Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet9/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

3-asosiy savol bayoni: O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’linishi mustaqillik yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga-bozor munosabatlariga muvofiq keladigan bosqichga qadam qo’ydi. Mamlakat mustaqilligi tufayli o’zbek xalqining asriy orzusi ushaldi.
O’zbekiston tinch, parlament yo’li bilan o’zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, sho’rolar davrida ommaviy tus olgan va sho’rolar tuzumini madh etuvchi joy nomlari bekor qilinib, aholi yashaydigan joylarning tarixiy nomlari tiklanmoqda yoki yangi nomlar berilmoqda.
Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishida umuman, milliy iqtisodiyotning yuksalishida uning qanday ma’muriy-hududiy bo’linishlarga ajratilgani ham muhim rol o’ynaydi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-huquqiy tizimi” deb atalgan 16 bobining 68-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat”.
1-jadval. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishi
(2013 yanvr.)

Viloyatlar



Aholi soni, mln. kishi

Maydoni ming kv. km.

Shahar-lar soni

Tuman-lar soni

Shaharchalar soni

Qoraqalpog’iston Respublikasi

1711,8


166,6


12


14


26


Andijon

2756, 4

4,2

11

14

78

Buxoro

1729,7

40,3

11

11

62

Jizzax

1205,0

21,2

6

12

42

Qashqadaryo

2831,3

28,6

12

13

123

Navoiy

888,4

111,0

6

8

38

Namangan

2458,7

7,4

8

11

120

Samarqand

3380,9

16,8

11

14

88

Surxondaryo

2260,6

20,1

8

13

114

Sirdaryo

750,6

4,3

5

8

21

Toshkent

2695,7

15,3

16

14

97

Farg’ona

3329,7

6,7

9

15

197

Xorazm

1653,8

6,1

3

10

58

Toshkent shahri

2340,9

0,3

1

11

1

O’zbekiston Respublikasi

29993,5

448,9

119

168

1065

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan tashkil topgan. O’z navbatida ular tumanlar, shaharlar va shaharchalarga bo’linadi (1-jadvalga qarang).
Sayyoramizga Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Al Xorazmiy, Al Moturudiy, Beruniy, Baxouddin Naqshbandiy, Bexbudiy, Burxoniddin Marg’iloniy, Cho’lpon, Fitrat, Jaloliddin Manguberdi kabi jahonga dovrug’i ketgan qator olimu fuzalolar, shoiru ma’rifatparvarlarni etishtirib bergan O’zbekiston 1991 yilning 1 sentyabrida mustaqil Respublika, deb e’lon qilindi. Bu Vatanimiz tarixida ruy bergan eng muhim, olamshumul vokea edi. O’zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo’lib o’tgan yig’ilishda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Qaror hamda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Yig’ilishda qabul qilingan bayonotda, jumladan, shunday deyilgan: «O’zbekiston Respublikasining, o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, hududi bo’linmas va daxlsizdir. O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy davolari bo’lmay, u o’z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqka egadir».
Jahonning eng nufuzli halqaro tashkiloti - Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1992 yil 2 martda mustaqil Respublikamizni o’z tarkibiga qabul qilish to’g’risida Qaror qabul qildi.
Mustaqil davlatimizning ravnaq topishi siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksala borishi, milliy iqtisodiyot, davlat qurilishi borasida rahbarlik va boshqarish tizimini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri tashkil qilishda mamlakat ma’mypiy hududiy tuzilishini oqilona belgilash katta axamiyatga ega. Shuningdek, u davlat va ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, moliya, solik kabi qator tizimlar faoliyatini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni hududlar doirasida ijobiy tarzda rivojlantirish masalalarini to’g’ri hal etishda ham katta o’rin tetadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78 moddasida shunday deyilgan: «Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, O’zbekiston Respublikasining chegaralarini o’zgartirish O’zbekiston Oliy Majlisining mutloq vakolatlari jumlasiga kiradi». Mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi masalasi qanchalik muhim ekanligi yuqoridagi satrlardan ham ko’rinib turibdi.
Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o’tish jadallashib borayotgan hozirgi davrda Respublikamiz oldida iqtisodiy, ilmiy, madaniy jihatdan rivojlanishning zarur imkoniyatlari mavjud. Bu, eng avvalo, Respublika aholi sonining ko’paya borayotganligi, zarur mehnat resurslarining borligi, tabiiy sharoitning qulayligi, xilma-xil tabiiy boyliklar ko’pligi bilan ifodalanadi.
Ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib oqilona tarzda amalga oshirilayotgan ma’muriy-hududiy tezilish mamlakat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy maqsad hamda vazifalarni bajarishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Mamlakatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi o’z tarixiga ega. Mazkur masala borasida ishlab chiqilgan qonun va koidalar, tartiblar bir necha marta qayta-qayta kurib chiqildi, ular ayrim o’zgartishlar, yangi fikr, mazmunlar bilan boyib bordi.
Avvalgi davrda O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarida ayrim hollarda mutasaddi tashkilotlar tomonidan shoshma-shosharlikka yo’l qo’yilgan, ilmiy jihatdan chuqur o’ylab ko’rilmagan va keng muxokamaga qo’yilmagan masalalar ilgari surilar edi. Bu ayniqsa viloyatlarni tashkil qilish, ularni noo’rin tugatish, bir viloyatni ikkinchi bir viloyatga qo’o’ib yuborish, qisqa vaqt o’tishi bilan o’sha tugatilgan viloyatlarni yana qaytadan tiklash hollari uchrab turardi. Bu haqda quyidagi misollarni keltirish mumkin.
1941 yil 6 martda tashkil topgan Namangan viloyati 1960 yil 25 aprelda tugatilib, Andijon viloyatiga qo’shib yuborildi. 1967 yil 18 dekabrda esa u qayta tiklanadi. Qashqadaryo viloyati 1943 yil 20 yanvarda tuzilgan. U 1960 yil 20 yanvarda tutatilib, Surxondaryo viloyati bilan birlashtiriladi. 1964 yil 7 fevralda esa Qashqadaryo viloyati yana o’z asliga qaytarildi.
Qizilqum saxrosida suvsizlikdan qaqrab yotgan erlarning ma’lum qismini o’zlashtirish va samara bilan ishga solish maqsadida 1982 yil 20 aprelda tashkil topgan Navoiy viloyati ham shu yo’lni bosib utdi. Tashkil etilganidan bor yugi 4 yil utishi bilan, ya’ni 1986 yilga kelib bu viloyat ham tugatilib Samaqand viloyati bilan qo’shib yuborildi. Oradan yana turt yil o’tgandan So’ng Navoiy viloyati 1998 yili qayta tiklandi.
Bunday noo’rin, mantiqqa to’g’ri kelmaydigan, ilmiy jihatdan asoslanmagan masalalarni tayyorlashda qanchadan-qancha kishi band bo’ldi, katta mablah behuda sarf etildi va eng asosiysi-aholi hayoti, uning kundalik turmushida uchrab turadigan qator masalalar murakkablashdi. Bu esa turli xil noroziliklar kelib chikishiga sabab bo’ldi.
O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi «O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-huquqiy tizimi» deb atalgan XVI bobining 68-moddasida shunday deyilgan. «O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaxarlar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat».
Konstitutsiyaning 69-moddasida esa Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaxarlar, tumanlar tashkil kilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshirilishi ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi hozir Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shaxridan iborat. O’z navbatida Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga shaxarlar, tumanlar, shaxarcha va qishloqlar kiradi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish