Leksikologiya va semaseologiya. So`z tilning markaziy birligi sifatida



Download 18,38 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,38 Kb.
#203602

Leksikologiya va semaseologiya.So`z tilning markaziy birligi sifatida
Leksik ma`no, luғaviy ma`no, so‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi, so‘zning ko‘chma ma`nosi, polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifaviy ko‘chish, so‘z ma`nolarining kengayishi yoki torayishi, omonimlar, haqiqiy omonimlar, omofonlar, omograflar, omoformalar, to‘liq omonimlar, to‘liq bo‘lmagan omonimlar, ekspressiv uslubiy bo‘yoqlar, sinonimiya, absolyut sinonimlar, semantik tip, matniy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, sinonimik qator, sinonimika, antonimlar, leksik va grammatik antonimlar.
Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy birligi hisoblanib, tildagi so‘zlarning jami leksikani (luғat tarkibini) tashkil etadi. Tilshunoslik fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z»va logos-«ta`limot») deyiladi.

Tilning luғat tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) luғaviy birliklar deyiladi. Luғaviy birliklar anglatgan ma`nolarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma`lum tematik turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy vazifani birliklarning luғaviy ma`nosi bajaradi. Leksik ma`no esa, yuqorida ta`kidlanganidek, umumlashtirish xususiyatiga egadir.

Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi:

1. So‘zning semantik qurilishi.

2. So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlari.

3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi.

4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi.

5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.

6. So‘zlarning emotsional-ekspresiv bo‘yoq yoki stilga munosabati.

Boshqacha aytganda, tilning leksikologiyasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so‘zlarning hosil bo‘lishi, luғat tarkibining boyishi va nutqi, ishlatilishi, ma`nolarning o‘zgarishi, torayishi va kengayishi, turli atamalarning qo‘llanilishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. SHu tufayli leksikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.

O‘zbek tilidagi luғaviy birliklarning ayrim tematik turlarini ko‘rib o‘tamiz.
Semasiologiya til birliklari (til ishoralari)ni ma`no jihatdan o‘rganadi. Til birliklarining, birinchi navbatda, leksik birliklarining semantik qurilishini va u bilan boғliq masalalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi. YA`ni u tilning barcha ma`no anglatuvchi birliklarini o‘rganadi.

Leksikografiya tilshunoslikning luғat tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan shuғullanuvchi bo‘limi hisoblanib, unda til tarkibidagi so‘zlarni ma`lum tartib va maqsad asosida (alfavit tarkibida, nutqda ishlatilish darajasi va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda to‘plab luғat tuzish masalalarni o‘rganadi.

Onomasiologiya leksikologiyaning luғaviy birliklarini nomlash va tushuncha anglatish printsiplari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lib, narsa va hodisalarga nom berish jarayonini qamrab oladi.

Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shuғullanadi. YAsama, qo‘shma so‘zlar va xorijiy tillardan o‘zlashtarilgan ma`nolar bilan ham qiziqadi. etimologiya so‘zning har ikki tomonini, ya`ni shakli va ma`nosini hisobga oladi. So‘zlarning «biografiyasi»ni, kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon-haqiqiy, logos-ta`limot) deyiladi.

So‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma`nolari va shakllari til tarixi, boshqa tillar va dialektlardagi shu so‘z to‘ғri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda so‘zlarning avvalgi ma`nosi va formalari chuqur o‘rganiladi. So‘zlarning kelib chiqish tarixi tarix, arxeologiya, geografiya, antrapologiya, madaniyat va san`at kabi qator fanlar yordamida aniqlanadi.

«Etimologiya» termini tilshunoslikda ikki ma`noda ishlatiladi. Leksikologiyaning ma`lum tilda so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi sohasi ma`nosida hamda biror so‘zning birinchi asl ma`nosi va shakli ma`nosida.

YAngi so‘zlarning kelib chiqishini aniqlash oson, lekin eski so‘zning qachon paydo bo‘lgani va qaysi tildan yoki shevadan olinganini bilish ancha qiyin. Biror so‘zning kelib chiqishini aniqlashda shu so‘z qardosh tillardagi so‘zlarning tovush qurilishi va ma`nolari bilan qiyoslanadi. Misollar: arxitektor-quruvchi-haykal quruvchi va binoning loyihasini chizuvchi.

Tilning luғat tarkibiga faqatgina so‘zlar emas, balki turғun bo‘lib qolgan so‘z birikmalari ham kiradi. Tarkibi ancha murakkab bo‘lgan turғun birikmalar frazeologizmlar yoki frazeologik birikmalar (iboralar) deb ataladi.

Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya (grekcha phrasis-ibora, logos-so‘z, tushuncha, ta`limot) deyiladi



Frazeologizmlar ham tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi doirasida o‘rganiladi
Download 18,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish