Kurs ishi mavzu: Talim tizimida badiiy ta’limning shakillanishi va taraqqiyoti. Topshirdi: Qabul qildi



Download 156,83 Kb.
bet1/6
Sana26.12.2022
Hajmi156,83 Kb.
#896197
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Talim tizimida badiiy ta’limning shakillanishi va taraqqiyoti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Urganch Davlat Universiteti _________________________fukulteti
______________nalishi ___-guruh talabasi ______________________________________ning
_____________________fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Talim tizimida badiiy ta’limning shakillanishi va taraqqiyoti.
Topshirdi: _________________
Qabul qildi: _________________




Urganch – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………
I-BOB. O’zbekistonda talim tizimida badiiy ta’limning shakillanishi va taraqqiyoti.
1.1. O’zbekisontda tasviriy san’atni rivojlanish tarixi……………..
1.2. Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi……………
II-BOB. O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish.
2.1. O'zbekistonda tasviriy san'atning o'qitilishi va oqituvchilarga qoyilayotgan talablar………………………………………………………..
2.2. Tasviriy san’atni o'qitish jarayonida ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish………………………………………………..
Хulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Ushbu kurs ishning dоlzarbligi shundan ibоratki, unda umumiy o‘rta ta`lim muassasalarida o‘qitiladigan tasviriy san’atning mashg’ulotlarni hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda o‘qitishning yangicha uslublari ishlab chiqiladi, shu bilan birga O’zbekistonda ta’lim tizimida badiiy ta’limning shakillanishi va taraqqiyoti tadqiq etiladi. Kurs ishda umumiy o‘rta ta`lim maktablarida tasviriy san’atning turlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning badiiy madaniyatini оshirish imkоniyatlarini o‘rganib chiqiladi va u amaliyotga tatbiq etiladi. Shuningdеk, tasviriy san’at yoshlarni badiiy, ahlоqiy, mehnat tarbiyasida, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda hamda madaniyat darajasini yuksaltirishda eng zarur vоsitalardan biri ekanligi va tasviriy san’at fanidan o‘quv mashg‘ulоtlari va o‘quvchilarni mustaqil ishlari davоmida san’at to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni yеtarlicha bоyitilishi va amaliy, mustaqil mashg‘ulоtlarda bu bilimlarni yanada mustahkamlash orqali tasviriy savodxonligini ham tarbiyalash masalasi nuqtai nazaridan qarab chiqadi.
O’zbek halqi o’zining qadimgi tasviriy, amaliy, me’morchilik san’atlari va madaniyati bilan faxrlansa arziydi. Chunki, O’zbekiston xududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning rang tasvir, haykaltoroshlik, me’morchilik turlari nihoyatda rivojlangan bo’lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrosiob, Qalchayon, Tuproq qal’a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo’yqirilgan qal’a, Ajina tepa, Teshik qal’a va boshqa bir qator joylardan topilgan. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, bu asarlar eramizdan avvalgi IV-I asrlarda yaratilgan bo’lib ularning yoshi 5-6 ming yilga to’g’ri keladi. Bu asarlarning badiiyligi hozirgi zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o’sha davrda to’plangan ilg’or tajriba, tasviriy san’at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma’lumki, san’at bir necha avlodning ko’p yillar davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirga o’tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so’zsiz umumiy badiiy ta’lim yo’nalishida bo’lmasa ham, kasbiy badiiy ta’lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma’lum davrlarda O’zbekiston xududidagi san’at taraqqiyotida uzilishlar ro’y berganligining sabablari, Iskanadar Zulqaynar, mo’g’illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san’atning miniatyura turini gullab-yashnagani ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u na faqat Sharq, hattoki Yevropa mamalakatlari san’atiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Xirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag’dod, Tabriz, SHeroz, Ozarbayjon, Xind, Isfaxon, Turk miniatyura makatblari ham shakllandi va rivojlandi.
Mazkur miniatyura maktablari rassomchilikdan kasbiy ta’lim yo’nalishida rivojlangan bo’lsa-da, lekin ulardan umumiy ta’lim tizimidagi tasviriy san’atni o’qitishda bemalol foydalansa bo’ladi. Xususan, umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san’atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo’limlari mavjud bo’lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta’lim tizimlari o’rtasiga qat’iy chegara qo’yib bo’lmaydi. Tasviriy san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida o’rganiladi. Faqat tasviriy san’atni o’qitilishida talaba va bolalarning yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga olinishi lozim, xolos.
Tasiriy san’at tarixida buyuk naqqosh va musavvir Kamoliddin Behzodga Xirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o’rgatgani haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, ustoz Miroq naqqoshning Xirot “Nigoristoni” (San’at akademiyasi) bo’lganligi va unda Komoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum.
Professor Orif Usmonov o’zining “Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi” nomli kitobida Behzod Tabrizda yashagan vaqtda nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musavvir o’z atrofiga eng iste’dodli yoshlarni to’plagani, ularga san’atining sir-asrorlarini o’rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mirzo Amir, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, SHomuxammad Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, Mahmud Muzaxxib, Mavlono Yoriy, Xasan Bag’dodiy, Abdulla SHeroziy, Darvesh Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali, Xeraviy singari o’nlab iste’dodli musavvirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari Behzodning tasviriy san’at uslubini davom etirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan ayon.

Download 156,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish