 
ko‗rsatkichlar 
haqidagi 
yiriklashtirilgan 
ma‘lumotlardan 
iborat 
bo‗ladi. 
Ko‗rsatkichlar hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy investitsiyalash talablariga 
moslashtiriladi. 
 
Biznes-reja intelektual mulk ob‘ekti bo‗lib, tijorat siri hisoblanadi va mos 
ravishda himoya qilinadi. 
Mazkur qo‗llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan 
tasdiqlangan «Biznes - rejalashtirish» o‗quv fani dasturi va o‗quv rejasiga mos 
ravishda tayyorlangan. U asosan iqtisodiy yo‗nalishda ta‘lim oluvchi talabalar, 
shuningdek, biznesni rejalashtirish bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun 
mo‗ljallangan. Mazkur o‗quv qo‗llanmani tayyorlashda ko‗plab xorijiy o‗quv 
adabiyotlarini tahlil qilib chiqildi, milliy va xorijiy amaliyot materiallaridan, 
shunindek Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tayyorlangan «Biznes - 
rejalashtirish» fani bo‗yicha ma‘ruzalar matnidan va matbuotda nashr qilingan 
boshqa materiallardan foydalanilgan. 



Qo‗llanmada keltirilgan materiallar mualliflarning mazkur fan muammolari 
bo‗yicha nuqtai-nazarini aks ettirib, ushbu yo‗nalishda yagona va uzil-kesil xulosa 
chiqarishga da‘vogarlik qilmaydi. Bundan tashqari, o‗quv qo‗llanma ta‘lim 
jarayonida, ayniqsa, fanni chuqurlashgan tarzda o‗rganishda boshqa ma‘lumotlar 
bilan to‗ldirilishi va boyitilishi mumkin. 
Davr ta‘lim sohasida yangi pedagogik texnologiyalardan, o‗qitishning faol va 
interfaol usullaridan keng foydalanishni zarurat qilib qo‗ymoqda. Ta‘limning asosiy 
maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni 
egallashlarini ta‘minlashdir. Bu esa davlat ta‘lim standartlarida belgilangan 
vazifalarni to‗liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy fanlarni o‗qitishda 
ham yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash an‘anaga aylanib bormoqda, ushbu 
fan doirasida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‗yicha ko‗rsatma 
ham keltirib o‗tilgan (1-ilova). O‗qitishning bunday interfaol usullari nafaqat 
o‗qituvchidan, balki talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi 
adabiyotlarni o‗rganishni talab qiladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish