Kirish adabiyotlar taxlili


S.A. Abdurahmonov. Navoiy-2001. Navoiy Davlat konchilik institute. Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari



Download 4,48 Mb.
bet8/36
Sana11.01.2022
Hajmi4,48 Mb.
#352171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
tarkibida metall bo'lgan eritmalardan metallarni cho'ktirish usuli

S.A. Abdurahmonov. Navoiy-2001. Navoiy Davlat konchilik institute. Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari. [2]
1.3.Rux va nikel sulfat eritmalaridan shu metallarni sulfidlarini cho’ktirish.

Tatqiqot rangli metallar gidrometallurgiyasiga oyit bo’lib aynan rangli metallarning sulfatli eritmalaridan ularning sulfidlarini sellektiv cho’ktirish usulidir.

Bu usul 3-6 g/dm3 rux va 0,5-1 g/dm3 nikel tutgan eritmalarda sinab ko’rildi. Rux va nikelni cho’ktirilish darajasi mos ravishda 60-70 va 2-4% ni tashkil etadi. Shuning uchun optimal sharoitda o’tkazilgan jarayonda sulfidli konsentrad 47-57% rux va 0,2-0,5% nikelga ega bo’ladi. Ruxni cho’ktirishda jarayonning optimal sharoitida harorat 40-60   , natriy sulfidning stexiyometrik sarfi 200% atrofida, pH=5,2-5,6 , jarayon davomiyligi 60 minut.

Bu usulning kamchiligi shundaki uning qo’llanish sohasi chegaralangan, bu usul ruxning konsentratsiyasi nikelning konsentratsiyasidan yuqori bo’lgan eritmalar uchu yaraydi. Bu usulni Ni, Co ishlab chiqarishda foydalanishda kuzatildiki Ni va Co ning konsentratsiyasi ruxning konsentratsiyasidan yuqori bo’lgan sharoitda ruxga boy konsentratlar olinishiga olib keladi va bu mos ravishda ruxdan tozalash sarfini oshishiga sabab bo’ladi.

Bir yoki bir necha metallarning masalan Ni, Co va Cu ning sulfidlarini elementar oltingugurt yordamida ruxli birikmalarning suvli eritmasidan sellektiv cho’ktirish usuli ham ma’lum (патент US №5178842 Fuglaberg S.P Method for precipitating and separating metalls. //Int CI5- C22B 3/44// Опубликовано 12,01,1993) Bu usul sulfatlar shaklida metallar cho’ktiruvchi eritmalar uchundir. Bu usulni amalga oshirishda cho’ktirishdan avval eritmaga biron bir metallning sulfidi kiritiladi. Bu metall sulfidining miqdori cho’kmaga tushayotgan sulfid miqdoridan 3-5 baravar ko’p. Jarayon 130-170   haroratda pH 2 sharoitda olib boriladi. Agar eritmada Mn, Mg va Fe mavjud bo’lsa u holda bu metallar eritmada qoldiriladi.

Tatqiqod oldiga qo’yilgan maqsad minimal miqdorda ruxga ega bo’lgan sulfidli konsentradlar olishdir.

Bu usulning kamchiligi ko’p miqdorda cho’ktiruvchi sulfidli birikmalar zarur bo’lishidir, yani cho’kmadagi sulfid miqdoridan 3-5 marta ko’proq.

Tiosulfat bilan cho’ktirish. Oltingugurtli reagentlarni eritmaga kiritish va 130-170   ga qizdirish yo’li bilan Co,Cu va Ni ni ruxdan ularning sulfatli eritmalaridan cho’ktirish usuli bilan olish texnologiyasi yo’lga qo’yilgan. Oltingugurtli reagent sifatida stexyometrik sarfi 110-130% bo’lgan tiosulfat ishlatiladi. Bu modda Ni, Cu, va Co olish uchun shu moddalarning boshlang’ich eritmalariga qo’shiladi.

Reagent sifatida olingan modda natriy yoki kalsiy tiosulfat bo’lishi mumkin. pH qiymati 2 dan kam bo’lmagan sulfatli eritmaga yuqoridagi reagent neytralizator bilan birga, yoki undan keyin kiritiladi. Ca li tiosulfat ishlatilganda cho’kmani ajratish uchun filtirlash yoki flotatsiya usulidan foydalaniladi. Bu usul quydagicha olib boriladi. Rangli metallarning minimal miqdorda rux tutgan sulfidli konsentratlarini olish imkonyati tiosulfatli cho’ktirishda olingan sulfidlarning eruvchanligiga asoslanadi. Bu jarayonda nikel va kobilt disulfidlar shaklida olinadi NiS2 va CoS2. Rux va mis sulfidlar esa CuS, ZnS ko’rinishida. Tiosulfatli cho’ktirishda asosiy kimyoviy reaksiyalari.

4Ni2++7S2O32-+3H2O 4NiS2+6SO42-+6H+ (1.3.1)

H++S2O32- HSO3-+S0 (p-p) (1.3.4)

HSO3-  S(elem)+2SO42-+ H2O+H+ (1.3.5)

4S(elem)+ 4H2O 3H2S (p-p)+HSO4-+H+ (1.3.6)

Zn2++H2S ZnS+2H+ (1.3.7)

ZnS+2H+ Zn2++H2S (1.3.8)

Tiosulfat sarfi nikelni cho’ktirish uchun yetarli bo’lishi zarur. Amalyotda bu sarf stexiometrik qiymatdan bir necha barobar ortiq bo’ladi, (3) reaksiya bilan hisoblab topilgan, tiosulfatning bir qismi bilan bog’liq , cho’kmada nikel dsisulfid ajralishi yuz beradi. Yuqori darajada tiosulfat sarfi (4)- (7) reaksiyalar paytida bo’ladi va oqibatda nikel bilan birga ko’p miqdorda rux xam birga cho’kadi.

Nikel va rux hamda mis, kobalt va temir tutuvchi eritmalardan tiosulfatda cho’kma hosil qilishda asosiy reaksiyalar quydagilar:

Cu2++S2O32-+H2O  CuS+SO42-+2H+ (1.3.9)

4Co2++10S2O3 4CoS2+6SO4+3S(elem)+3SO2 (1.3.10)

4Fe2++10S2O3 4FeS2+6SO42-+3S(elem)+3SO2 (1.3.11)

Mis, nikel, kobalt va rux disulfid va sulfidlarning eruvchanligiga qarab, eritmalardan cho’kma hosil bo’lishi quydagi tartibda bo’ladi: mis sulfid, kobalt disulfid, nikeldisulfid. Nikel ajralishi 98-99% ni tashkil etganda mis va kobalt eritmadan to’liq cho’kmaga tushib bo’ladi. Shunday qilib, mis va kobalt disulfid nikelni cho’ktirishda zatravka vazifasini bajaradi.

Jarayonning kamchiliklari: Tiosulfatning sarfi cho’ktiriluvchi metallaning konsentratga ajralish darajasini 98-99% bo’lishini taminlaydigan bo’lishi kerak. Bu ulush 98% dan kamroq bo’lsa cho’ktiriladigan metall eritmada qolishi sabab yo’qotiladi, ajralish 99% dan yuqori bo’lsa cho’ktiruvchining oshiqcha sarfi va ruxning sulfidli konsentrad bilan cho’kishining oshib ketishi kuzatiladi.




Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish