K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


II. Immunitetning turlari



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

II. Immunitetning turlari.
Immunitetning paydo bo‗lishiga qarab 
uni bir necha turlarga bo‗lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va 
infektsion bo‗lmagan, ya‘ni transplatatsion immunitet. Infektsion 
immunitet spetsifik (30-rasm
)
va spetsifik bo‗lmaganlarga bo‗linadi. 
Spetsifik bo‗lmagan immunitet tabiiy yoki tug‗ma va organizmni 
himoya qilish anatoma – fiziologik faktorli bo‗ladi. Tabiiy yoki tug‗ma 
immunitet o‗z navbatida ikkiga: absolyut yoki mutloq va nisbiyga 
bo‗linadi. Ular ham aktiv va passivga bo‗linadi. Aktiv immunitet steril 
va steril bo‗lmaganga bo‗linadi. 1898-yilda N. N. Chistovech va J. 
Barde degan olimlar immunitet faqat mikroorganizmlarga va ularning 
zaharlariga emas, balki to‗qimalarning hujayralariga ham hosil bo‗lishini 
aniqladi. Bu spetsifik emas, ya‘ni transplantatsion immunitetni 
o‗rganishga sabab bo‗ldi. 


215 
 
30-rasm. Immunitet turlari 
Organ va to‗qimalarni boshqa organizmlarga ko‗chirish paytida 
katta rol o‗ynaydi. Spetsifik bo‗lmagan immunitet boshqa organizmdan 
olingan va to‗qimalarga qarshi turishga qobiliyatlidir. 
Bu 
hodisaning 
aksinchasi 
– immuniologik tolerantlikdir. 
Immuniologik tolerantlik, ya‘ni immunologik chidamlilik to‗g‗risida F. 
Bernet degan olim aytib o‗tgan. Lekin 1953-yili olimlardan P. Medavar 
va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta‘sir etilgan 
organizm, tug‗ilib katta bo‗lganda shu antigenga – organ va 
to‗qimalarga qarshi turish qobiliyatiga ega emasligini isbotladilar. Ya‘ni, 
bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo‗ladi va shu 
to‗qimalarga qarshi qobiliyat bo‗lmaydi. 
Tabiiy sust (onadan 
xomilaga va 
chaqaloqqa o„ish) 


216 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, immunitetning yana bir turi infeksion 
immunitetdir. Infeksion immunitet o‗z navbatida spetsifik va spetsifik 
bo‗lmaganlarga bo‗linadi. Spetsifik bo‗lmagan immunitet tug‗ma immu-
nitet bo‗lib, mexanik, fizikaviy va biologik omillarga organizmning 
qarshi turish qobiliyatidir.
Spetsifik bo‗lmagan immunitet ikkiga bo‗linadi: 
a) Tabiiy yoki tug‗ma. 
B) Organizmni himoya qilish anatoma – fiziologik omillari. 
Tabiiy yoki tug‗ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo‗lib, 
nasldan – naslga o‗tadi. Masalan, qoramollar, otlarning manqa 
kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa cho‗chqalar va 
itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda 
bo‗ladigan bunday immunitet tabiiy, tug‗ma va zotiga xos immunitet 
deyiladi. Bunday immunitetning paydo bo‗lishi sababi har xildir. I. M. 
Mechnikov tug‗ma immunitetning bir turini kaltakesak va toshbaqalarda 
tekshirib, uning sababini isbotlagan. 
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va 
toshbaqaning terisi ostidan yuborib, bu toksin ularga hech ta‘sir 
etmaganligini, ya‘ni ularni shu toksinga immunitetli ekanligini 
aniqlagan. 
Tabiiy tug‗ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga 
bo‗linadi. Absolyut yoki mutloq immuniteti bo‗lgan hayvonlar kasallik 
qo‗zg‗atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo‗zg‗atuvchi mikrob 
uchun nihoyatda qulay sharoit bo‗lishiga qaramay kasallanmaydi. Misol 
uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan 
kasallanmaydi, ya‘ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut 
immunitet bor. 
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologik 
omillar yoki tashqi muhitning ta‘sirida qo‗zg‗tuvchi mikroorganizm-
larning katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu qo‗zg‗tuvchi mikroor-
ganizmlarga organizmning qarshi turish qobiliyati yo‗qoladi. Masalan, 
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo‗zg‗tuvchi mikroorganizm-
larga chidamli. Lekin unga avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar 
yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish