Kirish I bob chor bakr majmui ba undagi dahma, xaziralar tarixi



Download 2,27 Mb.
bet4/19
Sana28.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#712548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Hujjat (1)

Abu Bakr Tarxon (q.s.) muhaddis, faqih, buyuk avliyo, ulug‘ tarbiyachi bo‘lib, “Jome’ ul-Musnad” kitobining muallifidirlar. “Tuhfat az-zoirin” kitobida yozilishicha, Hazrat dinu diyonat yo‘lida buyuk xizmatlar qilganlar va 945 yilda vafot qilganlar.
Jo‘ybor xojalari nomi bilan mashhur bo‘lgan avliyolar Abu Bakr Sa’dning avlodi bo‘ladi. Shu avlodga mansub valiyulloh Hazrat Xoja Faxriddin Muhammad Islom (q.s.) 1493 yilda Buxoroda tug‘ilganlar. Ulug‘ avliyo, naqshbandiya tariqatining piri murshidi Xoja Muhammad Islom hazratlari ilk saboqni bobosidan oladi. Tariqat sabog‘ini Hazrat Xoja Ahmad Mahdumi A’zam Dahbediydan (1461-1542) olgan. Xoja Islomni Hazrat Ali (r.a.) ruhlari ham tarbiyat etgan, bu kishi “uvaysiy” hisoblanadi. Shayboniylardan Iskandarxon (1561- 1583) va uning o‘g‘li Abdullohxon (1583-1598) Xoja Islomni o‘z piri murshidlari deb bilgan. U zoti sharif Husayn Boyqaroning amirlaridan biri Muhammad Tuman mang‘it qiziga uylanadilar. Birinchi farzandlari o‘g‘il bo‘ladi.
Xoja Islom bir yumush bilan Miyonqolga, Iskandarxon huzuriga boradilar va xon o‘g‘li Abdullohxon dardga chalinganini eshitib, shunday deydilar: “ Agar u kishining hayoti xavf ostida bo‘lsa, biz o‘z farzandimizni u kishiga fido qildik.” Oqibatda hazratning farzandlari vafot etadi va Abdulloxon shifo topadi. Oradan bir yil o‘tgach, Xudo hazratga yana bir o‘g‘il ato qiladi. Uning otini Xoja Sa’d (Kalonxoja) deb qo‘yadilar. Xoja Islom Abdullohxonni o‘z tarbiyasiga olib, umrining oxirigacha unga farzandiday g‘amxo‘rlik qiladi. Abdullohxonning Xoja Islomga hurmat – e’tibori shu qadar baland ediki, hazrat o‘zi uchun man qilgan narsani albatta Abdullohxon uchun ham man qilardi. Buxoro, uning yorqin kelajagi uchun munosib shoh Abdullohxonni tarbiyalab, uni shuhrat egasi, tarixda “ Qutli qadam xon” qilib qo‘ygan ham Xoja Islom edi. Hazrat Xarbun (Jondor) hududidagi Somonchuq va Tali mahsi degan joylaridan katta yer maydoni sotib olib, u yerdan ariq qazdirib, suv tanqisligiga barham berdi va u yerlarni dehqonlarga bo‘lib berdi. Xoja Islom 68 yil barakali umr ko‘rdi. Vafot etadigan kunlari 12 kun oldin u kishiga ayon bo‘ldi. O‘g‘illari Kalonxojaga janozaxat yozdirib, bobolari Abu Bakr Sa’d qabrlari yoniga dafn etishni vasiyat qildilar. 1563 yil oktyabr oyining 25-kuni, juma tongida olamdan o‘tdilar. Hazrat vafotida shoh Abdullohxon uch kun motam libosini kiyib, boshqalarni ham shunga undaydi. “Abdullanoma” kitobining muallifi Hofiz Tanish Buxoriy ham janozaga qatnashib, hazratning vafotlariga atab marsiya o‘qidi. Xoja Islom o‘rniga Xoja Kalonxoja “qoyim maqom” deb e’lon qilinadi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish