Kirish ibob ijtimoiy psixologiyada treningga qo'yiladigan talablar



Download 338 Kb.
bet14/15
Sana29.01.2023
Hajmi338 Kb.
#905052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Treninglar o\'tkazish va ijtimoiy psixologiyaning trening vazifasi

Tushlarning psixodramatik taqdimoti. Bu texnikada tushlar, fantaziyalar, gallyutsinatsiyalar aks ettirilib, insonning ichki realligini anglash sohasi kengaytiriladi.
Bundan tashqari, psixodrammada yana ko‘pgina usullar qollaniladi. Biz yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan, amaliyotda ko‘p ishlatiladigan usullarni keltirib o‘tdik.

    1. Inqirozli bolalarda olib boriladigan psixokorreksion mashğulotlar majmui

Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to'g'rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bo'lishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning o'ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga o'tishdagi bir xillikni ko'rsatishda namoyon bo'ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto'g'ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya'ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba'zida bir tovushni me'yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg'ulotning o'zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizatsiyalash 1-1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining o'ziga xos tomonlari, o'z nutqi va to'g'ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo'qligi hisoblanadi.
Bu ko'rsatkichni G.A. Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko'pchilik bolalarda tovushni to'g'ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o'quv yili davomida amalga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi o'quv yili oxiriga borib to'g'rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi nutqda to'g'ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar.
Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni to'g'rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog'lash, qiyoslash, analiz va sintezning harakatlari bilan bog'lash lozim. To'g'ri talaffuzdagi buzilishlarni to'g'rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qo'llaniladi. Masalan, tovushni to'g'rilash bosqichida to'g'ri va noto'g'ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning o'zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq bo'lgan tovushlar bilan qiyoslanadi. Korreksiya (to'g'rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so'zlaming tovush tuzilishi qiyoslanadi.
Asosiy diqqat-e'tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya'ni aqli zaif bo'lgan bolalardagi talaffuz qilish buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi.
Talaffuzdagi buzilishlarning korreksiyasida diqqat-e'tibor so'zning tovush tarkibi haqidagi aniq tasavvurga ega bo'lishga, so'zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning ma'no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi.
Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga o'rgatish o'rtasida o'zaro uzviy aloqa amalga oshiriladi. Tovushni to'g'ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni o'zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni o'rganish esa tovushni nutqqa mustahkamlash uchun grafik tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bola harfni o'rganishdan avval, tovushni to'g'ri talaffuz qila bilishi, uni nutqda ajrata olishi kerak.
Aqli zaif o'quvchilarda talaffuz buzilishlarini to'g'rilash davrida ulardagi psixik jarayon kechishining o'ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-e'tiborni bir joyga yig'a olmaslik va boshqalar).
Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlaridan yana bin ishni yakka tartiblashtirish hisoblanadi. O'ziga xoslik rejalashtirishda ham o'z aksini topadi. Normal bola uchun qiyinchilik tug'dirmaydigan harqanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu o'ziga xoslikni talaffuzdagi kamchiliklarni to'g'rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor.
Yordamchi maktablarda talaffuz buzilishlarini bartaraf etishning dastlabki bosqichi uzoq davom etadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb etishi bilan xarakterlanadi. Umumiy nutqiy motorikani rivojlantirish, eshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi.
Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular o'yin ko'rinishidagi mashqlarda o'tkaziladi.
Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida, ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulator mashqlar kiritiladi.
Aqli zaif bolalarda artikulator motorikani rivojlantirish ikki yo'nalishda olib boriladi: harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulator harakatning kinestetik asoslarini rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish ko'zgusiz olib boriladi, o'quvchilar lablar holatini takrorlaydi, logopedning nutqiy yo'riqnomasi asosida til holatini passiv o'zgartirishini qaytaradi. Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga o'rgatiladi. ("qani kirn qichqirayapti?", "top-chi ovoz qayerdan kelayapti?" kabi o'yinlar). Shuningdek, o'quvchilarni so'zlar tartibini eslab qolishni, bo'g'inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga o'rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib ko'rsatishni o'rganadilar.
Aqli zaif bolalarda tovushni yo'lga qo'yish aralash usullarda amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovushlarini avtomatizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda so'zdagi tovushni ajratib ko'rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan uning o'rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish olib boriladi. Aqli zaif bolalar so'zdagi tovush o'rnini yaxshi belgilay olmaydilar, shuning uchun o'z vaqtida artikulator a'zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar. Ayniqsa, bu hol tovush so'z o'rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi.
Tovushlarni avtomatizatsiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida ishlash tavsiya etiladi. Bo'g'indagi urg'u, so'z urg'usi ustida bog'lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bo'ladi.
Bu bosqichning o'ziga xos tomoni darslarni rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi. Mashg'ulotlar aniq rejalashtiriladi, bu rejada nutqiy material topshiriqlarini asta-sekin murakkablashtirish maqsad qilib qo'yiladi. Masalan, bo'g'inlardagi S tovushni avtomatizatsiyalashtirishda mashg'ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf): ochiq bo'g'inlarda (tovush so'z boshida); teskari bo'g'inlarda as, os, us, is; yopiq bo'g'inlarda (tovush bo'g'in boshda) sol, sot, sak; yopiq bo'g'inda (tovush bo'g'in oxirida): los, kos, kas; undoshlar yonma-yon kelganda: ska, ost, osk.
Tovushlar differensiatsiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. O'rta maktablarda bu ishlar faqat og'zaki nutqda tovushlar o'rni almashgandagina olib boriladi. Yordamchi maktablarda esa bu qadar og'zaki nutqda tovush buzib talaffuz etilganda ham olib borilishi zarur. Bu yozma nutqda ko'plab harflar o'rnini almashtirishga olib keluvchi nutq tovushlarini nutqiy-eshitish differensiatsiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi.
Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yo'nalishda olib boriladi: 1) tovushlarni talaffuz qilish differensiatsiyasini aniqlash; 2) nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasini rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bo'lgan tovushlar ustida ishlash.
Aqli zaif o'quvchilarda nutqning grammatik qurilishini rivojlantirish jarayonida nutqiy nuqson strukturasini, semantik jihatdan yaqin bo'lgan shakllar differensiatsiyasining qiyinchiliklarini e'tiborga olish zarur.
Yordamchi maktablarda nutqning grammatik shakllanishi bo'yicha ontogenetik tamoyillardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Normal bolalar maktabgacha bo'lgan davrda o'rganadigan ko'pgina grammatik shakllarni, aqli zaif bolalar quyi sinflarda ham o'zlashtirmay qoladilar. Grammatik shakllar ustidagi ishlar konkretlilikdan obstraktlilikka (mavhumlilikka), semantik jihatdan sodda bo'lgan so'zlardan murakkab so'zlarga o'tish sifatidan amalga oshiriladi.
Kelishiklar ustida olib boriladigan logopedik ishlar: birlikdagi va ko'plikdagi bosh kelishikni, tushum qaratqich, jo'nalish, o'rin payt va chiqish kelishigining ko'plik shakli konstruksiyalarini differensiatsiyalash tavsiya etiladi.
Fe'lga oid so'zlarning o'zgarishi funksiyasining rivojlanishi, dastlab hozirgi zamonda keyinroq o'tgan zamonda (son, shaxs, o'zgarishlar) va nihoyat, zamon shakli jihatdan murakkabroq bo'lgan kelasi zamonda o'tkaziladi.
So'z yasalishini shakllantirish bo'yicha olib boriladigan ishlar, aqli zaif o'quvchilarda uzoq davom etadigan, qiyin kcchadigan jarayon hisoblanadi. Uni ot so'z turkumiga oid so'zlarning kichraytirish, erkalash shakllarini va boshqa ot yasovchi usullarni o'rganishdan boshlash lozim. Keyinchalik otlardan sifat yasalishi va qarindosh bo'lgan so'zlarni o'rganish bo'yicha ishlar olib boriladi.
Gap qurilishini shakllantirishda asosiy e'tibor nutqiy bayon qilishni o'z ichiga olgan semantik munosabatlarni o'rganishga qaratiladi. Dastlab gap oddiy munosabatlar hisobiga kengayadi (qiz gul uzyapti), keyin lokativ (bolalar maktabga ketyapti), keyinchalik esa - atributiv (bu onamning sumkasi, onam qizil sumka olib yuradi).
Gap bo'yicha olib boriladigan quyidagi ishlar tartibi tavsiya etiladi: avvalo sodda yig'iq, sodda yoyiq va nihoyat qo'shma gaplar. Mustaqil nutq ustida olib boriladigan ishlar, dastlab dialogik material, situativ nutq, keyinroq esa - monologik nutq ustida olib boriladi.
Mustaqil nutqni rivojlantirish jarayonida asosiy e'tibor bog'lanishni bayon qilishni rejalashtirishga qaratiladi. Mustaqil nutqni grammatik jihozlash ustida ham ish olib borish zarur. Mustaqil matn ustida ish olib boriladigan ishlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: qisqa illustratsiyali matnni qayta so'zlash, ko'rgazmalikka tayangan holda uzun matnni qayta so'zlab berish, sujetli rasmlarturkumi asosida qisqa himoyalash va berilgan mavzu asosida mustaqil so'zlash. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirish analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish va ayniqsa, ichki rejalashtirishni qayta ishlash bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak.
Mustaqil bayon qilishning har bir harakat (operatsiyasi) dastlab mustaqil oddiy topshiriqlar asosida shakllanadi va asta-sekin bog'lanishli matn bunyod bo'lishida bir butun jarayonga aylanadi.
Yozma nutq buzilishlarining o'ziga xosligi va aqli zaif o'quvchilarda ularni me'yorga keltirish
Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonini egallash sekinlik bilan boradi va ma'lum o'ziga xos qiyinchiliklar bilan xarakterlanadi (M.F. Gnezdilov, V.G. Petrova). Normadagi singari o'qishni egallash jarayonida aqli zaif bolalar o'sha bosqichlardan o'tadilar. Lekin G.Ya.Troshinning ma'lumotlariga ko'ra bu bolalar o'qish pog'onalarini normal o'quvchilarga qaraganda 3 marta uzoqroq vaqt ichida egallaydilar. Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonining har bir bosqichi ma'lum bir qiyinchiliklari bilan xarakterlanadi. Xususan, o'rganilgan harf aqli zaif 1-sinf o'quvchisi uchun baribir qiyinchiliklar tug'diraveradi. Bu uning fonematik idrokining rivojlanmaganligi, ko'rish analizi va sintezining shakllanmaganligi bilan bog'liq.
Aqli zaif bolalar uchun tovushlarni bo'g'in holiga keltirish juda murakkab masala bo'lib hisoblanadi. Fonematik analiz vazifasi aqli zaif o'quvchilar ongida katta qiyinchiliklar bilan shakllanadi, ular uchun bo'g'in haqidagi umumiylashgan tasavvur ham murakkab hisoblanadi.
So'zlarni o'qish jarayonida, idrok qilishning differensiyalashmaganligi oqibatida aqli zaif bolalar uchun so'zlardagi asosiy "hal qiluvchi" harflar yo'q demak. Aqli zaif bolalarda tovush-bo'g'inni sintez qilish qobiliyati ko'pincha past bo'ladi, o'qilgan so'zni tushunish va tanib qolish sekinlashadi.
Matn va gaplarni o'qish bundan ham ko'proq qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonida mazmunga tushunib yetish qanday rol o'ynaydi, degan savol bo'yicha turli fikrlar mavjud. Masalan, G.Ya. Troshin, aqli zaif bolalarda normal bolalarga qaraganda so'zlarni tahminiy o'qish ko'proq kuzatiladi, deb e'tirof etadi. M.F. Gnezdilovning fikricha esa aqli zaif bolalarda o'qish jarayonida tushinib yetish juda zaif namoyon bo'ladi.
Ikkala muallif ham normadagiga nisbatan, o'qish jarayonida yo'l qo'yiladigan xatolar ko'pligini e'tirof etadilar.
1-2-sinf o'quvchilarining aqli zaif o'quvchilari orasida ko'pchilik bolalar, o'qish jarayonida takrorlanaveradigan xatolarga moyilligi kuzatiladi. R.I. Lalayeva, K. Averino-Jakke ma'lumotlariga ko'ra, aqli zaif 1-sinf o'quvchilarining 65-70% ida disleksiya aniqlanadi.
Aqli zaif o'quvchilardagi disleksiya simptomatikasi o'zining turli ko'rinishlari bilan, o'qishdagi xatolar turg'unligi bilan xarakterlanadi. Bu bolalarda o'qishdagi xatolarni quyidagi ko'rinishlarda keltirish mumkin: 1)harflarni o'zlashtirmaslik; 2)harflab o'qish; 3)so'zning tovush va bo'g'in strukturasini buzish; 4)o'qilganni tushunishdagi buzilishlar; 5)o'qish jarayonidagi agrammatizmlar (grammatik savodsizlik).
Aqli zaif bolalarda harflarni o'zlashtira olmaslik turli darajada namoyon bo'ladi: bir necha harflardan 20-25 harfgacha o'zlashtira olmaslik aniqlanadi. Keyingi holatda faqatgina unli tovushlarni anglatuvchi (a,o,o`) va cho'ziq undoshlar (sh,s,x) o'zlashtiriladi.
Ba'zi bir hollarda harflar umuman aytib berila olinmaydi, yana ba'zi birlarida esa boshqalari bilan almashtiriladi. Ko'proq almashtiriladiganlari quyidagilar: d-l, x-k, j-z, g-t, g-x, j-sh, d-t, r-l.
Almashtirilib yuboriladigan g-k, j-z, d-t, r-l kabi tovushlarni fonetik jihatdan o'xshash bo'lganliklari bilan tushuntirish mumkin. G-t, t-g, k-l kabi almashtirishlarni esa grafik belgilariga ko'ra o'xshash bo'lganliklari bilan tushuntirish mumkin. D-l, h-k larning almashtirilishi sabab bo'lib, bir necha belgilarning o'xshashligi hisoblanadi. D va L harflari nafaqat grafik jihatdan, balki, artikulatsiyasiga ko'ra ham o'xshash tovushlardir. Grafik jihatdan o'xshash bo'lgan X va К tovushlari o'zining ohangi va grafik artikulatsiyasi bilan o'xshashdir.
Yordamchi maktablarning 1-sinflarida o'qishdagi buzilishlar bilan 51%, 2-sinfda esa 6,6% o'quvchi aniqlanadi.
Harflab o'qishning turli variantlari aniqlanadi. Ba'zi bir hollarda bolalar bo'g'inlab o'qiy olmaydi va harflarni birma-bir aytadi. Bolalarning bir qismi harflab o'qilgan matn va gaplarning mazmunini tushunib yetadi, boshqalarida esa harflab o'qilganni tushunmasligi aniqlanadi.
1-sinf o'quvchilari orasida o'qishdagi buzilishlarga ega bo'lgan o'quvchilarning 49% ida harflab o'qish kuzatiladi, 2-sinfda esa 26% bolalarda harflab o'qish aniqlanadi. Shuningdek, xarakteriga ko'ra turli bo'lgan tovush-bo'g'in strukturasidagi ko'plab buzilishlar aniqlanadi.
1-sinfda so'zlarni buzib o'qish 38% o'quvchida, 2-sinfda 10% o'quvchida aniqlandi.
Yordamchi maktablarning quyi sinflarida matnlarni tez va ravon (so'zlarni -butunligicha yoki bo'g'inlarga bo'lib) o'qiydigan o'quvchilar bor, lekin ular o'qilganni yaxshi tushunmaydilar, so'zlarni to'g'ri o'qigach, shunga taalluqli rasmlar bilan solishtira olmaydilar. Matnni o'qigach esa berilgan savollarga javob berishda qiynaladilar.
Matndagi gaplarni, so'zlarni tushunishdagi qiyinchiliklar o'qishdagi buzilishga ega bo'lgan birinchi sinf bolalarining 17%ida aniqlanadi. Disleksiyasi bo'lgan 2-sinfdagi 60% bolalar o'qilganning mazmunini tushunishga qiynaladilar. 2-sinfda o'qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar miqdori keskin ortadi, chunki ko'pchilik bolalar, o'qishning 2-yilida matnni o'qishga go'yo "texnik jihatdan" tayyorlangan bo'ladi. Bolalar umumiy sonining ortishi bilan birga, o'qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar bilan qiynalayotgan bolalar soni ham ortadi.
O'qishning sintetik usullari bosqichida, ayniqsa, yordamchi maktablarning 3-sinfidan boshlab, aqli zaif o'quvchilarda agramatizmlar kuzatila boshlaydi. Ular so'zlar morfologik strukturasining buzilishida, qo'shimchalarda va shu qo'shimchalarni o'qish jarayonidagi tushunib yetishda namoyon bo'ladi.
Aqli zaif o'quvchilarda diskleksiyaning turli ko'rinishlari - optik, fonematik, semantik, agramatik ko'rinishlari Ifuzatiladi.

ХULOSA
Keyingi yillarda maxsus ta’lim yo’nalishida tub islohotlar olib borilmoqda. Buni jamiyatimiz tomonidan nogiron, aqlan, jismonan zaif, ko’zi ojiz, kar-saqov bolalarga nisbatan berilayotgan moddiy-ma’naviy imkoniyatlarda ko’rish mumkin.
Tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni ijtimoiy muhofazalash O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida asoslab berildi. Qonunning V bo’limi «Tarbiya va ta’limning alohida shart-sharoitiga muhtoj bolalar hamda o’smirlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish» deb nomlanib, unda jismoniy yoki ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun maxsus ta’lim muassasalari barpo etilishi ta’kidlanadi.
Yuqorida rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nuqsonlarini har tomonlama bartaraf etish ishlari nutq tarbiyasidan boshlanishi bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilab bergan edi.
Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ish muammosi nazariy-metodologik asosga ega; ularni nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning psixologik, pedagogik asoslari aniqlanildi; ularga logopedik ta`sir ko`rsatishning samarali yo’llari, qulay shart-sharoitlari yaratildi; maxsus muassasalar defektolog o’qituvchilari uchun ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi oshdi.
Maxsus ta`lim muassasalar tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy moslashishga yordam bеruvchi muhim shartlardan biri-ularda muomala, munosabatni bilishni; o’z fikrini bir-biri bog`lab ravon va mantiqan ifodalashini; savollar, iltimoslar, yordam bеrishni taklif qilishni; javoblarni diqqat bilan eshitishni; javoblarga tashakkur aytishni; nutqiy axloq-odob qoidalaridan foydalanish; suhbatlanishida navbatlashish tartibini saqlashni shakllantirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalarni tarbiyalashda uning nutqiy tarbiyasi, ulardagi mavjud nutq nuqsonlarni bartaraf etish korreksion ta`limning asosiy diqqat markazida bo`lish bilan birga, boshqa korreksion yo`nalishdagi ishlarning barchasi bilan aloqadorlikda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish