Kadrlar tizimini rivojlantirishning bir necha turlari


KADRLAR INNOVATSIYALARINING TASHKILIY SHAKLLARI



Download 67,9 Kb.
bet3/7
Sana11.03.2022
Hajmi67,9 Kb.
#489866
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kadrlar tizimini rivojlantirishning bir necha turlari

2. KADRLAR INNOVATSIYALARINING TASHKILIY SHAKLLARI
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylanib, shu sifatda tashkiliylik va boshqaruvni talab qiladi. Bu sohani innovatsion kadrlar menejmenti deb ataymiz.
IKM – boshqaruv fani va unga mos o‘quv kurslari: innovatsiya menejmenti va personalni boshqarish sohalari o‘rtasidagi chegara soha bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni - SES (mamlakat, mintaqa, tashkilot) kadrlar qismini yangilash va rivojlantirish usullari va shakllarini inkor qiladi. IKM ob’ekti – tashkilotlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar kadrlari va kadrlar tizimlarining yangilanish va rivojlanish jarayonlari, innovatsiya xususiyatlari, ehtiyojlari va ko‘rsatkichlaridir. IKM sub’ekti - tashkilotlar va boshqa strukturalar: kadrlar va mehnat xizmatlarining innovatsiya qismlari (bo‘limlar, sektorlar, guruhlar, mutaxassislar) dir.
Tashkilotda IKM maqsadi – kadrlar tizimini tashkilotning joriy va istiqboldagi manfaatlari va maqsadlari, personal rivojlanishini zamonaviy qonuniyatlari, davlat, bozor va kasaba uyushmalari standartlari talablarini inson resurslari rivojlanish darajasiga mos ravishda samarali miqyosi va yangilanish sur’atlarini ta’minlashdan iborat.
IKMning vaqt jihatdan umumiyroq pozitsiyasidan, shuningdek iqtisodiyotga o‘tish, shu jumladan, inqirozli holatida kirib - chiqishda strategik va taktik maqsadlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Strategik maqsad – asta-sekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida mehnat va kasbiy-ta’lim bozorlarining innovatsiya salohiyatini, sifat jihatidan yangi, innovatsiya faol kadrlar salohiyatini shakllantirish uchun davlat, mintaqa, tashkilot doirasida kadrlarni innovatsiya boshqaruvining samarali, ko‘p darajali tizimini yaratishdan iborat. 
Taktik maqsad (inqiroz va barqarorlashuv davri) – antiinqiroz innovatsiya kadri tadbirlari, shu jumladan, kadrlarning kasbiy malaka tarkibini qayta qurish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, hamda asta-sekinlik bilan kadrlar ballastidan qutilish yo‘li bilan mamlakat, mintaqa, tashkilot kadrlar salohiyatining eng yaxshi (elita) innovatsiyali faol qismini saqlab qolishdan iborat.
IKM vazifalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin.
Boshqaruv ob’ekti sifatida kadrlar yangiliklarini amalga oshirish bo‘yicha IKM vazifalari. Bularga quyidagilar kiradi: inson resurslarini rivojlantirish, tashkilotning yangi kadrlar bo‘yicha muammolarini aniqlash va hal qilish (ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda) sohasida ilmiy-tahliliy ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish; KT samaradorligini baholashKT istiqbollari, kontseptsiyalari, innovatsiya kadri siyosati, rejalar, dastur va loyihalarini ishlab chiqish; KT moliyaviy resurs ta’minoti KTni tashkil qilish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish; KTni motivlashtirish. Personalni boshqarish yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha IKM vazifalari: personalning uzluksiz ta’limini tashkil etish (kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish); yangi ishlab chiqarishlar uchun kamyob, elita va novatorlik kasblari bo‘yicha kadrlarni qidirish va tanlash; innovatsiya tuzilmalar kadrlari mehnati, personalning innovatsiya sifatlarini attestatsiya qilish va baholash; ish joylari, mehnat va personalning rivojlanishi uchun lavozim rivojlanishi sxemalarini ishlab chiqish va lavozim yo‘riqnomalarini takomillashtirish; xizmat va kasbiy mansab darajalari bo‘yicha xizmatchilarni ko‘tarish va joyini o‘zgartirish, rahbar personal kadrlar zaxirasini shakllantirishni va u bilan ishlashni tashkil etish; elita va novator kadrlar bilan ishlash; yangiliklar kiritishda personalni motivlashtirish; kadrlar xizmatlari ishini tashkil qilishda yangiliklarni ishlab chiqish; mehnat hayoti standartlari va sifatini oshirishni ta’minlash. Innovatsion faollik va iqtisodiyotni global axborotlashuvi kompaniyalar va
korporatsiyalarning butun XX asr davomida shakllangan tashkil qilish tamoyillarini tubdan
o’zgartirib yubordilar. 1990 yillardagi markazlashtirilmaslik, ommalashtirmaslik va
sayentifikatsiyani kuchayishi tendentsiyalari dastavval kichik korxonalar, mehnat jamoalari
va jamiyat tashkilotlari darajasida hafsalani pir qildilar. Ushbu davrda ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalari xodimlarining muvofiqlashtirilgan .
Innovatsion faollik va iqtisodiyotni global axborotlashuvi kompaniyalar va korporatsiyalarning butun XX asr davomida shakllangan tashkil qilish tamoyillarini tubdan o’zgartirib yubordilar. 1990 yillardagi markazlashtirilmaslik, ommalashtirmaslik va sayentifikatsiyani kuchayishi tendentsiyalari dastavval kichik korxonalar, mehnat jamoalari va jamiyat tashkilotlari darajasida hafsalani pir qildilar. Ushbu davrda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari xodimlarining muvofiqlashtirilgan harakatlari asosiy rolni o’ynaganlar, iqtisodiy jarayonlarni – ilmiy izlanish bilan band bo’lgan kreativ shaxsni o’qitishdan tortib to yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni shakllantirish va virtual kompaniyalarni tashkil qilishgacha – ko’proq takomillashtirish ularning asosiy vazifasi bo’lib qolgan. Birinchi marta innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari o’zini – o’zi, boshqaruvchi ishlab chiqarish assotsiatsiyalarda paydo bo’lgan. Xuddi shu yerda kreativ (ijodiy) salohiyatdan ko’proq foydalanish va texnologik va sotsial taraqqiyotni jadallashtirishga imkoniyat bor. Yangi tashkiliy shakllarni o’ziga xosligi faol raqobatni sheriklik va shaxsiy ijodiyot bilan birlashtirish zarurligi bilan belgilanadi. Vaqtincha qisqa muddatli bitimlardan tortib yirik moliya – sanoat guruhlarigacha bo’lgan tadbirkorlik assotsiatsiyalari va firmalararo alyanslar (birlashmalar) bunday o’zaro hamkorlikning yangi tashkiliy shakllari bo’lganlar. Kuchli davlat ta’siriga ega bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda assotsiyatsiyalar uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini belgilashda muhim rolь o’ynaydilar. Bunday assotsiyatsiyalar ko’pincha kasaba uyushmalari va davlat bilan kelishuvlarga egalar, bu ularning muvaffaqiyatini belgilab beradi.
Bunday assotsiatsiyalarning ilmiy – texnik markazlari yangi texnologik tartibni shakllantirish bilan bog’liq asosan yangi innovatsion rivojlanishning muammolarini hal qiladilar. Sanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, o’zlashtirish va tarqatilishi jarayonlarida sohaviy assotsiatsiyalar alohida rolь o’ynaydilar, ular Yaponiyada tashqi savdo va sanoat vazirligi homiyligi ostida ko’proq tarqalganlar. Rossiyaning sohaviy assotsiatsiyalari ham ko’p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishlar, asbobsozlik, mashinasozlik va h.k. rivojlanishida katta rol o’ynaganlar.
Agar sanoat kompaniyalarining milliy assotsiatsiyalari deb ataluvchilar (masalan, AQSHda) mamlakatning ilmiy – texnik rivojlanishining milliy ko’rinishini belgilab bersalar, ko’pgina mintaqalarda sanoat firmalari sohaviy assotsiatsiyalarining asosiy vazifasi ilmiy – texnik va texnologik yangiliklarni tadbiq etish asosida korxona xo’jalik faoliyatini samaradorligini oshirishga ko’maklashishdir. Assotsiatsiyalarning bir qismi standartlashtirish va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadilar, xodimlarni ilmiy texnik rivojlanishning yangi yo’nalishlari bo’yicha o’qitish va qayta tayyorlash bilan shug’ullanadilar. Firmalar tadbirkorlik assotsiatsiyalari faoliyatining muhim maqsadlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ishlab chiqarishni g’oyatda jamlanishi va “tarkibiy yaxshi bo’lmagan” sohalarni modernizatsiyalashga yo’l qo’ymaslik Yaponiyadagi bir qator assotsiatsiyalarning xizmatidir. O’zining tarkibida muammoli – izlanish xarakteriga ega fundamental tadqiqotlar bo’yicha bo’linmalar, hamda tadbiq etish, tahliliy, iqtisodiy guruhlarga ega tadqiqot assotsiatsiyalari innovatsion davraning boshlang’ich bosqichini faollashtirishda muhim rolь o’ynaydilar. Tadqiqot assotsiatsiyalari akademik OO’Yu sektori va sanoat ishlab chiqarishi o’rtasidagi yaqindan o’zaro hamkorlikni o’rnatish uchun mo’ljallanganlar.
Tadqiqot assotsiatsiyalar yapon tajribasining tahlili innovatsiyalarni taqdim etish mexanizmidagi muhim xususiyat: kooperatsiya tamoyillarini birlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rejali tashkil qilish, yangi mahsulotni bozorga tadbiq etish bosqichida ishtirokchilar o’rtasidagi keskin raqobatga ega. bir markazdan innovatsiyalarni tadbiq etish va o’zlashtirishning murakkab ko’p bosqichli jarayonini muvofiqlashtirishni ajratadi.
Tadqiqot assotsiatsiyalarini kattaroq innovatsion va ijoriy salohiyatga ega firmalar va mustaqil bo’linmalar orasida tanlov bo’yicha shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot assotsiatsiyalarini takshil qilishning xuddi shunday shaklida raqobat va kooperatsiyalashishning birlashishiga asoslangan va 90 yillarning o’rtalarida rivojlanish olgan “manfaatdor guruhlar kontseptsiyasi”ning birinchi nihollari o’sib chiqa boshlaganlar. Assotsiatsiyalar iqtisodiyotdagi ziddiyatli boshlanishlarni chatishib ketishlar va o’zaro kirib borishlar uslublaridan foydalanishda katta tajriba to’plaganlar. Texnik takomillashish va texnologik yangilanishning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishda ular ko’pgina ishtirokchilarning birlashgan harakatlaridan foydalanish, ko’pgina ishtirokchilarning hamkorlikdagi harkatlarining muvofiqlashuvini amalga oshirish, bunda kattaroq daromad olish maqsadida firmaning bozordagi hulqi raqobatli undovchi sabablarini yo’qotmaslikni uddasidan chiqqanlar. Assotsiatsiyani rejali iqtisodiyot va bozor raqobat birligi g’alabasining yaqqol misoli ko’rinishida tasavvur qilish kerak emas. Bunday tashkilotlarning yuqori moslashuvchan va janjalsiz xarakteriga qaramasdan tovar ishlab chiqaruvchilarni yangiliklarni tadbiq etishga va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga undovchi usullar va sabablarning qat’iy ierarxiyasi ko’zga tashlanadi. Masalan, assotsiatsiyaning markazida, qoidagi ko’ra, yetkazib beruvchilar, subetkazib beruvchilar, pudratchilar va subpudratchilar shoxlanib ketgan tizimiga ega, ko’proq darajada bitta buyurtmachiga ishlovchi yirik firma turadi. Radikal yangiliklarni “syuzeren” (hokim) firmadagi ishlab chiqarishga faol tadbiq etishning boshqa u bilan bog’liq subpudratchiga to’ldiruvchi, birga bo’luvchi, qo’llab – quvvatlovchi yangiliklarni tadbiq etishdan boshqa chora qolmaydi. Ularsiz u nafaqat ushbu assotsiatsiya ichidagi sheriklik munosabatlardan darhol “tushib qoladi”, balki bozorda raqobat mag’lubiyatga uchraydi. Kooperatsiya va raqobatni bunday chatishib ketishi keyingi o’n yilliklarda strategik alьyanslar va koalitsiyalar doirasidagi firmalararo hamkorlikni tashkil qilishda paydo bo’lgan. Tadbirkorlik assotsiatsiyalari, strategik alьyanslar va koalitsiyalar iqtisodiyotidagi o’ziga ko’proq jalb qiluvchi “yumshoq” assotsiatsiyalanuvchi (birlashuvchi) “metatuzilma”dan iborat. Ular nafaqat hamkorlikdagi harakatlarni birlashtirishning eng arzon va samarali usuli sifatida ko’rib chiqiladi. “Yumshoq metatuzilmalar”ni tashkil qilishda ularni ishlab chiqarishdagi bazisli tamoyillar va fundamental g’oyalarni takomilashtirish va rivojlantirishga qaratish muhimdir. “Yumshoq guruhlar”ning raqobatlashuvi ishtirokchilari yangiliklarni har tomondan sinovdan o’tkazganday bo’ladilar, sheriklik harakatlari esa resurslarni muhim yo’nalishda jamlashga yordam beradilar.


Download 67,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish