Jizzax davlat pedagogika instituti mustaqil ish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi0,61 Mb.
#616747
  1   2
Bog'liq
logopedik texnalogiya1



 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
LOGOPEDIK TEXNOLOGIYA. 
Mavzu

Logopedik tekshiruvning asosiy
bosqichlari
.
Bajardi: Defektologiya yo’nalishi talabasi
Uralova Luiza Shuxratovna
.
 


 
Logopedik tekshiruvning asosiy 
bosqichlari. 
 
 
 
 
Reja:
1.
 
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni saralash. 
2.
 
Logopedik tekshiruvning predmeti, obyekti, subyekti. 
3.
 
Logopedik tekshiruvning maqsadi va vazifalari



Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabgacha yoshdagi va 
maktab yoshidagi bolalar bilan korreksion rivojlantiruvchi ishlar tashkil etiladi. 
Korreksion rivojlantiruvchi ishlarda psixolog, logoped, tarbiyachi, nevrapotolog, 
psixonevrolog kabi mutaxasisslar bilan olib boriladi. Tajribadan ma’lumki, turli 
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalardagi kamchiliklarni bartaraf etishda ularning 
yosh xususiyatlari inobatga olgan holda takshkil etiladi. Ayniqsa bolani bog‘cha 
yoshida erta korreksion rivojlantiruvchi ishlarni olib borish, bu bolani hayotga erta 
moslashtrishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bо‘g‘ini sifatida 
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi. 
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash 
uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi, 
bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota onalarga 
yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim 
tarbiyasiga qо‘llaniladigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va 
intellektual jihatdan maktabda о‘qishga tayyorlashni nazarda tutatadi. 
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim takshilaotlarining 
vazifalar hisoblanadi: 

Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari hamda ular 
asosida ishlab chiqilgan ixitisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga 
qо‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim tarbiya olishlarini 
va korreksion pedagogik ishni ta’minlash; 

Korreksion ta’lim tarbiya jarayonini shaxsga yо‘naltirilgan, individual 
tarzda tashkil etish; 
Uralova Luiza Shuxratovna 



Bolaning ijtimoiy xissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi 
uchun zarur korreksion –rivojlantiruvchi ta’lim tarbiya muhitini 
yaratish; 

Bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf 
etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish; 

Bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash. 
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan 3-7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul 
qilinadi: 
1.Nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, 
dizartriya, duduqlanish nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar) 
2.Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (1-4 guruh karlik va zaif eshituvchi 
bolalar)
3.Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(kо‘zi ojizlar, zaif kо‘ruvchi bolalar)
4.Psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(psixik rivojlanishning orqada 
olishi, psixik nutqiy rivojlanshining orqada olishi, bolalar autizmi) 
5.Aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;( aqliy rivojlanishida orqada 
qolishning yengil darajasi, aqliy rivojlanishida orqada qolishning о‘rta darajasi) 
6.Tayanch harakatlanish a’zolarida nuqsonlari bо‘lgan bolalar (ortopedik 
jarohatlarning asoratlari, idiopatik о‘zgarishlar( bо‘yin, kо‘krak,umurtqa). 
Turli rivojlanshida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan tashkil etiladigan logopedik 
ishlarda logopedik tekshiruvning ahamiyati juda kattadir. Logopedik tekshiruvda 
bolaning barcha nutq komponentlari va nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari 
о‘rganiladi.
Logopedik tekshiruv ishlarining samarali natijasi asosan maxsus maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida kо‘proq kо‘zga tashlanadi. Maxsus maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyati maxsus dastur asosida ishlab, dastur 4 ta о‘quv yiliga 
mо‘ljallangan bо‘lib, о‘quv yili boshidan 2 hafta davomida olib borilgan
Uralova Luiza Shuxratovna 


tekshiruvdan sо‘ng tanlab olinadi. Bolalarning har tomonlama dastur materiallarini 
qay darajada о‘zlashtirishlarini tekshirish uchun yilning oxirida vaqt ajratiladi. 
О‘qish kuni 2 sentabrdan 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustga qadar 
yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. 
Mashg‘ulotlar jadvali 5 kunlik ish kuniga mо‘ljallab tuzilib, defektolog va 
tarbiyachilar tomonidan nutq о‘stirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, badiiy 
adabiyot bilan tanishtirish, matematika, tо‘g‘ri talaffuzga о‘rgatish, tasviriy 
faoliyat bilan tanishtirish, qurish-yasash, mehnat, jismoniy tarbiya, о‘yin 
mashg‘ulotlari olib boriladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish 
uchun muayyan korreksion ta’lim-tarbiya ishlarga kompleks yondoshilib, ya’ni 
davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog‘lab olib borish 
kerak.
Bolalar ta’lim-tarbiyasiga qо‘yiladigan asosiy vazifalarni о‘z oldiga maqsad 
qilib qо‘yadi.
1.
Bolalarning umumiy rivojlanishini shakllantirish. 
2.
Mavjud kamchiliklarini korreksion-pedagogik va tibbiy sog‘lomlashtirish 
usullar orqali bartaraf etishga erishish; 
3.
Ijtimoiy hayotga moslashtirish; 
4.
Bolalarni maktab ta’lim-tarbiyasiga tayyorlash. 
Logopedik tekshiruvning predmeti: turli xil rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan 
bolalarda nutq shakllanishi xususiyatlariga va nutq kamchiliklarini aniqlashdan 
iborat. 
Logopedik tekshiruvning obyekti: nutqiy va nutqiy bо‘lmagan jarayondir. 
Logopedk tekshiruvning subyekti: nutqida nuqsoni bо‘lgan shaxs (bola). 
Zamonaviy pedagogik tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘qituvchi bilan о‘quvchi 
о‘rtasida munosabat subyekt – subyekt sanaladi. Shu boisdan ham nutqida nuqsoni
bо‘lgan bola obyekt emas, subyekt hisoblanadi. 
Logopedik tekshiruvning maqsadi: bolada kuzatiladigan nutq kamchiliklarining 
rivojlanishi olidini olishda korreksion rivojlantiruvchi ishlarni aniqlash va bolaga
Uralova Luiza Shuxratovna 


tо‘g‘ri ta’lim tarbiya berish. 
Logopedik tekshiruvning maqsadidan kelib chiqgan holda vazifalar belgilanadi: 
1.
Ta’lim tarbiya jarayonini olib borishda aniq reja asosida nutq 
kamchililiklarini bartaraf etishda korreksion logopedik ishlarni tashkil 
etilish. 
2.
Chuqur о‘rganish orqali bolada kuzatiladigan salbiy xusuisyatlarni aniqlash. 
3.
Pedagogik faoliyat davomida nutq kamchiliklarini aniqlash va ularda 
kuzatiladigan о‘zgarishlarni belgilash. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish