Lazzatli mahsulotlarning klassifikatsiyasi. Choy tayyorlash texnologiyasi,sifat ko’rsatkichlariga qoyiladigan talablar



Download 1,41 Mb.
bet5/9
Sana01.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#727061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi tovarlar kimyosi

Tsukatlar - butun holida va qirqib, sharbatda pishirilgan mevalar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik, nok, olma, apelsin, limon), shuningdek, qovun hamda tarvuz po‘stidir. Tsukatlar olish uchun mevalar olti-etti marta qand sharbatida qaynatiladi, har qaynatishda uning kontsentratsiyasi oshirib boriladi. Qaynatilgandan keyin tsukatlar siropda uch-to‘rt kun saqlanadi. Tayyor bo‘lgan mevalar sharbat qoldig‘idan ajratib olinadi, yog‘och savatlarga taxlanadi va 45-55°C haroratda 4-8 soat quritiladi.
Meva va rezavor-mevali mahsulotlar ularning turi hamda xususiyatlariga qarab, har xil idishlarga joylanadi. Marmelad qutichalar, kombinatsiyalashtirilgan idishlar, tsellofan yoki polimer plyonkalardan yasalgan xaltachalar yashik­larga joylanadi. Donalab sotiladigan marmelad karton qutichalarga ko‘pi bilan ikki qator qilib taxlanadi. Qutichalar toza, chiroyli bezakli, qog‘oz yoki ipak tasma bilan bog‘langan, klapanlar bilan elimlangan bo‘lishi kerak. Uning sof og‘irligi 500 g gacha bo‘ladi.
Tortib sotiladigan marmelad sig‘imi ko‘pi bilan 5 kg (meva va rezavor-mevali marmelad uchun) va 4,5 kg (jeleli marmelad uchun) faner yashiklarga yoki sig‘imi ko‘pi bilan 7 kg bo‘lgan burma kartondan yasalgan yashiklarga joylanadi. Qatlamli marme­lad sig‘imi 7 kg bo‘lgan faner yashiklarga va sig‘imi 5 kg bo‘lgan burma karton, yashiklarga solinadi.
Pastila donalab va tortib sotiladi. Donalab sotiladigan pastila karton qutichalarga sof og‘irligi 100 g dan 1000 g gacha ko‘pi bilan ikki qator qilib taxlanadi, shu­ningdek, pachkalar hamda polimer plyonkalaridan yasalgan xal­tachalarga joylanadi. Tortib sotiladigan pastila 5 kg sig‘imli yog‘och savat yoki karton yashiklarga joylanadi, kesma pastila ko‘pi bilan olti qator, quyma pastila uch qator qilib taxla­nadi. Pastila solingan xaltacha va pachkalar ochiq idishlar - sig‘imi 20 kg bo‘lgan yog‘och yoki faner yashiklarga joylanadi.
Murabbo va jem shisha hamda tunuka bankalarga solinadi. Povidlo shisha bankalarga (sig‘imi ko‘pi bilan 1,5 kg), tunu­ka bankalarga (12 kg gacha), yog‘och yoki faner yashiklarga (ko‘pi bilan 17 kg) va 50 l sig‘imli yog‘och bochkalarga joylanadi. Jele shisha banka va stakanlarga solinib, yashiklarga joylanadi.
Marmelad va pastila quruq, salqin, toza, yaxshi shamollatib turiladigan, nisbiy namligi 75-80% va harorati ko‘pi bilan 20°C bo‘lgan xonalarda saqlanadi. Garantiyali saqlanish muddati1 meva va rezavor-mevadan tayyorlangan shakldor, kesma va pat marmeladlari uchun - ik­ki oy, qatlamli va jeleli marmelad uchun - uch oy, agaroid qo‘shilgan shakldor jelesimon marmelad uchun - 1,5 oy (ishlab chiqarilgan kundan boshlab). yopishqoq moddali pastilaning saqlanish muddati (ishlab chiqarilgan kundan boshlab) 1,5 oy, qaynatma pastilaniqi - uch oydir.
Murabbo va jemni toza, quruq, yaxshi shamollatib turila­digan, havosining nisbiy namligi oshig‘i bilan 75% va harorati: pasterizatsiyalangan murabbo uchun 2 dan 20°C gacha, pasterizatsiyalanmagani uchun 10 dan 20°C gacha, pasterizatsiyalangan jem uchun 0 dan 20°C va pasterizatsiyalanmagan jem uchun 10 dan 15°C gacha bo‘lgan xonalarda saqlash tavsiya etiladi. Povidlo 0 dan 20°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi, havoning nisbiy namligi 75-80% bo‘lishi kerak. Banka va bochkalarga solingan povidloning garantiyali saqlanish muddati to‘qqiz oy, yashiklarga solinganiniki- uch oydir.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish