Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbliligi


Voleybolchilarning jismoniy rivojlanishi



Download 370 Kb.
bet10/19
Sana13.06.2022
Hajmi370 Kb.
#665569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Рахимова С.МД (2)

1.4. Voleybolchilarning jismoniy rivojlanishi
Voleybolchilarning bo‘yi to‘garakka qabul qilishda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda bo‘yning katta ahamiyatga ega ekanligi nazarda tutiladi [13; 172].
MDH terma jamoasi o‘yinchilarining o‘rtacha bo‘y ko‘rsatkichlari 1949-1950 yillarda 181 sm (o‘g‘il bolalar) va 169 sm (qizlar) tashkil etgan bo‘lsa shu ko‘rsatkichlar 1976 yilga kelib o‘g‘il bolalarda 192 sm va qizlarda 176 smga ko‘tarilgan. Shuning uchun murabbiylar o‘z jamoalari bo‘y ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishiga harakat qiladilar. Chunki voleybolchilarning bo‘y ko‘rsatkichlari qanchalik katta bo‘lsa xujum qilish va xujum zarbiga to‘siq qo‘yish kuchayadi.
Voleybol olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgandan so‘ng bo‘y ko‘rsatkichlarining ahamiyati yanada oshdi. Masalan Yaponiya terma jamoasining o‘rtacha bo‘y ko‘rsatkichlari 1962 yildan 1972 yilgacha 10 smga o‘sib ohirgi yillarda dastlab 2-o‘rinlarni egalladi va so‘ngra olimpiada o‘yinlarining yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yosh voleybolchilarning jismoniy rivojlanishiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:

  1. Gavda uzunligi

  2. Gavda og‘irligi.

  3. Ko‘krak aylanasi.

  4. O‘pkaning tiriklik sig‘imi.

  5. Qo‘l kuchi.

Jismoniy rivojlanishni aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  1. Kishi bo‘yini o‘lchash uchun mahsus moslamadan foydalanish kerak. Bu mahsus moslamada murabbiy yoki shifokor yordami bilan sportchining tik turgan holatini o‘lchash mumkin.

  2. Yosh voleybolchilarning vaznini aniqlash uchun har xil tarozilardan foydalanish mumkin. Vaznni o‘lchash vaqtida sportchi tarozi ustida turishi lozim.

  3. Kishi ko‘krak aylanasini aniqlash uchun oddiy santimetrli tasmadan foydalanish mumkin.

  4. O‘spirinlarning o‘pka tiriklik sig‘imini mahsus asbobda spirometriya yordamida o‘lchanadi. Buning uchun yosh voleybolchi chuqur nafas olib, quruq spirometriyaga kuchli havo chiqarishi (puflash) kerak.

  5. Qo‘l kafti kuch ko‘rsatkichlarini dinomometriya orqali aniqlash mumkin. Sportchi tik turgan holatda o‘ng yoki chap qo‘lini yon tomonga qilib, dinomometrni kafti bilan siqishi kerak.

Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlar orqali voleybolchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash va baho berish mumkin.
Jismoniy tayyorgarlik.
Jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati shundan iboratki birinchidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik yosh voleybolchilarning o‘yin harakatlarini tez o‘zlashtirilishiga yordam berdi. Ikkinchidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi kuchli bo‘lgan yosh voleybolchilar har bir texnik va taktik harakatlarni yaxshi bajara oladilar. Masalan o‘yin 5 partiyaga cho‘zilib ketgan paytda qaysi bir jamoaning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi yaxshi, yuqori bo‘lgan bo‘lsa shu jamoaning o‘yinchilari texnik va taktik harakatlarni aniq bajaradilar. Bundan tashqari musobaqa nizomiga ko‘ra bir jamoa bir necha kun ketma- ket o‘z raqiblari bilan kuch sinashishlari kerak bo‘ladi. SHu sabali umumiy va maxsus mashqlarda yosh voleybolchilarda chaqqonlik va doimiy kurashga chidamlilikni tarbiyalashga e’tibor beriladi.


Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish