Kirish. Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan urni va vazifalari



Download 442,46 Kb.
bet6/17
Sana23.06.2022
Hajmi442,46 Kb.
#697391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
zilol m.opa

1- rasm. Bir yolli qobiq trubali isitkichlar:
1- qobiq; 2- truba to’rlari; 3 - trubalar; 4- qopqoq; 5,6 - issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtusterlar; 7- bolt; 8- qistirma.

2 - rasm. Kop yolli qobiq trubali isitkichlar: a) ikki yo’lli; b) to’rt yo’lli.
I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - qopqoq; 2- ko’ndalang to’siqlar.
qobiq o’rtasidagi temperaturalar farqi katta bo’lmaganda ( 50 S gacha) ishlatiladi.
Temperaturalar farqi 50 S dan katta bo’lganda trubalar va qobiqning ҳar xil uzayishini kompensastiyalash maqsadida linzali kompensatorli (3 - rasm, a) va U - simon trubali (3 rasm, b) qobiq trubali isitkichlar ishlatiladi.
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o’rtasidagi bosim 6105 н/ м2 gacha bo’lganda ishlatiladi.

1.4.2. Rektifikastion kolonnalarning tuzilishi


Davriy ishlaydigan rektifikastion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikastion qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma ҳaydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash temperaturasigacha isitiladi. Ҳosil bo’lgan buғlar rektifikastion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o’tadi. Buғ kolonna buylab ko’tarilgan sari engil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab ҳarakat qiladi. Suyuq faza pastga ҳarakat qilishida o’z tarkibidagi engil uchuvchan komponentni buғ fazasiga beradi. Buғ va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida buғ fazasi yuqoriga ҳarakat qilgani sari engil uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon ҳarakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
Kolonnaning yuqorigi qismidan buғlar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki qisman kondensastiyaga uchraydi. Buғlar to’la kondensastiyalanganda ҳosil bo’lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi maҳsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so’ng, yiғish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va stikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi(6-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion qurilmalar. Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Qurilmaning asosiy qurilmai rektifikastion kolonnadir. Kolonna stilindrsimon shaklda bo’lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo’ladi.
Dastlabki aralashma isitgichda qaynash temperaturasigacha isitiladi, so’ngra kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga yuboriladi.
Ta’minlovchi tarelka qurilmani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) bo’ladi. Yuqorigi kolonnada buғning tarkibi engil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, natijada tarkibi toza engil uchuvchan komponentga yaqin bo’lgan buғlar diflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda engil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatgichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan toza ҳoldagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin bo’lishi kerak.
Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi buғ tarkibini oshiruvchi qism yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan engil uchuvchan komponentni maksimal daraja ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb ataladi.
Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab buғlar ҳarakat qiladi, bu buғlar kolonnaning pastki qismiga qaynatgich (issiqlik almashinish qurilmai) orqali o’tadi. Qaynatgich odatda kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo’ladi. Bu issiqlik almashinish qurilmai buғning yuqoriga yo’nalgan oqimi ҳosil qilinadi. Kolonnaning teppasidan pastga qarab suyuqlik ҳarakat qiladi. Buғlar deflegmatorda kondensastiyaga uchraydi. Diflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Ҳosil bo’lgan suyuqlik ajratgichda ikki qismga ajraladi. Birinchi qism flegma kolonnaning yuqori tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yo’nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism – distillyat sovitilgandan so’ng yiғgichga yuboriladi.
Deflegmatorda buғlar to’la yoki qisman kondensastiyaga uchraydi. Birinchi ҳolda kondensat ikkiga bo’linadi. Birinchi - qism flegma qurilmaga qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat) yoki yuqori maҳsulot sovutgichda sovitilgandan so’ng, yiғish idishiga yuboriladi. Ikkinchi ҳolda esa deflegmatorda kondensastiyaga uchramagan buғlar sovitgichda kondensastiyalanadi va sovitiladi: bu ҳolda ushbu issiqlik almashinish qurilmai distillyat uchun kondensator – sovutgich vazifasini bajaradi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ҳam ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism qaynatgichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki maҳsulot) esa sovitgichda sovitilgandan so’ng yiғish idishiga tushadi.
Rektifikastion qurilmalar odatda nazorat-o’lchash va boshqaruvchi asboblar bilan jiҳozlangan bo’ladi. Bu asboblar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonsni optimal rejimlarda olib borish imkoni tuғiladi.
Rektifikastion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) poғonali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. Rektifikastion kalonnalarni ҳisoblash ҳam bir ҳar tipdagi absorbstion qurilmalarni ҳisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastgi kolonna aloҳida ҳisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikastion kalonnalar (absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, ҳaydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof muҳitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun rektifikastion kalonnalar issiqlik izolyastiyasi bilan qoplanadi.

Download 442,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish