Kafedrasi abdullayev utkir azimovich



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. 


 


O
ʻ
QUV MATERIALLARI 
MA’RUZA MATNLARI 
 
1-mavzu. “Monetar siyosat fanining predmeti va vazifalari. Monetar 
siyosatning nazariy asoslari” 
Reja 
1.Monetar siyosat fanining predmeti, ob’ekti, maksadi va vazifalari. 
2.Monetar siyosat fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. 
3.
 
Pul-kredit kontseptsiyalaridan foydalanish mexanizmining nazariy 
masalalari. 
4.J.M.Keynsning pul-kredit kontseptsiyasi. J.Keynsning pullarga bo’lgan 
talab xususidagi ilmiy-nazariy qarashlari. “Arzon pullar” nazariyasi.
5. Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi: mohiyati va yuzaga kelish shart-
sharoitlari. M.Fridmenning pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi xususidagi 
ilmiy-nazariy qarashlari.
6. Monetar siyosat borasidagi boshqa kontseptsiyalar. 
 
1.
 
Monetar siyosat fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari 
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy 
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va 
pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning 
chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan 
talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining 
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining 
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. 
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki taraqqiy etgan mamlakatlarda ham monetar 
siyosatning kontseptual asoslarini qayta ko’rib chiqish, uni amalga oshirish 
mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Global inqiroz avjiga chiqqan 2009 yilda dunyoning etakchi markaziy 
banklari bo’lgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) va Evropa Markaziy banki 
(EMB) monetar siyosatning strategik maqsadi bo’lgan inflyatsiyaga qarshi kurash 
siyosatidan vaqtinchalik voz kechib, nollik hisob stavkalariga asoslangan 
“miqdoriy engillashtirish” usulidan foydalanishga majbur bo’lishdi. Chunki, bu 
vaqtda iqtisodiyotni “retsessiya” holatidan chiqarishga ko’maklashish va milliy 
bank tizimining likvidliligini ta’minlash, de-fakto, monetar siyosatning strategik 
maqsadi darajasiga ko’tarilgan edi. 
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy 
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va 
pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning 
chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan 
talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining 


 


kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining 
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. 
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or xalqaro tajribada 
qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 
o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof 
etilgan
2
. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish buyicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar tug’risida”gi farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish 
va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan 
foydalanishni kengaytirish, tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini 
shakllantirishning bozor mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish, makroiqtisodiy 
tahlil va prognozlashni ilg’or xorij tajribasi asosida takomillashtirish, pul-kredit 
siyosatining shaffofligini oshirish kabi dolzarb vazifalarni qo’yilgan. 
Bu esa, o’z navbatida, “Monetar siyosat” fanini o’qitish sifatini yanada 
oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetar siyosat instrumentlaridan 
foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi, uning taktik maqsadlari o’rtasida 
qarama-qarshiliklarning mavjudligi, monetar siyosat indikatorlarini to’g’ri tanlash 
bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Bu esa, 
monetar siyosat masalasini tadqiq qilishga jiddiyroq yondashishni taqozo etadi. 
Monetar siyosatning asosiy masalalari – strategik va taktik maqsadlari, 
instrumentlari va indikatorlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Tahlil 
jarayonida asosiy e’tibor ilg’or xorij tajribasini tahlil qilish va umumlashtirishga 
qaratiladi. Buning sababi shundaki, AQSh FZT, EMB va Yaponiya Markaziy 
bankida, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida boy tajriba 
mavjud. Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatning zamonaviy 
holati ham tahlil qilinadi. 
Monetar siyosat” fanining maqsadi Magistratura bo’limi talabalariga monetar 
siyosatning nazariy, amaliy va uslubiy masalalari hamda o’ziga xos xususiyatlari 
bo’yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko’nikma berishdan iborat. Shuningdek, 
monetar siyosatni amalga oshirish va uning zamonaviy vositalaridan foydalanishda 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. 


 


xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish hamda O’zbekistonda 
monetar siyosatnining o’ziga xos jihatlari to’g’risida ko’nikmalar hosil qilishdan 
iborat. 
Fanning vazifasi quyidagilardan iborat: 
– monetar siyosatning kontseptsiyalari, zamonaviy modellari va ularning 
tendentsiyalari; 
– pul agregatlari, va pul massasi tarkibini hisoblash tartibi va pul 
multiplikatori harakati mexanizmi; 
– inflyatsiya darajasi, iste’mol narxlari indeksini aniqlash, pul-kreditni 
tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari; 
- jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida monetar siyosatning dolzarb 
muammolari va ularning tendentsiyalari; 
– monetar siyosatning iqtisodiyotni, pul massasi, bank tizimi likvidliligi va 
pul bozorini tartibga solish xususiyatlari; 
– monetar siyosat orqali foiz stavkalari, kapital bozori va to’lov balansini 
tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari; 
– monetar siyosat sohasida qarorlar qabul qilish tinglovchilarda chuqur bilim 
va ko’nikmalar hosil qilish. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish