K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kiritilgan xorijiy investitsiyalar va



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kiritilgan xorijiy investitsiyalar va 
kreditlar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
12
 
Ko‘rsatkichlar 
2011 
2012 
2013 
2014 
Jami 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
Shu jumladan, 
Sanoat 
42,5 
45,9 
46,2 
67,7 
Qishloq xo‘jaligi 
4,6 
2,9 
3,0 
2,3 
Transport 
24,1 
28,4 
33,0 
14,5 
Aloqa 
17,2 
10,9 
10,0 
8,7 
Komunal xo‘jaligi 
2,0 
4,2 
3,7 
3,9 
Sog‘liqni saqlash 
1,5 
1,5 
1,0 
0,9 
Ta’lim 
1,2 
0,3 
0,1 
0,3 
Boshqalar 
6,9 
5,9 
3,0 
1,7 
Tahlillar ko‘rsatishicha, respublika tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilishda qator muammolar mavjud: 

investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi — banklar, 
investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish 
12
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzilgan. 


44
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali 
yo‘lga qo‘yish; 

tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalarini oshirish, ularni investitsion 
faoliyatga jalb etish, tashkil etish bilan bog‘liq ishlar bajarilishining sekinligi; 

xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot bilan ta’minlash uchun 
har bir tarmoq o‘zining saytlarini yaratmaganligi; 

ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishdagi 
mavjud muammolar; 

xorijiy investitsiyalarni tarmoqdagi soliq siyosati bilan to‘laqonli 
ta’minlashni amalga oshirilmayotganligi; 

xomashyo sotib olishga aylanma mablag‘lar yetishmasligi; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning 
yetishmasligi; 

texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan 
mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh 
emasligi. 
Bu 
muammolarni 
hal 
qilish 
uchun 
korxonalarni 
moliyaviy 
sog‘lomlashtirish, soliq imtiyozlarini berish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona 
joylashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kerakli dasturlarni ishlab 
chiqish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni 
aniqlash zarur. 
Mustaqillikning ilk davrlarida biz uchun xorijiy investorlar juda zarur edi. 
Buning bir qator obyektiv sabablari sabablari bo‘lgan, albatta. 
Shu bois, aksariyat investitsiyalar hukumat kafolati ostida kelishini 
ta’minlab berish ustuvor ahamiyat kasb etar edi. Lekin xorijiy investorlarni 
doimo hukumat kafolati ostida kirib kelishining ham muayyan chegarasi va 
hajmi mavjud. Milliy iqtisodiyotda hukumat kafolati bilan kirib kelgan 
investitsiya loyihalari ko‘magida zarur chora-tadbirlar amalga oshirila 
boshlandi. Galdagi vazifa milliy iqtisodiyotga xorijlik sheriklarning o‘z 
xohishiga muvofiq kirib kelishi, shuningdek, investitsiyalarning to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ko‘rinishda bo‘lganiga ko‘proq e’tibor berilish zarurati tug‘ila boshladi. 
Xo‘sh to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning mazmuniga ega bo‘lish uchun 
investitsiyalar qanday ko‘rinishda bo‘lmog‘i darkor. Maxsus adabiyotlarni 
o‘rganish va tahlil qilish natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni quyidagi 
jihatlari bilan investitsiyalarning boshqa turlaridan keskin ajratish mumkin. 
Xususan: 
• to‘g‘ri (real) kapitalni shakllantiruvchi investitsiya turi uzoq muddatga 
mo‘ljallangan investitsiya bo‘lib, asosiy vositalarga sarflanadi va mamlakatdagi 


45
ishlab chiqarish apparatining yangilanish ko‘rsatkichlarini tezlashtirishga qulay 
imkoniyat tug‘diradi;
• xo‘jalik subyektlari muomalaga chiqargan oddiy aksiyalarning 10% dan 
ortiq qismini xarid qilgan investorlar ham to‘g‘ri investitsiyalar hajmining 
ko‘payishiga olib keluvchi iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyoti tajribasidan xorij kapitalini, xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish investitsiyalashda eng samarali vosita ekanligi 
ma’lum. Aynan chet el investitsiyalari mamlakatda iqtisodiy va texnologik 
yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni boshqa turdagi investitsiyalarga 
qaraganda, bir qator ustuvor jihatlari mavjudligini jahon bozorida samarali 
ishtirok etayotgan rivojlangan mamlakatlarning amaliy tajribasi namoyon qilgan 
va bu jarayon hamon davom etmoqda. Bizningcha milliy iqtisodiyotda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar rivoj topishiga bir qator sabablar mavjud, 
ularning asosiysi quyidagilar hisoblanadi:

mamlakatda yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri ishsizlik 
miqdorini kamaytirishga yaqindan ko‘mak beradi;

respublikada yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, yangi 
soliq to‘lovchi subyekt (yuridik va jismoniy shaxslar)lar qatlamining 
kengayishiga olib kelib, soliq yukini yanada pasaytirishga qulay imkoniyat 
tug‘diradi;

mamlakatda eksport va import o‘rtasidagi muvozanat eksportning 
yuksalishi va importning kamayishiga olib keladi. Bu valyuta zaxiralarini tejash 
bilan birga ularning hajmini oshirishga ijobiy turtki bo‘ladi;

milliy iqtisodiyotda hozir juda zarur bo‘lgan zamonaviy menejment usul 
va prinsiplarini o‘zlashtirish ortiqcha moliyaviy mablag‘lar sarf etmasdan 
amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va mavjud holatlarga tayanib xulosa 
qiladigan bo‘lsak, manzara unchalik yomon emas. Barcha ko‘rsatkichlar 
risoladagidek ketmoqda. Lekin mavjud ilmiy salohiyat, tabiiy resurslarga boy 
mintaqa va nisbatan arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlatda amaldagi holatni 
yanada jadallashtirish imkoniyatlarimavjud bo‘ladi. Buning uchun davlatimiz 
tomonidan belgilab berilayotgan yo‘nalishlarni hayotga izchil tadbiq etishimiz 
va davr talabiga mos ravishda ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishimiz lozim. 
Xulosa 
1.
Milliy investitsiya muhiti chet el investitsiyalari oqimi uchun qulay va 
maqbul bo‘lishi kerak. Buning uchun jami investitsiya risklari, xavfsizlik
daromadlilik, chet el investitsiyalari likvidligi, investitsiyalash maqsadlari 


46
inobatga olinishi zarur va bular asosida baholanishi shart. Bu borada qulay 
mahalliy sharoitlar, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlari, konsessiyalar 
tashkil etish, eksport sanoati rayonlari, bojxona bojlari amal qilmaydigan va 
erkin savdo zonalarini tashkil qilish va tijorat banklari kreditlarining qayta 
moliyalashtirish stavkalarini yanada tushirish, ular uchun imtiyozli kredit 
stavkalarini joriy etish maqsadga muvofiq. 
2.
Maqsadiga 
ko‘ra, 
xorijiy 
investitsiyalar 
bevosita 
va 
portfel 
investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – kapitalning to‘g‘ridan 
to‘g‘ri eksporti bo‘lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat 
qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi 
shoxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar, asosan, xususiy 
tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi. 
3.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol 
jalb etish uchun, nafaqat hududlar, balki tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya 
faoliyatining subyekti va obyektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini 
tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda chet el investitsiyasini iqtisodiyot 
sohalari bo‘yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va 
unda tarmoqlarni, asosan, uch guruhga, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish 
va ijtimoiy sohalarga bo‘lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga 
yo‘naltirib, so‘ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot 
rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga 
ham jalb etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy tartibga solinishi 
huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, 
unung faoliyat subyektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy 
yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. 
5.
Har bir region o‘zining hududida u yoki bu tarmoqning rivojlanish 
darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu omil erkin iqtisodiy zonalarning 
ma’lum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanishi strategiyasini ishlab 
chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish