Kirish Qurilish mexanikasi va qurilish konstruksiyalari



Download 184,2 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2022
Hajmi184,2 Kb.
#577443
  1   2   3   4
Bog'liq
Kirish


Kirish


Qurilish mexanikasi va qurilish konstruksiyalari deganda, bino va inshootlarda alohida olingan vazifani bajarishga mo‘ljallangan, bir-biri bilan uzaro boglangan, bir yoki bir necha materiallardan tayyorlangan elementlar yoki detallar majmuasi tushuniladi.
Qurilish konstruksiyalari tayyorlangan materialiga ko’ra metall, beton va temir-beton, tosh, yogoch va plasstmassa konstruksiyalarga bo’linadi.
Metall konstruksiyalar materialining yuqori mustahkamlikka egaligi va nisbatan yengil bo‘lganligi uchun sanoat va grajdan qurilishida yuk ko‘taruvchi yoki to‘suvchi konstruksiya sifatida keng qo‘llaniladi. Metall konstruksiyalardan bino va inshootlarni loyihalashda ularning narxini qimmatligi va metallni korroziyadan saqlovchi qo‘shimcha tadbirlar qilish lozimligi hamda yong‘inga bardoshligi pastligini hisobga olish lozim.
Tosh va yog‘och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchalik insonlar xom g‘isht, pishiq g‘isht va beton tayyorlashni o‘rgandilar.
Temir betonning ixtirosi tarixi 1850 yilga to‘g‘ri keladi. Bunda fransuz Lambo temir-betondan qayiq yasagan. Temir-betondan tayyorlangan maxsulotga patent 1867-1870 yillarda fransuz J.Mone tomonidan olingan. 1892 yilda esa fransuz muxandisi F.Gennibik monolit temir-beton qoburg‘ali orayopma va shunga o‘xshash bir qator konstruksiyalarni taklif qilgan.
1911 yilda Rossiyada birinchi bo‘lib temir-beton inshootlarni texnik shartlari va loyixalash me'rlari chop etilgan.
Temir-beton va beton konstruksiyalar mustaxkamligi yukori, uzok yashovchan va yonginga chidamli, uning yordamida xar-xil kurinishda va ulchamda konstruksiyalar tayyorlash kulaydir. Zamonaviy kurilish konstruksiyalaridan biri bo‘lgan temir-beton konstruksiyalar uchun nisbatan arzon xom-ashyolar ishlatiladi. Bunday konstruksiyalarni koliplarda tayyorlab, sungra beton ma'lum mustaxkamlikka ega bo‘lgandan sung undan olinadi. Shuning uchun xam temir-beton konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlash kulay xisoblanadi.
Yog‘och konstruksiyalar asosan yog‘ochdan tayyorlanib, ular yengil va issiqni sekin yo‘qotadi, lekin u yong‘inga chidamsiz va nam muhitda chirib ketadi. Shuning uchun xam yog‘och konstruksiyalar industrial qurilishda qo‘llanishi chegaralangan. Ularni asosan qishloq qurilishida bir qavatli binolar qurishda va binoning o‘rovchi qismlarida (deraza, eshik, pardevor va boshq.) qo‘llaniladi. Keyingi paytda yelimlangan yog‘och konstruksiyalar qo‘llanilmokda. Ular yordamida yopma yuk ko‘taruvchi (balka, ferma, arka) elementlari tayyorlanmokda.
Uzoq yashovchanlik - bu konstruksiyani xizmat qilish vaqti bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z ekspluatatsiya sifati, mustahkamligi va ustivorligini yuqotmaydi. Uzoq yashovchanlik bo‘yicha konstruksiyalar 3 toifaga bo‘linadi: birinchi- xizmat vaqti kamida 100 yil, ikkinchi-50 yil, uchunchi-20 yil. Konstruksiyani uzoq yashovchanligi bo‘yicha toifasi binoning kapitallik bo‘yicha guruhiga mos keladi.
Orayopmalar barcha turdagi binolar kabi turar joy binolarida xam asosiy konstruksiyalardan biri sanaladi va ularga mustaxkamlik . issiklik saklash, tovush o’tkazumovchanlik na olovga bardoshlilik talablari kuyiladi va binolarda bajariladigan funksional va tsxnologik jarayonlardan kelib chikib suv utkazmovchanlik (san uzel, kir yuvish, xamom xonalari va x.k.) , yonishga karshilik (yongin xavfi bor xonalarda), xavo utkazmaslik ( pastki kavatlarda isitish uskunalari, laboratoriyalar va boshkalar joylashtirilganda) talablari xam kuyiladi.
Orayopmalar binolarda joylashiga karab yertula usti, kavatlararo va chordok: orayopmalari turlariga ajratiladi.
Orayopmalar binolarni loyixalashda ishlatiladigan maxsulotiga temirbeton yoki metall konstruksiyali, konstruktiv yechimlariga karab tusinsiz yoki tekis (plitali) tarzda loyixalanadi karab yogoch, tusinli, yogoch konstruksiyali orayopmalaridan asosan kam kavatli va katta prolyotlarga ega bulmagan binolarni loyixalashda foylalaniladi.
Yogoch konstruksiyali orayopmalar asosiy element bulgan tusin, yukorigi kavatning poli va pastki kavatning shiftini tashkil etuvchi bezaklash elementidan tashkil topadi. Tusinlarni kvadrat yoki tugri burchakli kesimlarda 130, 150, 180 va 200 mm. balandlikda va 75, 100 mm. kalinlikda tayyorlanadi.
Konstruktiv sxemasiga karab ular ikki tamani bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tueinlarga urnatiladigan, uch tomoni bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tusinlarga urnatiladigan. turt tomoni bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tueinlarga urnatiladigan va turt burchagi bilan yuk kutaruvchi devorlar yoki tueinlarga urnatiladigan xolatda loyixalanishi mumkin.
Xar kanday xolatda xam ular yuk kutaruv devorlari va tusinlarga maxeus ankerlar yoki maxkamlash ,ietallari orkali bilan bikr maxkamlanib, yuk kutaruv devorlariga urnatilishi 120mm .dan. blok va paneli devorlarga urnatilishi esa 100 mm.dan kam bulmasligi lozim. Plitalar orasidagi choklar sement kumli korishma bilan tuldiriladi. Orayopma panellari unifikatsiyalangan ulchamlarga mos ravishda uzunlpgi 2,4 m.dan 12 m.gacha va balandligi uzunligi 9 m.gacha bulgan panellar uchun 220 mm., uzunlip 12 metr bulgan panellar uchun 300 mm. balandlikda tayyorlanadi.
Binolarni loyixalash va qurilish ishlarida osma shiftlarni loyixalash mumkin bo‘lgan xollarda qovurgali plitalardan xam foidalaniladi. Ushbu plitalar 6,9 va 12 m. uzunlikda tayyorlanib, balandligi mos ravishda 300 va 450 mm. balandlikda tayyorlanadi. Osma shift va plita orasidagi bo‘shliq maydondan asosiy xollarda isitish, yoritish, shamollatish va elektr kurilmalarini joylashtiriladi.
Xamma turdagi orayopma panellari oldindan kyrshantirilgan armaturalash usuli orkali tayyorlanadi.
Mazkur ishda tusinining sinfini shikaslanishlarni xisobga olib aniklash masalalari kuriladi
Kurs ishiga topshiriklarni tuzish uchun boshlangich ma'lumotlar keltiriladi.
Yopma panellari ko‘ndalang rigellarga o‘rtadagirigellar ustunlarga chetki rigellarning bir uchi ustungaikkinchi uchi devorga tayanadi. Hisoblash tarxi uch oraliqli uzluksiz balka kurinishida qabul qilinadi. Gorizontal yuklarni qavatlararo yopmalar qabul qilib, yuk ko‘taruvchi devorlarga uzatiladi. Vertikal yuklarni karkas elementlari qabul qilinadi.



Download 184,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish