Kimyo fanidan mustaqil ishi



Download 1,46 Mb.
bet2/7
Sana09.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#439230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduxamidov Abduxoliq kimyo

Sovun va ularni turlari
Siz hayotingizni sovunsiz tasavvur qila olasizmi? Ehtimol qiyinchiliklar bilan, chunki insoniyat ko'plab asrlar davomida sovundan foydalanmoqda, shuning uchun bu gigiena vositasi bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Sovunning tarixi taxminan 6 ming yilni tashkil etadi, lekin u paydo bo'lishidan oldin ham odamlar o'z tanalarini turli usullar bilan tozalashga urinishgan, masalan, Xomer davridagi qadimgi yunonlar Nil daryosidan olib kelingan qum bilan tozalagan va qadimgi misrliklar suvda eritilgan asal mumi bilan yuvinganlar. Dastlabki vaqtlarda oddiy suvning o’zidan boshlab, kul va turli
o’simliklar va ularning urug’lari siqmasidan, kul va yoqlarni birga qaynatib
olingan suvli eritmalardan foydalanib kelishgan.O’tgan 18-asrdan esa inson
hizmatida yog’ moylarni ishqor bilan ishlov berib olingan sovunlar paydo bo’ldi. Hozirgi davirda esa qimmat baho oziqa bo’lgan yog’ moylarni iqtisod etish zarurati sovun va boshqa yuvuvchi vositalarni ozuqa mahsulotlari bo’lmagan boshqa manbalardan olish yo’llarini izlab topishga majbur qilishi natijasida olingan turli-tuman yuvuvchi bositalardan foydalanilmoqda. Sovun olish uchun zarur bo’lgan karbon kislotalarni parafin oksidlash orqali olinmoqda, yuqori spirtlarning sulfat kislotasi bilan murakkab efirlarni umumiy formulasi R-CH2-OSO2-ONa bo’lgan tuzlar asosida alkilsulfatli yangi yuvuvchi vositalar olinib amalda ishlatilmoqda.
Ularning kalsiyli va magniyli tuzlari ham suvda yaxshi erish xususiyatiga egaligi (odatdagi sovunlardan farqli ravishda) qattiq suvli sharoitda ham yuvish imkonini bsrmoqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan deyarli barcha yuvish kukunlar asosiy tarkibi qismi alkilsulfatlardan iborat. Sintetik yuvish vositalari yuz minglab tonna ozuqa xom ashyosini- o’simlik moylari va hayvon yog’larini tejash imkoniyatini yaratmoqda.Ko’p yuvuvchi vositalar ulardan foydalanish jarayonida parchalanmaydi va suv xavzalariga tushgach, uni atrof-muhitni ifloslanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun tabiatdagi mikroorganizmlar hayotiy faoliyat natijasida parchalanib ketuvchi yuvuvchi vositalr yaratish hozirgi kun kimyosi oldida turgan eng dolzarb masalardan hisoblanadi.
Yuqori molekulyar yog’ kislotalarining ishqoriy metallar ( Na va K ) ionlari bilan hosil qilgan tuzlari sovunlar deyiladi . Yaqin vaqtlargacha yog’lardan sovun olishda foydalanilar edi .Lekin hozirgi vaqtda yuvish vositalari asosan neftni qayta ishlash vositalaridan ishlab chiqariladi.
Yuvish vositalari asosan uch turga bo’linadi:
1. Qattiq sovun.
2. Suyuq sovun.
3. Sintetik yuvuvchi vositalar.
Suyuq sovun yuqori molekulali karbon kislotalarning natriyli tuzlaridir.
Bunday sintetik yuvish vositalarining afzalligi shundaki, ularning kalsiy
tuzlari suvda eriydi. Shuning ushun, oddiy sovundan farq qilib, ular yuvish ta’sirini qattiq suvda ham yo’qotmaydi. atriyli va kaliyli sovunlar suvda yaxshi eriydi va yaxshi ko’piradi. Bu kislotalarning magniy kalsiy, bariy, va boshqa metallar bilan hosil qilgan tuzlari suvda yomon eriydi; shu sababli kundalik turmushimizda ishlatiladigan sovunlar “qattiq suvda” ( tarkibida kalsiy va magniy birikmalari bor suvda ) ko’pirmaydi, chunki bunda alifatik kislotalarning kalsiyli va magniyli tuzlari hosil bo’ladi.
Sovunlar qattiq hamda suyuq holda bo’ladi. Yuqori kislotalarning (C 16 ─ C18 kislotalar ) natriyli tuzlari qattiq, kaliyli tuzlari esa suyuq bo’ladi. Suyuq sovun ko’pincha tibbiyotda ishlatiladi; uning rangi ko’k bo’lganligidan ko’pincha, ko’k sovun deyiladi. Qattiq sovun asosan uch xil yuqori molekulyar alifatik kislotalarning ( palmitin, stiarin va olein ) natriyli tuzlari aralashmasidir. Ma’lumki, kir kiyim - kechak va boshqa materiallarda har xil yog’lar bo’ladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza bo’lmaydi, chunki kir tarkibidagi yog’lar suvda ho’llanmaydi. Sovun bilan yuvilganda sovunning suvni tortadigan qismi kir tarkibidagi yog’larni ho’llaydi. Natijada materialdagi kir sovun eritmasi bilan emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi. Sovun gidrolizlanganda hosil bo’lgan ishqorlar kirdagi yog’larni emulsiyaga aylantiradi deyish ham mumkin Bunday tahminlar sovunning yuvish ta’sirini to’la-to’kis tushuntirib bera olmasa ham ana shunday tahminiy nazariyalarga asoslanib hoziri vaqtda ko’pgina sintetik yuvish vositalari sintez qilinmoqda. Bundan maqsad sovundagi ba’zi kamchiliklarni yo’qotish bo’lsa, ikkinchidan sovun olishda ishlatiladigan oziq-ovqat uchun muhim yog’larni tejashdir. Sovunlarning kamchiliklaridan asosiylari ularning qattiq suvda yaxshi erimasligi, kislotali eritmalarda (texnik maqsadlarda ishlatilganda ) parchalanishidir. Sintetik yuvuvchi moddalar tuzli va kislotali eritmalarda yaxshi eriydi. Agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq, quyuq hamda kukunsimon sovunlarga bo’linadi.
Ishlatilish maqsadiga ko’ra:
1. Xo’jalik sovunlari- kir sovun.
2. Atir sovun ga bo’linadi.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish