Жанубий туркманистон архе-ологик комплекс экспеди



Download 83 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi83 Kb.
#229356
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TUKMANISTON

OLTINTEPA - jez davriga oid shahar xarobasi (mil. av. 3-2 ming yil-lik). Turkmaniston jan.dagi Meana qishlog'i yaqinida joylashgan. 1929 y. A. A. Semenov topgan. 1930-y.larda A. A. Marushsnko, 1949 y.dan M. E. Massoy boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. O. shim.-sharqdan jan.-g'arbga cho'zilgan bo'lib, balanligi. 20 m ga etadi. O. qad. dehqonchilik madaniyatiga oid edgorlikdir. O.ning mayd. 60 ga dan ortiq. O.ning atrofi qalinligi 2 m g'isht devor b-n o'ralgan bo'lib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik mahallasi bo'lgan. Keng va uzun yo'llar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy qoldiqlari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qad. O'rta Osieda dehqonchilik b-n shug'ullanuvchi o'troq qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.

Bronza davrining yirik ilk shahar markazlaridan biri hisoblangan Oltindepa xarobalari Turkmanistonning janubidagi Miyona qishlog'i yonida joylashgan. Ushbu yodgorlikda 1965 yildan 80 - yillarning oxirlariga qadar muntazam Zazishma ishlari olib borilgan. Olib borilgan Zazishmalar natijasida umumiy maydoni 25 gektar bo'lgan Oltindrpadan 500 ga yaqin terrakota haykalchalar, 150 ta qadimgi muhrlar, 550 ta dafn inshootlari, ko'plab turar-joy qoldiqlari va boshza moddiy madaniyat buyumlari topib urganilgan.

Oltindepaning yuqori zatlamlari bronza davriga oid bulib, Nomozgoz V kurinishidagi materiallar bilan uxshashlik topadi. Olib borilgan tadzizotlar natijalariga kura (radiokarbon tazlillar asosida) bu davr mil. avv. III ming yillikning oxiri -II ming yillikning birinchi choragini uz ichiga oladi. Aynan mana shu davr Mesopotamiyada Urning III sulolosi inzirozga uchragan, Misrda zaiflashgan fir`avnlar zokimiyati urta podsholik davriga kirgan, Xuanxe daryosi vozasida esa dastlabki Xitoy tsivilizatsiyasi bulgan SHan - In shakllanishi uchun shart - sharotlar paydo bulayotgan davr edi. Oltindepa zazishmalari bu davrda "Orta Osiyoning janubida mazalliy shaharsozlik madaniyatining shakllanish jarayoni jadallik bilan borayotganligini ko'rsatadi. Olib borilgan tadzizotlar natijasida anizlanishicha, Oltindepa fazat oddiy turar-joy va xo'jalik xonalaridan iborat bo'libgina qolmay, balki, o'ziga xos murakkab ichki tuzilishni ham aks ettiradi. Ko'zna shaharning janubiy qismida hech qanday inshootlar bunyod etilmagan hudud mavjud bo'lib, bu yer ko'hna shaharning markaziy maydoni bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Bu maydonga yodgorlikning janubida joylashgan maxsus chiqish yo'li orqali chiqilgan. Qazishmalarning ko'rsatishicha, bu chiqish yo'li bo'ylab 6,2 x 3 metr o'lchamdagi mahobatli minoralar qurilgan. Chiqish yo'lining umumiy eni 15 metr bo'lib, bo'ylama devor bilan 4 - 5 metr enlikdagi o'ziga xos bosh ko'chaga bo'lingan. Ushbu ko'chalar aftidan aravalarga muljallangan bo'lsa kerak.

Alohida ta`kidlash joizki, Oltindepaning baland tepalik ustida joylashganligi ko'hna shaharning himoyasi uchun qulay shart - sharoitlar yaratgan. Undan tashqari tepalikning tik yon-bag'irlari pishiq g'ishtdan o'ziga xos qoplama bilan qoplangan. Qiyalikka boradigan nishablik esa devor bilan to'silgan. Devorlarning tuzilishi va qalinligi qurilish xususiyati va sharoitiga qarab belgilangan. Ko'hna shaharga kirish joyida devor maksimal qalinlikda, boshqa joylarda aylana devor 1-2 metr saqlanib qolgan. Ayrim joylarda kvadrat rejali minoralar zam bor. Ko'hna shaharning shimoliy chekkasidagi 2 gektarga yaqinroq maydon muhim tarikibiy qismlardan bo'lgan. Bu yerdagi ko'plab sopol pishiruvchi xumdonlarga qarab bu yer hunarmandlar mahallasi deb ataladi. Murakkab tuzilishga ega bo'lgan ikki yarusli xumdonlarda 1000 - 1200° s da yupqa devorli nafis sopol idishlarini ham pishirish mumkin bulgan. Ko'zna shaharning shu qismida toshni qayta ishlash faoliyati bilan bog'liq izlar topilgan. Bu yerdagi turar - joylar kichik uylardan, umumiy oshxona va umumiy xo'jalik xonasidan iborat bo'lib ulardagi topilmalar ham unchalik boy emas. Ochib o'rganilgan qabrlar topilmalari ham unchalik ko'p emas. Bularning barchasi hunarmandlar mahallasi aholisining turmush tarzi unchalik yuqori bo'lmaganligidan dalolat beradi. Qazishmalar natijasida topilgan ko'p sonli topilmalar Oltindepa madaniyatini har tomonlama yoritish uchun muhim ahamiyatga egadir. Ushbu topilmalar shaharsozlik masalalarini yoritish uchun ham qimmatli ma`lumotlar beradi. Topilmalar orasida sopol buyumlar ko'pchilikni tashkil etadi. Nafis va nozik shakllarda shakllangan sopolchilik buyumlarida qandaydir naqshlar yoki bezaklar uchramaydi. Faqatgina diniy marosimlar uchun mo'ljallangan va uyma nazshlar bilan bezatilgan idishlar bundan mustasno.

Oltindepa ko'zna shahri hunarmandchiligida metallni qayta ishlash ancha rivojlangan edi. Buyumlarning katta qismi misdan tayyorlangan. Shuningdek, qalay va qurg'oshin aralashtirib ishlangan buyumlar ham uchraydi. Undan tashqari, temir pichoq va xanjarlar, irgatiladigan o'q uchlari va boshza buyumlar ham topilgan. Metall buyumlar orasida kumush buyum topilmalari ham ko'pchilikni tashkil etadi. Aftidan, aynan kumushdan ishlangan buyumlar shaharliklarning asosiy boyligi hisoblangan.

Tadqiqotlar natijalaridan shunday xulosa chizarish mumkinki, Oltindepaning ichki tuzilishi ham, yuqori darajada rivojlangan madaniyati ham ibtidoiy arxaik munosabatlar darajasidan chizib ulgurgan edi. eng qadimgi shaharlar dastlabki birlashmalar yoki uyushmalarning asosiy qismi hisoblanib ayrim hollarda tadqiqotchilar ularni shahar - davlatlar deb ataydilar. Aynan ilk shaharlarda dastlabki hokimiyat organlari markazlashib, ma`muriy boshzaruv tizimi shakllanadi.

Oltindepa aynan mana shunday ilk shahar ko'rinishini o'zida aks ettiradi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, yodgorlikda ilk dehqonchilik jamoalari manzilgozlariga qaraganda shaharning o'ziga xos vazifalari nisbatan aniqroz ko'rinadi. Bu vazifaviy belgilar hunarmandlar mahallasi va diniy inshootda o'z aksini topgan bo'lsa, "oqsuyaklar mahallasi" va uning yonidagi qazishmalar kuhna shaharning ijtimoiy tabazalanishi bilan bogliz bo'lgan shahar hududining tabaqalarga bo'lingaynligidan dalolat beradi. Ko'hna shaharning ushbu tarkibiy belgilari va qazishmalar paytida topilgan turli -tuman topilmalar Oltindepani atrof dehqonchilik xududlarining hunarmandchilik, qisman savdo va mafkuraviy markaz sifatida izohlashga imkoniyat yaratadi. SHu bilan birga Oltindepaning harbiy yoki himoya vazifasini bajarganligi haqida ma`lumotlar kam. Chunki Ko'hna shahar darvozalaridagi minora - pilonlar himoya xususiyatidan ko'ra ko'proq savlatli manzara berish uchun qurilgan. Qazishmalar paytida topilgan harbiy qurol - yarog'lar juda kam. Qabrlardan topilib antropologlar tomonidan har tomonlama o'rganilgan suyaklarda harbiy jarohatlar izlari uchramaydi. Fikrimizcha, bu holat aniq tarixiy shart - sharoitlar bilan bogliz bo'lib, bu yerda harbiy san`at rivojlanishi past darajada edi. Chunki, Oltindepa usha davr Old Osiyoni larzaga keltirgan harbiy yurishlar va qarama - qarshiliklardan chetroqda joylashgan edi.

Janubiy Turkmaniston xududlarida Oltindepa kuzna shazri madaniyati fanga ma`lum bulganidan sung Old Osiyoning kuzna shaharlarida tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bir tomondan Mesopotamiya va ikkinchi tomondan Qadimgi Hind sivilizatsiyasi Xarappa oralig'ida joylashgan SHarqiy Эron, Afgoniston va Pokiston hududlarida bronza davri ilk shahar sivilizatsiyaning bir butun zonasi mavjud edi. Ushbu zonada bir -biri bilan uzviy savdo va madaniy aloqalar urnatilgan bir nechta viloyatlar bo'lib, shulardan birining markazi Janubiy Turkmanistondagi Oltindepa ko'hna shahri edi.

O’rta Osiyo qadimgi xalqlari iqtisodiy va madaniy aloqalarini Oltindepadan ochilagan san`at yodgorliklarida aniq kuzatish mumkin. Mesopotamiya an`analari bilan aloqalar, dastavval, me`morchilikda yaqqol kuzga tashlanadi. Qurilish uslublaridan tashqari, terrakota zaykallari ishlanish uslublari (buqaning oltin boshi) jizatidan ham o'xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. Bu urinda, Oltindepaning Hind madaniyati bilan alozalari, ko'p hollarda aniqroq ko'rinadi. Xususan, Oltindepada fil suyagidan ishlangan buyumlar ko'plab uchraydi. Bu buyumlarning turli qatlamlardan topilishi ular o'rtasida uzoq vaqt doimiy aloqalar bo'lganligidan dalolat beradi. Undan tashqari ayrim sopol va metall buyumlarda ham aynan Xarappa madaniyati ta`sirini kuzatish mumkin.

Tadqiqotlar natijalariga kura, bronza davrida Janubiy Turkmaniston jamiyatining ijtimoiy tuzumi ham murakkablashadiki, bu jarayon haqida uy -joylar va kumish marosimiga oid yodgorliklar orzali ma`lum tasavvurlarga ega bo'lishimiz mumkin. Ilk bronza Oltindepa qurilishlari kichik uylardan iborat bo'lib, o'lchamlariga ko'ra bunday uylar kichik oilalarga mo'ljallangan.

O'rta bronza davriga kelib yuzoridagi manzara butunlay o'zgaradi. Ko'pgina topilmalarning ma`lumot berishicha, Oltindepa jamiyatida mulkiy mavze va umuman, turmush tarzida o'z aksini topgan sezilarli ijtimoiy tabaqalanish bo'lib o'tadi. V.M. Masson shahar aholisi orasida turli ijtimoiy va mulkiy mavzega ega bo'lgan quyidagi uchta guruzni ajratadi:

1. Ushbu guruh uchun aholining ko'p xonali uylarda joylashuvi xosdir;

2. Bu guruh uchun a'zolining maxsus xo'jalik xonalari 3-5 xonali katta bo'lmagan alohida uylarda joylashishi xosdir;

3. Bu guruh azolisini mukammal rejali qurilishlarda "zodagonlar mahallasi" deb nomlanuvchi manzilgozlar sohiblari tashkil etgan.

Demak, qazishmalar natijasida aniqlangan yuqoridagi aholi guruhlari Oltindepadagi ijtimoiy tabazalanish jarayonlarini aniq aks ettiradi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo'lsak, Oltindepa tabaqalarga qarab hududiy bo'linishi, o'ziga xos ichki tuzilishi nuqtai nazaridan - ilk shahar tuzilmasi, atrof qishloq xo'jalik hududi markazi, hunarmandchilik markazi, shuningdek, mafkuraviy vazifasi nuztai nazaridan esa shahar markazi sifatida izohlanadi. Tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, bronza davriga oid Oltindepa - o'troz dehqonchilik jamiyati negizida shakllangan shahar uyushmasi evolyutsiyasini uzida aks ettiradi. Bu jamiyatning qo'lga kiritgan madaniy yutuqlari ham yuqori darajada bo'lib, turli-tuman buyumlardan tashqari ayniqsa, mahobatli me`morchilik (rejali uylar, ibodatxonalar va bosh.) ushbu jarayonlardan dalolat beradi.

Janubiy Turkmaniston bronza davri urbanistik tuzilmasi qadimgi SHarqning ilgor markazlarida shakllangan mahalliy ilk dehqonchilik tizimlari asosida paydo bo'lib rivojlanadi. Eng muhimi, ushbu xududlardan olingan ma`lumotlar ilk dehqonchilikdan murakkab jamiyatga o'tish davri rivojlanish jarayonlari hamda urbanistik taraqqiyot haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi.

Urta Osiyoda temir asrining boshlanishi haqidagi munozaralar hamon tadqiqotchilarning ilmiy bahslariga sabab bulayotgan masalalardan biridir. Bu davr dastlabki

marta 1959 yilda V.M.Masson tomonidan usha paytda ma`lum bulgan Urta Osiyodagi yodgorliklar asosida ajratilgan edi. Usha paytda temir buyumlar janubiy Turkmanistondagi Anovda, Farg'onadagi Dalvarzinda, Turkmanistonning janubi - garbidagi Doxistondagina ma`lum edi. Xozirgi kunga kelib mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid kuplab yodgorliklar ma`lum bulsa-da, ulardagi topilmalar orasida temir buyumlar ko’pchilikni tashkil etmaydi

Turkmanistonning eng janubi - g'arbida mil. avv. II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlarida arxaik Doxiston deb nomlangan boshqa bir madaniyat yoyiladi. Bu hududlarda yoyilgan madaniyat kuproq qo'shni Эron madaniyati bilan uxshashlik topadi. An`anaviy dasht madaniyati yoyilgan hududlarda, Orol buyida, Fargona vodiysida va togli rayonlarda bu davrga kelib majmualarning tarixiy – xo’jalik tabaqalashuv jarayonlari yanada kuchayadi. SHuningdek, kuchmanchi qabilalar ittifoqlari ham shakllana boshlaydi. Ushbu jarayonlarni ciyosiy tahlil qiladigan bulsak, fikrimizcha, bu davrda utroq dehqonchilik va kuchmanchi jamoalarning zaruriy va doimiy munosabatlaridagi ehtiyoji yanada kuchayib bu holat Urta Osiyo tarixiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanar edi. Undan tashqari bu ehtiyoj, shaharlar taraqqiyotiga xam sezilarli ta`sir kursatdi. U davrdagi shaharlar rivojini chuzurroq ta`riflaydigan bulsak, qadimgi davrlardan boshlab asosiy xujaligi cyg'opma dehonchilik bulgan Urta Osiyo janubidagi an`anaviy dehqonchilik hududlarining xujaligi mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib yirik daryolar irmoqlari bilan bog'liq bulgan murakkab sugorish tartibining tashkil topishi bilan izohlanadi. Yirik magistral kanallar qazilib ularning eni 5-10 metr, chuzurligi 2 - 3 metr, uzunligi 50 km.gacha boradi. Bu davrda aholi joylashuvining voha tartibi saqlanib qoladi. Ammo, vohalarga birlashish geografik emas, balki ijtimoiy - iqtisodiy xususiyatga ega edi. Ichida qal`alari bo'lgan yirik manzilgozlar vohalarning markazlari edi. Baland g'isht poydevor ustida bunyod etilgan bunday qal`alar qo'shimcha mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Ushbu davrning oxirlariga kelib shakllanib bo'lgan bunday markazlar fikrimizcha, urbanizatsiya jarayonlarining taraqqiy etganligi bilan bir vaqtda ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borganligini kursatadi. V.M.Massonning fikricha, mahalliy hukmdorlarning qarorgohlari joylashgan bunday manzilgozlar shahar-davlatlar timsoli bulib, himoya inshootlari esa zaruriyat tug'ilganda atrof aholi uchun panagoh vazifasini o'tagan. Ilgarigi davrlardagi kabi bu davrda ham yirik markazlar hunarmandchilik markazlashgan hududlar hisoblanib, boshqa mintaqalar bilan savdo alamashinuvida muzim azamiyatga ega edi. Kichik manzilgohlar va alohida uy -qo'rgonlar bunday ilk shaharlarning qishloq xujalik atrofi hududini (okrugini) tashkil etgan bulishi mumkin.

Janubiy Turkmanistondagi markaziy yodgorliklardan biri bulgan 8 gektarli Geoksyur I da G.N. Lisitsinaning fikricha, 1000-1200 ta odam yashagan. Geoksyurdagi poleobotanik materiallar va qadimgi sugorish inshootlarini tadqiq etar ekan V.M. Masson bu erda yashagan aholi 2000 kishi degan xulosa chiqaradi. Bu davrga oid manzilgoh va ko'hna shaharlar me`morchiligi Janubiy Turkmanistonda nisbatan kuproq o'rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik kuhna shahar Marvdagi Govurqal`a hisoblanadi. Govurqala ulchamlarining yigindisi 7,5 km. ga teng. Ahmoniylar davri Marvning markazi Govurqal`a shimoliy tomonining markazida joylashgan Эrkqal`a istehkomi bo'lgan. Mil. avv. I ming yillik urtalarida ushbu istehkom baland loy devor bilan o'rab olinadi. Эrkqal`aning markazida yirik me`moriy inshootlar - hukmdor saroyi va diniy majmua qad ko'taradi. Istehkom xom g'ishtdan bunyod etilgan mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi shahar tomonga qaratilgan. Marv vohasining qadimgi markazida ahmoniylar davriga oid Yoztepa manzilgohi ochib urganilgan. Yoztepa birmuncha ilgariroq davrda paydo bo'lgan bulib, mil. avv. I ming yillik o'rtalarida uzining avvalgi harbiy - ma`muriy aqamiyatini yuqota boshlaydi. Ammo, Yoztepa manzilgohi butunlay yo'qolib ketmaydi va qazishmalar natijasida bu erdan tugri burchakli gishtlardan qad ko'targan devorlar, inshootlar qoldiqlari aniqangan. Kopetdorning tog' oldi hududlaridan mil. avv. VI -IV asrlarga oid yirik ko'hna shahar Elkendepe xarobalari ochib o'rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Elkendepe SHimoliy Parfiyaning g'arbiy - ma`muriy markazi bulib, bu erga ahmoniy podsholari kelib turgan. Ko'hna shahar noto'g'ri aylana shaklida bunyod etilgan bulib uzunligi 500 metr, eni 300 metrga yaqin. SHahar o'rnidagi dastlabki manzilgoh to'gri burchakli yirik g'ishtlardan qad ko'targan mustahkam devor bilan urab olingan. Markazda istehkom qad ko'targan. Xorazm eksneditsiyasining say`i - harakatlari tufayli Qadimgi Xorazm hududlarida ham ahmoniylar davri yodgorliklari aniqlangan. Ulardan biri - satrapning qurib bitkazilmagan saroyi Qalaliqir I bo'lgan

Yana bir bu dav ilar. Margiyonaning poytaxti Marv shahrining ham kupgina madaniy qatlamlari ham grek - baqtriya davriga oiddir. Marv mudofaasi bir - biriga yaqin masofada joylashgan oltita chegara qal`alari bilan mustahkamlangan. Ayrim tadqiqotchilar, tepaliklarda joylashgan bu qal`alar Iskandar davrida kurilmagan, balki mustahkamlangan bo'lsa kerak, degan fikrni bildiradilar. Marvning mudofaa qudrati Selevka I va Antiox I davrida mustahkamlanadi. Iskandarga uxshab, ular ham eski devorlarni mustahkamlaganlar, yangi mustahkam devorlar barpo etganlar va Marvni o'z nomlari bilan nomlaganlar. Antiox I shaharni ham o'z ichiga olgan butun Marv vohasini uzun devor bilan o'ragan. Ahmoniylarning aynan qaysi - qal`asi - Эrkqal`ami yoki Govurqal`ami, Iskandarning nomi bilan nomlangani aniqanmagan. Nima bulganda ham, Selevka I va Antiox I davrlarda Marv vohasi tuliq devor bilan o'ralganligi aniq. Bu devorning qoldiqlari hozirgacha qisman saqlangan. Ta`kidlash joizki, uz vaqtida S.A.Vyazigin ham bu erda juda katta mudofaa tizimi barpo etilganini ta`riflagan edi.

MARV (Avestoda - Mouru) - O'rta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali sh. (Turkmanistoi) yaqinida joylashgan. M.ning qoldiqlari 5 qal`a (Эrk qal`a, Gabr qal`a, Sulton qal`a, Abdullaxon qal`a, Bayramalixon qal`a) xarobalaridan iborat. M. xarobasida 19-a.ning 80-y.laridan V. A. Jukovskiy, 1946 y.dan M. E. Masson rahbarligidagi Jan. Turkmanistoi arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. M.ning eng qad. qismi - Эrk qal'a'a (mayd. 12 ga) mil. av. 1-ming yillikning 1-choragidan mavjud bo'lgan. M.ning ravnaq toptan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2- mil. 3-a.ga to'g'ri keladi. Bu davrda M. Gabr qal`a va Эrk qal`a hududlaridan iborat bo'lib, Эrk qal`a M.ning arkiga aylangan. SHahar va uning atrofi (60 km2) mudofaa devori b-n o'rab olingan. Mil. 3-a.dan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, 7-a.da esa arablar tomonidan bosib olingan. 8-a. o'rtasida M. - Abu Muslim harakati markazi. 9-a.da M.da ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnahr noibligining poytaxti rolini o'ynadi. Ma`mun ibn Horun ar-Rashid davrida M.da Bag'dod akadsmiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. O'rta asrdagi M.ning ravnaq topgan davri 11-12-a.ning 1-yarmiga to'g'ri keldi; bu davrda u buyuk Sadjuqiyyaar davlatining poytaxti bo'lgan (Sulton qal`a xarobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan). 12-a. oxiri - 13-a. boshida M. Xorazmshohlar davlatining yirik markazi bo'lgan. 1222 y. shahar mo'gullar tomonidan vayron qilingan. 13-a. o'rtasi - 14-a.da shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod qismi). 15-a. boshida SHohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. M.dan o'rta asrlarda ko'plab olimu fuzalolar etishib chiqqan. 1510-24 va 1601 -1747 y.larda M. forslar qo'lida bo'lgan. Mare urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz M.dan 30 km g'arbga Mari sh.ga ko'chgan.


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish