K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

ASOSIDAGI  QOPLAMLAR
11. 1. Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar
Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlab-
gina qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ular-
ning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq 
xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan 
ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, 
bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xos-
salariga ega bo‘ladi. 
Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam 
bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok­bo‘yoq qatlami 
deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas 
va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi 
267
muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun 
xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan, 
yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini 
ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi. 
Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob be-
rishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob be-
rishi:
– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori 
adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;
– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elas-
tiklikka ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda me-
xanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish 
natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;
– imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh 
nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qot-
masligi zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri 
ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;
– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson 
tiklanishi lozim;
– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi 
lozim. 
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida 
sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va 
boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli 
qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir 
nechta talabga javob berishi darkor. 
11. 2. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilish
Bo‘yashdan oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, payvandlashda 
hosil bo‘lgan flus qoldiqlari, neft mahsulotlari, yog‘li dog‘lar, eski 
qoplam qoldiqlaridan tozalanadi. 


268
Bu maqsadlar uchun ko‘p sondagi mexanik, kimyoviy, elek-
trokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan foydala-
niladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin bo‘lgan de-
tallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni yog‘sizlantirish: 
zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir qog‘oz yordamida 
ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga 
qoplamning birinchi qatlami – grunt beriladi (11. 1- rasm). 
 
11. 1- rasm. Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi. 
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xiz-
mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok-
bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘tay-
di. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi, 
ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyala-
nishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odat-
da, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi 
vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirt-
ga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilgani-
da unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘la-
di. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan 
pachoqlar  to‘la  saqlanadi.  Detallarni  tayyorlashda  ular  sirtida 
chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, 
mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. 
Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foy-
269
dalaniladi. Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni bar-
taraf etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan bu-
tun sirtni silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda 
tarkibida 75–80 foiz to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar) bo‘lgan 
quyuq pasta (shpaklovka)dan foydalaniladi. Quriganida elastikligi 
yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo bo‘lishini e’tiborga 
olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi lozim. 
Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning soni ikkitadan ortmaydi) 
yaxshilab quritiladi va dag‘al abraziv jilvir qogozlar (N 80–120) 
yordamida jilvirlanadi va chang hamda abraziv kukunlardan tozala-
nadi. 
Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan umumiy sirtni tekislashda sirt-
ga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka beriladi va quri-
tilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan jilvir-
lanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama yordamida 
beriladi. 
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalan-
gan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni 
qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sha-
roitlarga asoslanib tanlab olinadi. 
Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka, purkagich, shu jumladan, 
elektrostatik maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan be-
riladi. Bo‘yoqning har bir qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam 
qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi, jilolanadi, loklanadi. 
Yengil avtomobillarning kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va 
umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan 
iborat bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablari-
ga mos kelishi lozim (1054–82), ya’ni sirti silliq, bir xil rangda 
bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk avtomobil-
larining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 
2–3 qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi 
kerak (tekis, silliq yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar 
bo‘lishiga ruxsat etiladi). 


270
Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich qu-
vurlar va boshqalar 3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va 
4-klass qoplami 1–2 qatlam bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) 
iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan hi-
moyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar 
(qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga 
ruxsat etiladi. 
Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt, 
shpaklovka, bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat. 
Suyuq (paxta, kungaboqar va boshqa moylar) va qattiq (alifning 
turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar hisoblanadi. 
Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok 
deyiladi. 
Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
Alif + pigment  moyli bo‘yoq; 
Lok + pigment  emalli bo‘yoq
ko‘rinishida bo‘ladi. 
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘o-
shin, rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noor-
ganik moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p 
foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berish-
dan iborat. 
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, eri-
tuvchi va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun 
qo‘shimcha,  qoplam  elastikligini  oshirish  uchun  plastifikatorlar, 
bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (kataliza-
tor) lar  qo‘shiladi. 
271
11. 3. Lok-bo‘yoq materiallari va ular

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish