Jizzax politexnika instituti «servis» fakulteti


Kurs ishini bajarilishini tashkil etish



Download 311 Kb.
bet4/11
Sana17.03.2023
Hajmi311 Kb.
#919928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KL Курс иши тайёрлаш бўйича услубий менежмент

4. Kurs ishini bajarilishini tashkil etish

Kurs ishining topshirish va himoya qilish muddati o’quv rejasiga binoan belgilanadi. Kurs ishini yozishdan oldin talaba tanlangan kurs ishi mavzusini qaysi korxona yoki tarmoq misolida yoritib berishini aniqlab oladi. So’ngra talaba tanlangan mavzu bo’yicha (agar real korxona, muassasa yoki tarmoq tanlangan bo’lsa, shu bo’yicha) nazariy va amaliy ma’lumotlar to’playdi.


Kurs ishini bajarish bo’yicha belgilangan topshiriqlar, ularni bajarish muddatlari bo’yicha rahbar talaba bilan birgalikda taqvimiy rejani tuzadi. Bu rejani tasdiqlash maqsadida kafedra mudiriga taqdim etiladi. Talaba tomonidan kurs ishini bajarish rahbar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar va taqvimiy rejaga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilishi lozim.


5. Ma’lumotlar manbalarini o’rganish, ma’lumotlarni to’plash, xulosa va takliflarni asoslash

Tanlangan kurs ishi mavzusiga muvofiq talaba mustaqil ravishda nazariy-amaliy ma’lumotlar manbalari bo’lmish: adabiyotlarni, internetdan keng foydalanilgan holda rasmiy xujjatlarni va idoraviy materiallarni o’rganadi. Adabiyotlarni o’rganish talabaga tanlangan mavzuning dolzarbligini tasdiqlash, tadqiqotni nazariy asoslarini aniqlab olish, ya’ni mavzuga aloqador bo’lgan korxonani (tarmoq) iqtisodiy rivojlanishini, biznes strategiyasining mohiyatini, mazmunini, uni faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni, uning raqobatbordoshligini o’rganishga doir bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlash, tahlil qilish, samarali bo’lgan tomonlarini ko’ra bilish, bu jihatlarini kuchaytirish va mustahkamlashga doir bo’lgan nazariy amaliy takliflar ishlab chiqishda ko’mak beradi. Mavzuga taalluqli adabiyotlar manbasini va masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o’rganish kurs ishini yozish uchun zarur materiallarning hajmini va xarakterini aniqlashga imkon yaratadi.


Kurs ishini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini va boshqa qonun osti xujjatlarini o’rganishga imkoniyat tug’iladi. Shuni ta’kidlash lozimki, mavzu bo’yicha materiallarni o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining asosiy qoidalarini, biznes faoliyatiga oid mamlakatimiz qonunlari va yuqorida keltirilgan qonunosti xujjatlarni o’rganish bilan chegaralanib qolmay, Respublikamizda chop etiladigan “Iqtisodiyot va ta’lim”, “Iqtisodiyot va innovastion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, “Ekonomicheskoe obozrenie”, “Vestnik agenstva vneshneekonomicheskix svyazey”, “Biznes Vestnik Vostoka”, “Soliq va bojxona xabarlari”, “Bozor, pul va kredit”, “Xalq so’zi”, “Mulkdor”, “Hamkor” kabi oynomalar va ro’znomalarda berilgan maqolalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, umumdavlat statistikasi materiallaridan ham keng foydalanish lozim.
Adabiy manbalarni o’rganayotganda fikr-mulohazalarni homaki tarzda yozib borish maqsadga muvofiqdir. Bu keyinchalik kurs ishi rejasiga binoan materiallarni tartibga solishni va umumlashtirishni engillashtiradi.
Tadqiqot manbaining hisobot ma’lumotlari kamida so’nggi ikki yoki bir yillikni qamrab olishi kerak. O’zaro taqqoslash uchun bir xil turdagi korxonalar faoliyatlarini (tajribalarini) o’rganish muhimdir.
To’plangan haqiqiy materiallar o’rganilayotgan masalaning hozirgi ahvolini ifodalashga, rivojlanish jarayonlari va yo’llarini aniqlashga imkon beradi, ko’rib chiqilayotgan muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin yaratadi. Ayrim hollarda o’rganilayotgan muammo bo’yicha zarur ma’lumotlarga ega bo’lish uchun maxsus kuzatuvlar o’tkaziladi.
To’plangan raqamli ma’lumotlar tahliliy jadvallarda tartibga solinib umumlashtiriladi. Bu jadvallar iqtisodiy tahlillar, xulosalar va tavsiyanomalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o’rganib bo’lingach, kurs ishini bajarishning yanada qiyinroq bosqichiga – xulosa va takliflarni asoslashga kirishiladi. Xulosa va takliflar kurs ishining mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqishi hamda aniq bir korxona (kompaniya) faoliyatini rivojlantirishga va takomillashtirishga yo’naltirilishi lozim. Ular biznes faoliyatini yuritish uchun va kurs ishiga to’plangan materiallar tadbirkorlik sub’ekti tuzilmalarida foydalanish uchun amaliy maqsadlarni ifoda etishi maqsadga muvoffiqdir.



Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish