K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

ta’sirida o‘zgarishi
Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ular-
ga suv va neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt 
davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Suv armirlangan detallarga kuchli ta’sir etadi, metall armaturalar 
nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog‘oz tolali gazlamalar 
esa mustahkamligini yo‘qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun 
armirlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlama-
li) imkoniyat qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda 
suv tekkanida esa rezina buyumlarni, albatta, quritish kerak. 
TK, СКБ, CKC, СКИ va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar 
neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini juda ham sezilarli da-
rajada o‘zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi xom rezinalar, 
yuqorida aytib o‘tilganidek, benzinda oson eriydi, ularning bu xu-
susiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalar-
ni vulkanizatsiyalash ularning neft mahsulotlari ta’sirida erishiga 
barham beradi, ammo rezinalar benzin, dizel yonilg‘isi, moylar 
va boshqa suyuq organik birikmalar ta’sirida shishish xususiyatini 
saqlab qoladi. Rezina buyumlarning uzoq muddat neft mahsulotlari 
ta’sirida bo‘lishi natijasida ularning hajmi ortadi, mustahkamligi
elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg‘i, 
moy va boshqa surkov materiallari ta’siridan saqlash lozim. Neft 
mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik bi-
lan artib tozalash lozim. 
10. 8. Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar
Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida zarur 
materiallar va moslamalar bo‘lgan maxsus aptechka bilan ta’min-
lanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar 
ishlab  chiqariladi:  APK  –  kamerani  ta’mirlash  uchun;  АРШ – 
265
pokrishka  va  kameralar  uchun;  АРБ  –  yengil  avtomobillarning 
kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka ichida turli o‘lchamli 
vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to‘g‘ri burchak shaklidagi re-
zinadan bir komplekt yamoq plastirlar, o‘zi vulkanizatsiyalaydigan 
50 g rezina yelimi, kameraning shikastlangan qismini tozalash 
uchun metall qirg‘ich va jilvir qog‘oz, kameraning shikastlangan 
qismiga yamoqni yopishtirish uchun (ustidan bosish uchun) rolik, 
ikkitadan qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun mo‘yqalam 
va pakki pichoq bo‘ladi. АРШ aptechkasida, bundan tashqari, vul-
kanizatsiya qilingan rezinakord yamoqdan to‘rt qatlam qilib qirqib 
olingan ikkita yamoq, pokrishka bortlarini ta’mirlash uchun chefer 
lenta, teshilgan pokrishkani ta’mirlash uchun turli o‘lchamli oltita 
gribok va griboklarni qo‘yish uchun moslama bor. АРБ aptechkasi-
da АРШ aptechkasidan farqli ravishda pokrishkalarning karkasini 
ta’mirlash uchun plastirlar bo‘lmaydi. Ular o‘rniga rezina pastasi 
bo‘lgan shpris, tiqinlar to‘plami va kameradagi teshikni shinalar-
ni to‘g‘indan olmay turib ta’mirlashda ularni shina ichiga qo‘yish 
uchun moslama bor. 
Aptechka bo‘lmaganida, avtomobilda quyidagilar bo‘lishi tav-
siya etiladi: rezina yelim (yaxshisi aluminiy tubikda); sellofandan 
qilingan himoya qatlami bo‘lgan 2 mm qalinlikdagi vulkanizatsiya 
qilinmagan kamera rezinasi (200 × 300 mm li bo‘lak); yamoq qirqib 
olish uchun eski kamera bo‘lagi (200 ×  300 mm); eski pokrish-
kadan qirqib olingan 2–4 qatlamli 2–3 ta manjet (250 × 400 mm); 
elektrovulkanizator; kameralar va yamoqning sirtini g‘adir-budur 
qilish uchun yirik tishli egov; rashpil yoki metall cho‘tka; zaxirada-
gi zolotnik va qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda kameralarga 
sepish uchun talk kukuni. 
Rezina  buyumlarni  5–20°С  haroratda,  yorug‘lik  kam  tushadi-
gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish