Kodirova nargizaning



Download 47,79 Kb.
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi47,79 Kb.
#242061
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
304 guruh talabasi Maxmudova Mohinurning Bollalar nutqini o'stirish (2)

Kurs ishining obyekti:

Sho’rchi tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 3-MTT.



Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limda girammatik shakilarni rivojlantirish.

Kurs ishining metodologik asosi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Grammatik shakillarni rivojlantiruvchi turli metodlar va mashqlar

Kurs ishining metodlari:

-Klaster metodi.



Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I-bob. Grammatik ko’nikmalarini shakillantirish usullari va yo’llari

1.1.Grammatika haqida tushuncha.

Grammatika  (yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, G.da soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida Grammatik shakl deganda, maʼlum Grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.

Grammatik birliklarni Grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi . Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.O’rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini shakllantirish metodlari va usullari: ayrim so’zlar va iboralar misolida grammatik shakllarni ko’rgazmali namoyish qilish; o’yin vaziyatlari, nutqiy mashqlar, ijodiy tusdagi rolli o’yinlar, hajmi unchalik katta bo’lmagan matnlarni tinglash va boshqa.

Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi. O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.

Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to’g’ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog’lovchilarni qo’llaydi; u o’z nutqida qo’shma gaplardan, ko’pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo’shma gaplardan foydalanadi: qo’shimcha gaplar -«Kamol nima ko’rganligimizni so’radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do’konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg’ir yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.

O’z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o’rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg’ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi.

Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko’nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo’lishi mumkin. Masalan, bolalar o’yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni taxlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo’lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o’rnini bosishi mumkin bo’lgan gaplar tuzishni o’rgatadi.

Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o’yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to’g’ri nutq ko’nikmalarini shakllantirishda asosiy o’rinni egallashi lozim.

Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo’llashni o’rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo’nalishi bo’lishi mumkin.

Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o’qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.).Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o’qiyapti». Tarbiyachi o’qiyotgan bola so’z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so’z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so’ngra bolalardan so’raydi: «Qaysi bola?» - «O’qiyotgan bola».


Mashg’ulot uchun eng ko’p qo’llaniladigan fe’llami olish va ulardan xozirgi zamondagi xaqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darker. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saklab qolishlari va zarur bo’lganda ularni o’z nutqiga qo’sha olishlari juda muhimdir.
Klaster metodi mashg’ulotlarida, badiiy adabiyotni o’qish jarayonida o’tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Predmetni, uning belgilarini ko’rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so’z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo’r bo’lib aytgan ma’qul.muayyan so’zning hosil bo’lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so’zi chizmoq so’zidan, «raqsga tushayotgan» so’zi raqsga tushmoq so’zidan.Sifatdoshga savollar qo’yish: «Dala qanday, sarg’ayayaptimi?» -«Sarg’ayayapti».Ot va sifatdoshdan iborat bo’lgan so’z birikmasi asosida gap tuzish: sarg’ayayotgan barglar - «Olmaning sarg’ayayotgan barglari ko’rinib turibdi»; g’irillayotgan samolyot - «g’irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o’tdi» va x.k.Agarda o’qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo’lgan otlar bilan birgalikda qo’llashlariga,tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo’lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.

Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, gaplarni tuzish, qo’shma gaplarni to’g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan takdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.




Download 47,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish