K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit o‘quv qo‘llanma toshkent «O‘qituvchi» -2004



Download 5,53 Mb.
bet5/248
Sana02.06.2022
Hajmi5,53 Mb.
#630145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   248
Bog'liq
3 McCarthy, O\'Dell English vocabulary in use pdf

Xo‘jalik hisobi























































Korxonalarni






















1.Byudjet hisobi




moliyalashtirili-
















2.Korxona hisobi




shiga ko‘ra











































Axborot

foydalanuvchi-

lariga ko‘ra


1.Ichki hisob


· Boshqaruvhhisobi

  1. Operativ –texnik hisob




  1. Ishlab chiqarish hisobi

2.Tashqi hisob





  1. Moliyaviy hisob

  2. Statistik hisob




Davlat tomonidan




1.Reglamentlashtiriladigan

tartibga solinishiga




· Moliyaviy hisob

ko‘ra




· Statistik hisob







2.Reglamentlashtirilmaydigan







· Boshqaruv hisobi










· Operativ –texnik hisob







· Ishlab chiqarish hisobi



















1.Buxgalteriya hisobi

Yuritish




2.Kadrlar bo‘limi hisobi

bo‘limlariga ko‘ra







3.Ishlab chiqarish bo‘limlari hisobi













4.Sotish bo‘limi hisobi







5.Ta’minot bo‘limi hisobi












1-chizma. Xo‘jalik hisobini tasniflash asoslari

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com

8


Byudjet hisobi deganda, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalarda yuritiladigan hisob tushuniladi. Bunday muassasalarga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy soha muassasalari kiradi.

Xalq xo‘jaligi sohalarigi ko‘ra xo‘jalik hisobi alohida shu sohalar hisobidan iborat bo‘ladi, masalan, sanoat sohasi hisobi, qishloq xo‘jaligi sohasi hisobi, savdo sohasi hisobi, maorif sohasi hisobi va boshqalar.




Axborot foydalanuvchilariga ko‘ra xo‘jalik hisobi ichki va tashqi hisobga bo‘linadi. Ichki hisob deganda faqat xo‘jalikning o‘zida yuritiladigan hisob tushuniladi. Ichki hisob adabiyotlarda turlicha nomlangan, masalan, operativ-texnik hisob, boshqaruv
hisobi, ishlab chiqarish hisobi.
Operativ-texnik hisob deganda xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‘limini xodimlarni ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‘ini yoki masterining stanoklarni ish holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‘la oladi.


Boshqaruv hisobi – bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi. Bunday hisobni xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin.


Ishlab chiqarish hisobi – bu xo‘jalikni ishlab chiqarish jarayonlari va ularning natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja, haqiqiy tannarx usullari.


Tashqi hisob deganda xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Tashqi hisobga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:



  1. Moliyaviy hisob




  1. Statistika hisobi



Moliyaviy hisob deganda xo‘jalik moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‘rinishida taqdim etiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar. Moliyaviy hisob ma’lumotlarini keng iste’mol qiluvchi tashqi va ichki foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan.


Statistika hisobi deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi. Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‘lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob ma’lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi.
Davlat tomonidan tartibga solinishiga ko‘ra xo‘jalik hisobini ikki turga bo‘lish mumkin:



  1. Reglamentlashtiriladigan




  1. Reglamentlashtirilmaydigan

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



9


Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan


foydalanuvchilar

Ichki foydalanuvchilar

  1. Korxona rahbariyati




  1. Bo‘lim boshliqlari

  2. Ichki auditorlar

  3. Kasaba uyushma qo‘mitasi

  4. Xodimlar

Tashqi foydalanuvchilar
1.Bevosita qiziquvchilar



  1. Investorlar




  1. Kreditorlar

  2. Yuqori tashkilot

2.Bilvosita qiziquvchilar



  1. Davlat soliq idoralari




  1. Ijtimoiy sug‘urta organlari

  2. Statistika organlari

  3. Banklar

  4. Prokuratura va sud organlari




  1. Auditorlik firmalari

Korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi


ma’lumotlar


2-chizma. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning tarkibi

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



10


Reglamentlashtiriladigan hisob deganda shakli va mazmuni, yuritish texnikasi va tartibi ma’lum me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingan hisob

tizimi tushuniladi. Tartibga soluvchi hujjatlar bo‘lib qonunlar, farmonlar, milliy standartlar, nizomlar, yo‘riqnomalar hisoblanadi. Reglamentlashtiriladigan hisobga O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisob va statistik hisob kiradi. Ushbu hisob turlari shakl va mazmun jihatdan hamma uchun bir xildir.




Reglamentlashtirilmaydigan hisob deganda shakl va mazmuni, yuritish tartibi va texnikasi davlat tomonidan belgilab qo‘yilmagan hisob tizimi tushuniladi. Bunday hisob turlariga operativ-texnik hisobini, boshqaruv hisobini, ishlab chiqarish hisobini kiritish mumkin. Ushbu hisob turlarida qo‘llaniladigan registrlar, ularning shakllari, yuritish tartibi har bir xo‘jalik tomonidan o‘z hohishiga qarab belgilanadi.
Xo‘jalik hisobi uni yurituvchi bo‘limlarga qarab buxgalteriya hisobi, kadrlar bo‘limi hisobi, ishlab chiqarish bo‘limi hisobi, ta’minot bo‘limi hisobi, sotish bo‘limi hisobi va boshqalarga bo‘linadi.

Xo‘jalik hisobining boshqaruvda tutgan o‘rni asosan u bajaradigan axborot berish va nazorat qilish funksiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.




Axborot berish funksiyasi – bu ichki va tashqi foydalanuvchilarni xo‘jalik faoliyati, uning mablag‘lari, mablag‘larni tashkil topish manbalari, faoliyat natijalari to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. Foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:



  1. Reallik – beriladigan axborotlarni aniq boshlang‘ich hujjatlarga asoslanganligi;




  1. O‘z vaqtidalilik – axborotlarni foydalanuvchilarga kerakli vaqtda yetkazish;

  2. Batafsillik- axborotlarni foydalanuvchilarga ularning talablarini qoniqtiradigan mazmunda berish;




  1. Neytrallik – axborotlarni foydalanuvchilarga bir-birini huquqlariga putur yetkazmasdan berish;

Xo‘jalik hisobi beradigan axborotlar xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarini strategig va taktik boshqarish vositasi, o‘tqaziladigan iqtisodiy tahlil va auditning asosiy manbai, nazorat qilish quroli hisoblanadi.




Nazorat – bu yuz bergan, berayotgan va beradigan xodisa va jarayonlarni qonuniyligi, haqqoniyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Xo‘jalik hisobi tomonidan olib boriladigan nazoratni asosan uchta turga bo‘lish mumkin:



  1. Dastlabki nazorat




  1. Joriy nazorat

  2. Keyingi nazorat



Dastlabki nazorat – xo‘jalikda yuz bergan va beradigan xodisa va operatsiyalarni qonuniyligi, ular bo‘yicha tayyorlangan boshlang‘ich hujjatlarni to‘g‘riligini ularni imzolash chog‘ida tekshirish.


Joriy nazorat – yuz bergan jarayon va operatsiyalarni ular bo‘yicha tuzilgan hisobotlarni qabul qilish chog‘ida tekshirish.


Keyingi nazorat – xo‘jalikda yuz bergan jarayon va operatsiyalarni, mablag‘lar holatini inventarizatsiya qilish, taftish o‘tkazish, taqqoslama dalolatnomalarni tuzish yo‘llari bilan tekshirish.

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



11

O‘z - o‘zini sinash uchun testlar





Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish