K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
 


50
III BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA 
INVESTITSIYA MUHITI
 
3.1. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitning o‘rni
Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi 
bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat 
o‘zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo‘lmoqda. Doimiy olib borilayotgan 
investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy investorlar uchun har 
tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda. 
Investitsiya muhiti sarmoyani samarali qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar 
va rag‘batlarni shakllantiradi. Boshqacha qilib aytganda, qulay investitsiya 
muhiti yaratilishi korxonalar uchun daromadlar o‘sishi va xarajatlar hamda 
risklar kamayishini ta’minlaydi. Natijada qulay investitsiya muhiti yaratilishi 
tufayli mehnat unumdorligining o‘sishi, innovatsiyalarni tatbiq qilish, sifat va 
mahsulot raqobatbardoshligi, aholi bandligini ko‘tarish, turli darajadagi 
byudjetga soliq to‘lovlarini oshirish ta’minlanadi. Har tomonlama qulay 
investitsiya muhiti korxonalar faoliyat samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa 
investitsiyalashga xos bo‘lgan daromadlar va kapitalning o‘sishiga olib keladi. 
Investorlar iqtisodiy samara olish maqsadida amalga oshirmoqchi bo‘lgan 
investitsion faoliyatida bir nechta investitsion elementlar ishtirok etadi. Investor 
o‘z ixtiyoridagi investitsion resurslarini tadbirkorlik loyihasiga sarflashdan oldin 
asosiy diqqat-e’tiborini, asosan, ikkita investitsion elementga qaratishi lozim. 
Bular: investitsiya muhiti va investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillardir. 
Investitsiya muhitiga shunday ta’rif berish mumkin: 
“Investitsiya muhiti – 
ma’lum bir hududga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini oshirish 
uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yaratilgan shart-sharoitlar 
yig‘indisi”.
 
Har tomonlama qulay investitsiya muhiti biznes tuzilmalarning faoliyati 
samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa investitsiyalashga xos bo‘lgan daromadlar va 
kapitalning o‘shishiga olib keladi. 
Investitsiya muhiti investorlarning mamlakatga va davlatning iqtisodiyotiga 
nisbatan harakatlariga ishonchini oshiradi, uzoq muddatli investitsiyalashga yo‘l 
ochadi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida 
o‘zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib 
borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion 
siyosati, uning ustuvor yo‘nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion 
faolligiga bog‘liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, 
uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o‘tkazildi, investitsion 


51
faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi 
hamda hayotga tadbiq qilinmoqda. 
Xo‘jalik subyektlari darajasidagi investitsiya muhiti yaralishi investitsiya 
faolligini ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy omillardan biri sifatida tavsiflanadi. 
Investitsiya muhitining ushbu o‘ziga xos ahamiyatini hisobga olib, uning 
boshqaruvini tashkil etish zarur. Investitsiya siyosati investitsiya muhitiga
boshqarish omillar orqali ta’sir etishi investitsiyalash shartlarining sifatini 
yaxshilashga turtki bo‘ladi.
Qulay investitsiya muhiti shakllanishining asosiy iqtisodiy omillari 
iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlari va bozor institutlarining, eng avvalo, 
mustahkam xo‘jalik qonunchiligi, rivojlangan kredit-bank tizimi mavjudligi 
hisoblanadi.
Investitsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Investitsiya muhitini yaxshilashning 
asosiy yo‘nalishlari tahlili ko‘rsatishicha, ularning ko‘pi uzoq muddatli 
xarakterga ega ekan. Investitsiya qonunchiligini yaxshilash orqali investitsiya 
muhitining yanada jozibadorligini oshirish mumkin.
Mamlakatdagi 
investitsiya
muhitiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi 
(3.1.1-rasm). Omillar juda ham ko‘p va turlichadir. 
3.1.1-chizma.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish