Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 162,61 Kb.
bet11/15
Sana22.04.2022
Hajmi162,61 Kb.
#573377
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O`zb-Ross diplom Word

O‘qituvchi: Mana darsimiz qiziqarli davom etmoqda, endi uni yanada qiziqarli o‘tkazish maqsadida «Aysberg» usulidan foydalanamiz. Faraz qilaylik biz Shimoliy muz okeanida sayohat qilib yuribmiz. Birdaniga oldimizdan «Aysberg» (muzqoya) chiqib qoldi. Xush, nima qilish kerak?
1-chi o‘quvchi: «Aysberg»ni aylanib o‘tamiz.
2-chi o‘quvchi: «Aysberg»ni parchalab yuboramiz.
3-chi o‘quvchi: «Aysberg»ni eritib yuboramiz.
4-chi o‘quvchi: Orqaga qaytib ketamiz.
O‘qituvchi: Endi yana darsga qaytaylik. O‘sha biz aytgan Aysbergning o‘rniga Mustaqillik yillari O’zbekiston-Rossiya do’stlik aloqalari rivojlanishida yangi bosqich mavzusini ko‘rib qo‘yaylik. Bu mavzuni, birinchi o‘quvchi aytganidek o‘rganmasdan aylanib o‘tib ketamizmi?
- ikkinchi o‘quvchi aytganidek parchalab yuboramizmi?
- uchinchi o‘quvchi aytganidek eritib yuboramizmi?
- yoki to‘rtinchi o‘quvchining fikri buyicha bu mavzuni o‘rganmasdan orqaga qaytib ketgan ma’qulmi?
O‘quvchilar: yangi mavzuni «Aysberg» singari eritib, urganib olganimiz ma’qul.
Rag’batlantirish: (O‘qituvchi dars so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni «5» baho bilan baholab, ularga tashakkurnoma bildiradi. Ularni yaxshi o‘qishga chorlaydi).
Uyga vazifa:
Mustaqillik yillari O’zbekiston-Rossiya do’stlik aloqalari rivojlanishida yangi bosqich to‘g’risida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plab, darsga tayyorgarlik ko‘rish.
Biz bu mavzuni o‘quvchilarga o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyaning ushbu uslubini o‘quvchilar yoshiga e’tibor bergan holatda sodda va qulay usulda qo‘llashni tavsiya etamiz.


Xulosa
Ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid masalar, mintaqaviy va xalqaro muamolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari o’xshash va yaqinligi, xalqlarimizning do’stligi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamyat kasb etib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlarning mohiyati va asosiy yo’nalishlarni yoritishga shu nuqtai nazardan yondoshish lozim. O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama aloqalari tarixini o’rganish, atroflicha tahlil qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Vazirlar mahkamasining 2017- yil 14-yanvardagi kengaytirilgan majlisida alohida ta'kidlandi. Ya’ni bugungi kundagi ishlar va aholi o’rtasida mamlakatlarimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish muhim ahamiyatga egaligi aytib o’tildi.
Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ko’p tomonlama Oliy darajadagi siyosiy muloqotlar muntazamlik kasb etgan. Misol uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010-yilning 14-15-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Moskvada bo’ldi. Mazkur tashrif yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida "Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to’g’risida"gi Deklaratsiya va boshqa bir qator muhim hujatlar imzolandi, bu o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirdi.
O’zbekiston va Rossiya o’rtasida imzolangan qarib 300 dan ortiq davlatlararo, hukumatlararo, parlamentlararo va idoralararo xujjatlar ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini tashkil etadi. Rossiya bilan O’zbekiston savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yildan-yilga kengayib bormoqda.

  1. yilning o’zida tovar ayriboshlash hajmi 7, 8 mlrd dollardan oshgan. 2017- yilda bu ko’rsatkich 16 milliarddan oshirilishi rejalashtirilgan. O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 150 dan ortiqi to’la-to’kis Rossiya sarmoyasi asosida tuzilgan. Rassiyaning “Lukoyl” va “Gazprom” kabi neft-gaz kampaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va o’zlashtirish borasida faoliyat olib bormoqda. Chunki O’zbekiston ham Rossiya ham yoqilg’i-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni 2013- yil 14-15- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi davomida V.Putin bilan muhim shartnomalarni imzoladilar.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi imzolandi. Savdo- iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, yoqilg’i-energetik kompleksi ham iqtisodiyotning boshqa sohalarida o’zaro hamkorlik masalalari O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hukumatlararo "Iqtisodiy hamkorlik komissiyasi" faoliyati doirasida muntazam ko’rib chiqildi. Ular uchrashuv davomida komissiya faoliyati va istiqbolidagi rejalarni muhokama etishdi.
2015-yilda O’zbekistonning Rossiya bilan o’zaro tovar ayriboshlash hajmi 5 mlrd dollardan oshdi. 2016-yil aprel oyida Moskvada o’tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari o’zaro hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag’ishladi. 2017- yilda Rossiyaga O’zbekiston yana ham ko’proq meva, poliz mahsulotlarini yetkazib berishni ko’zda tutmoqda.
Shuningdek, muzokaralar yakuni bo’yicha "Investitsiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida"gi Bitim, 2013-2017-yillarga mo’jallangan "Iqtisodiy hamkorlik dasturi", atrof-muhitni himoya qilish muassasalari, bojxona va soliq xizmatlari o’rtasidagi hujjatlar qabul qilindi. Ushbu muzokaralar nihoyatda ahamiyatli bo’ldi. Ishchanlik muhitida o’tgan muzokaralarda imzolangan hujjatlar O’zbekiston va Rossiya o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitish yo’lida borayotganligini tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtsida o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun “Lukoyl” neft kompaniyasi prezidenti V. Alekperov bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Oqsaroyda muzokara o’tkazgan. Muzokaralar neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish jiddiy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Kompaniyaning mamlakatimizdagi neft-gaz konlarini o’rganish va qazib olish bo’yicha investitsiyalarning hajmi 2015-yil dekabrga qadar 5 milliard dollardan oshgan. Muloqot chog’ida jahon va mintaqa uglevodorod xom ashyosi bozoridagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashdi, uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning kelajakdagi yo’nalishlari haqidagi masalalar muhokama qilindi. 2018-2019- yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturi muhokama qilindi.
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2015-yil 15-iyul kuni Oqsaroyda qabul qilindi. Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlar mustahkam strategik sheriklikka asoslangan holda izchil rivojlanayotganligini takidladi. O’zbekistonning Rassiya Federatsiyasi bilan o’zaro hamkorligi nafaqat neft-gaz kampaniyalari sohalarid, balki avtomobilsozlik sohasida ham muhim o’rinni egalladi. O’zbekistonga ishlab chiqarilayotgan avtomobillar Rossiyada doimo xaridorgir. “Matiz”, “Neksiya” kabi O’zbekiston mashinalari bu yerda bir necha bor yilning eng yaxshi abtomobili deb topilgan.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi o’zaro do’stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlariga O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan Strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishni va yanada mustahkamlashga harakat qilishini mamlakatimizning bugungi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taziya marosimida yana bir bor ta'kidlab o’tdi. Ushbu marosimda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin jumladan shunday dedi: "O’zbekiston Respublikasining Birinchi Presidenti Islom Karimov O’zbekiston uchun, o’z xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgan. Eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilgan". Shuningdek, Rossiya davlatlarimizning o’zaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.
O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama aloqalari va munosabatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinni savdo-iqtisodiy hamkorlik tashkil etadi. 2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etib bormoqda. Bu haqida dissertatsiya matnida atroflicha aytib o’tildi.


Download 162,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish