«Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti» kafedrasi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/93
Sana10.02.2022
Hajmi0,75 Mb.
#440843
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
psixologiya

3.6. Ong haqida tushuncha.
Ob’ektiv borliq inson miyasida turli xil 
darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib, u faqat in-
songagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida 
boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo‘lishi natijasida 
shakllangan. Ong genetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit 
ta’siri ostida faoliyat va muloqat jarayonida shakllanadi. 
Ongning mohiyati to‘g‘ri tushunish uchun uning tuzilishini ko‘rib 
chiqish lozim. Ong quyidagi to‘rt muhim psixologik xarakteristika bilan 
aniqlanadi: 
Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, 
anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insoning o‘zining ichki dun-
yosiga oid bilimlar to‘plami, yig‘indisidan iboratdir. Agar inson tashqi 
olam va o‘zi ichki dunyosi haqida bilimlarni o‘zlashtirish va anglashdek 
muhim xususiyatdan mahrum bo‘lganda, unda hech qanday bilim va ong 
shakllanmagan bo‘lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi, asosini 
tashkil kiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat 
va h.k. yordamida o‘zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida 
tahlil qilinadi) yordamida o‘zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayon-
laridan birining buzilishi, kasallanishi (batamom ishdan chiqishi haqida 
gapirmasak ham bo‘ladi) ongning buzilishiga olib keladi. 
Ongning ikkinchi xarakteristikasi unda sub‘ekt va ob’ekt o‘rtasidagi 
farq o‘z ifodasini topadi. Boshqacha kilib aytganda inson o‘zini boshqalar-
dan va tashqi olamdan farqlaydi, unda «men» va «men emas» tushunchasi 
mavjud. Odam organik olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va 
o‘zini tashqi olam, tevarak-muhitga qarshi qo‘ydi. Bunday xususiyatning 
paydo bo‘lishining natijasi insonning o‘z-o‘zini bilishi va o‘zligini angla-
shida, o‘z-o‘zini baholashida aks etadi. Insongina o‘zining tashqi olamdan, 
predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligini va kamchiliklarini 
anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida 
rivojlanishining asosini tashkil kiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki 
millatning xalqning rivojlanishi ham uning o‘zligini anglash bilan bog‘liq. 
Ongning uchunchi xarakteristikasi – maqsad qo‘yish va maqsadga 
yo‘nalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadni aniqlash 
ongning funktsiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad 
qo‘yiladi. Faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qi-
linadi, harakatlarni bajarish yo‘llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga 
olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’lum sabablar ta’sirida 


26 
maqsad ko‘zlash yoki boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar 
ongning buzilishiga olib keladi. 
Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi – unda odamning ma’lum 
munosabatlari aks etishida. Inson o‘z atrofida bo‘layotgan voqealarga, 
ob’ektiv borliqqa o‘z faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda 
bo‘ladi. Bu munosabat uning his-tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi. His-
tuyg‘ular va munosabatlarning o‘zgarishi, noadekvatligi ongning buzilish-
idan darak beradi. 
Til, o‘zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko‘rsatilgan bar-
cha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi. 
Psixologiya fanida «ong» tushunchasi bilan bir qatorda «ongsizlik», 
«ong osti» tushunchalari ham o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik 
psixikaning quyi darajasi bo‘lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot be-
rilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. 
Ongsizlik sohasida quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu ho-
latidagi hodisalar (tush ko‘rish), ilgari ongli bajarilgan ammo ko‘p takror-
lanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undo-
vchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yu-
zaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik hodisalari jumlasiga 
kiradi: alahlash, gallyutsinatsiya va shu kabilar. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish