J. A. Qarshiyev innovatsion-pedagogik faoliyatni tashkil etis



Download 174,17 Kb.
bet1/30
Sana29.04.2023
Hajmi174,17 Kb.
#933458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
5. Дарслик ИННОВ. ФАОЛИЯТ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Sh.Sh. OLIMOV, Sh.X. SAMIEVA, J.A.QARSHIYEV
INNOVATSION-PEDAGOGIK
FAOLIYATNI TASHKIL ETISh
TEXNOLOGIYASI

DARSLIK

Buxoro-2022 yil
UDC
BBK
Taqrizchilar:
Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori B.R. Adizov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori D.O.Himmataliyev
Sh.Sh. OLIMOV, Sh.X. SAMIEVA, J.A.Qarshiyev Innovatsion-pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi: darslik/
Sh.Sh. Olimov, Sh.X. Samieva, J.A.Qarshiyev - Buxoro: , 2022. - 180 b.
ISBN
Ushbu darslik 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi talabalari, shuningdek, zamonaviy pedagogikaning muammolariga qiziquvchi pedagoglar uchun tayyorlangan bo'lib, unda innovatsion-pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, innovatsion jarayonlarning o‘ziga xosliklarini aniqlashtirish; innovatsion faoliyat tuzilmasi va komponentlari, bosqichlari va texnologiyalarini o‘rgatish bo'yicha ma'lumotlar ko'rib chiqiladi.
UDC BBK
© Olimov Sh.Sh., Samieva Sh.X., J.A.Qarshiyev
Buxoro , 2022 yil
ISBN
KIRISh
“Agar biz kecha o‘qitganimiz kabi bolalarimizni o‘qitsak, biz ularni kelajagini o‘g‘rilagan bo‘lamiz
JON DYUI Faylasuf va ta'lim islohotchisi
Bugungi keskin raqobatchilik va iqtisodiy globallashuv sharoitida oliy ta'lim tizimida tayyorlanayotgan kadrlarning tayyorgarlik sifati, ularning salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalar o‘tkir muammoga aylanmoqda. Buning ustiga, mamlakatimiz ta'lim tizimida, xususan oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning erishilgan darajasi xalqaro maydonda e'tirof etildi, degan fikr-mulohazalar bilan chegaralanib qolmasdan, uning sifat jihatlarini yanada oshirish yo‘lida to‘xtab qolmasligimiz, bu boradagi ishlarimizni yanada yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozimdir. Mazkur masalalar bugungi kunda oliy ma'lumotli kadrlarga nisbatan mehnat bozorida yuzaga kelgan vaziyat, xalqaro globallashuv jarayonlari kuchayishi natijasida innovatsion iqtisodiyotni barpo etish yo‘lida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar natijasida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Yana bir
muammoni hal etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va
professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur” 1 - deb aytgan fikrlari ahamiyat kasb etadi.
XXI asrda jahon miqyosida ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida “Butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa
sifatida belgilandi. Bu uzluksiz ta'lim tizimida va butun hayot davomida har bir shaxsning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Mustaqillik yillarida zamonaviy talablar asosida ta'lim sifatini oshirish, kreativ usullarni qo‘llash orqali ta'lim berish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarini xalqaro talablar asosida yangilash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish kabi ishlarga alohida e'tibor qaratildi.
2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida ta'lim sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida axborot-kommunikatsiya va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini hamda o‘qitishning interfaol metodlarini qo‘llashga sharoitlar yaratiladi. Umuman olganda bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimini boshqarish, yangi innovatsion texnologiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Chunki, shu kunga qadar davom etib kelayotgan Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan sinf-dars shaklining ahamiyat pasayib borayotganligi sezilmoqda. Sinf-dars shakli individuallashtirish, kreativ usullar va ijodiy potensialni kuchaytirish, shaxsiy qiziqishlarni inobatga olishda ojizlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham hozirgi kunda an'anaviy ta'lim shakllari bilan birgalikda masofaviy o‘qitish texnologiyalari keng joriy etilayotganligi ahamiyatlidir.
Oliy ta'lim tizimini boshqarish jarayonida «Kelajakning raqamli sanoatini yaratish» - inson kapitalini rivojlantirish darajasini oshirish orqali mamlakatni raqamli transformatsiyasini ishga tushirishni, ta'limda tezkor sur'atlarda raqamli o‘zgartirishni talab qiladi. Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo‘llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Shu bilan birga, ta'lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotda talabalarning ko‘nikmalarini rivojlantirish va kreativ qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish mumkin.
Oliy ta'lim tizimida boshqaruv tizimining rivojlanib borishi, korporativ boshqaruv metodlaridan keng foydalanish, moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish, ta'lim muassasalarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlantirilishi, moliyalashtirish manbalarining ko‘payib borishi hamda ta'lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etish tizimni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi.


  1. Download 174,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish