Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet56/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Ushbu tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: o‘rganilayotgan til materialini belgilash, uning formal xususiyatlarini aniqlash, kontekstni kommunikativ vaziyat sifatida belgilash, tahlil strategiyasi va yo‘nalishini aniqlash, tadqiqot bosqichlarini nazariy tizimlashtirish, tahlil usullari va instrumentlarini aniqlash, tahlil birliklarini belgilash, nazariy va empirik materiallardagi kategoriyalar tizimini tekshirish, tadqiqotning asosiy bosqichlari (tavsiflash, qayta yaratish, interpretatsiya)ni tadbiq etish, tadqiqot natijalarini belgilash, umumlashtirish, tizimlashtirish va interpretatsiya qilish. Mazkur usul asosan sotsiologik va siyosiy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.
SATRAS diskurs tahlilning bir shakli bo‘lib, Galileo tizimiga asoslangan har qanday tilda yozilgan matnlarni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, kognitiv va madaniy jarayonlarni ilmiy o‘rganishni maqsad qilgan metodlar va nazariyalar kompleksidir. U tadqiqotchiga dastlabki lingvistik tahlillarsiz matning asosiy g‘oyalarini aniqlash imkonini beradi.
Narrativ tahlil. Ushbu tahlil orqali gapdagi so‘zlarda ifodalangan ketma-ketlikni real voqelik ketma-ketligi bilan o‘zaro munosabatga kiritish mumkin. Ushbu tahlil hikoyadan iborat matnlarni tahlil qilishga mo‘ljallangan. Bu tahlilning afzalligi shundaki, bunda baholash
tadqiqotchi tomonidan bajarilgan vazifalar asosida emas, balki ma’lum kategoriyalar (sub’ekt, ish-harakat, ob’ekt) asosida amalga oshiriladi. Narrativ matnlar badiiy, tarixiy yoki gazeta matnlaridan olingan hikoyalar bo‘lishi mumkin.
Matnni ekspert baholash. Ushbu tahlil usuli quyidagi xususiyatlarga ega: a) matn muallifini baholash yoki matn muallifining kategorial xususiyatlar (jins, yosh, tug‘ilgan joy, yashash joy, ta’lim darajasi)ini aniqlash; b) matn muallifining temporal (vaqtinchalik, dinamik) tuyg‘ulari (emotsional holati)ni baholash; v) tadqiq qilinayotgan matnning yaratilish sharoitini aniqlashga qaratilgan baholash (intervyu davomida savollarning haqiqiyligi); g) matnda ifodalangan axborotning maqsadli buzilishini yuzaga keltirishga qaratilgan baholash. Bunday ekspert baholashda quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin: matn parchasi yoki to‘liq matnni perefraza qilish; semantik baholash usuli; erkin assotsiativ eksperiment usuli; prediktiv matn tahlili usuli.
Grafematik tahlil. Ushbu tahlil usuli formula, raqamli birikmalar, so‘z qismlari asosidagi navbatdagi morfologik va sintaktik tahlilni amalga oshirish uchun asosni yaratadi. Ushbu metod matnni so‘zlarga va boshqa bo‘laklarga ajratib tahlil qiladi. Masalan, so‘zlar guruhi, turg‘un birikmalar, ism, familiya, sharif, sana, elektron pochta manzili, fayl nomlari, paragraf matnidan olingan gaplar, sarlavha, e’lonlar shular jumlasidandir.
Morfologik tahlil. Matndagi har bir so‘zning morfologik interpretatsiyasini amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu metod matn tahlilining boshqa turlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
ATLAS.ti usuli tadqiqotchiga matnning yirik qismlari, turli grafiklar, audio va video ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Bu usul ma’lumotni sifat (qualitative analysis) jihatdan tahlil qilish, matn tadqiqi, matnni qiyoslash maqsadlariga mo‘ljallangan.
Textanz tahlil usuli matnni so‘z, ibora va so‘z shakli darajalarida tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu usul har qanday turdagi matn uchun qo‘llaniladi.
Sintaktik tahlil. Ushbu metod tilning leksik sath elementlarini ularning formal-grammatik tomoni bilan moslashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu usulni qo‘llash natijasida gapning sintaktik strukturasi hosil qilinadi. Natijada matn tahlilining keyingi bochqichlari uchun muhim o‘rin o‘ynaydi.
Semantik tahlil. Ushbu usul gapning semantik strukturasini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, semantik munosabatlar va nuqtai nazarlarni tahlil qilishda muhimdir. Ushbu tahlilning maqsadi gaplar tarkibidagi so‘zlardan hosil bo‘lgan shunday semantik nuqtai nazarlarni yuzaga keltirishdan iboratdir. Shunday semantik nuqtai nazarlar tuzilishi to‘g‘risidagi ilmiy farazni shakllantirish uchun asos sintaktik tahlil natijasida olingan ma’lumot hisoblanadi. Ushbu tahlil doirasida qator usullardan foydalanish mumkin: T-LAB kompyuter vositasida amalga oshiriladigan usul bo‘lib, tematik tahlil, qiyosiy tahlil uchun zamin yaratadi va matnning asosiy g‘oyalari va so‘zlarning semantik tuzilishini aniqlaydi. Ushbu tahlilda matnlarni segmentlash, kalit so‘zlar tanlash va boshqa amallar muhim sanaladi.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish