Logistika markazlari va erkin iqtisodiy hududlar jahon amaliyotida reja


Jahonda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning milliy asoslari



Download 74,89 Kb.
bet14/15
Sana10.06.2022
Hajmi74,89 Kb.
#650154
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Logistika-markazalri-erkin-iqtisodiy-hududlar

6. Jahonda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning milliy asoslari


Jahonda tashkil qilingan har bir erkin iqtisodiy hudud o’z asoslariga ega bo’lib, bu asoslar hududning bevosita joylashgan o’rnidan kelib chiqqan. Biz jahondagi EIHlarni va ularni tashkil qilish amaliyotini o’rganar ekanmiz, ularni tashkil qilish asosini 4 ta yirik guruhga ajratishimiz mumkin:

  1. Osiyo va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi amaliyoti;

  2. Amerika mintaqasi amaliyoti;

  3. Afrika mintaqasi amaliyoti;

  4. Yevropa mintaqasi amaliyoti.

Yuqoridagilar asosida birin-ketin yuqoridagi regionlar amaliyotini o’rganib chiqamiz.
Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining umumiy asoslari
“Mushukning oq yoki qoraligi muhim emas,
muhimi uning sichqon tuta bilishi”
Den Syao Pin
Xitoy – aholisi bo’yicha dunyoda birinchi (1,2 mlrd kishi) o’rinni egallaydigan va maydoni bo’yicha yirik mamlakatlardan biridir. 80-90 yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda katta muvaffaqiyatga erishildi va YAIM bo’yicha AQSH dan keyin ikkinchi o’ringa chiqdi. Mao Tze Dun vafotidan so’ng “GAYGE” iqtisodiy islohoti e’lon qilindi. Quyidagilar qayta shakllanish asosi bo’ldi:

  • ko’p ukladli iqtisodiyotni joriy etish;

  • narxni shakllantirish islohoti (narxning 3 darajasi joriy etildi: qat’iy davlat, kelishilgan harakatlanuvchi va erkin bozor narxlari);

  • qishloqlarda “kelishuv” pudratlari tizimiga o’tish;

  • “Ochiq eshiklar” siyosati va hk.

Xitoy iqtisodiy islohotlar asosini “ochiqlik siyosati” (“Kayfan”) tashkil etdi. Bu xorijiy kapitalni xitoy iqtisodiga qarz, bevosita investitsiya, xorijiy hamkorlar bilan qo’shma korxonalar shaklida va EIHlar orqali jalb qilish siyosatidir.
Birinchi EIH 1979-yilda kichik qishloqcha Shenchjenda tashkil qilingan edi. O’n yildan kam davr ichida esa mln aholiga ega bo’lgan zamonaviy shaharga aylandi. 1990 yilda esa bu yerda xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda edi, jumladan 000 tasi xorij-xitoy qo’shma, 354 tasi esa to’liq xorijga tegishli korxonalar edi.
2002-yilga kelib, Xitoyda 6 ta maxsus iqtisodiy hududlar, 30dan ortiq iqtisodiy va texnik rivojlanish davlat hududlari, 14 ta ochiq portlar hamda boshqa erkin savdo hududlari, maxsus soliq va savdo maqomiga ega bo’lgan bojxona hududlari mavjud edi. EIH mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqasidir. 6 ta EIHdan 4 tasi janubiy-sharqiy qirg’oqlarda joylashgan.
1979-yil iyulda XXR davlat kengashi EIH tashkil etish to’g’risida qaror qabul qildi. Hududlar faoliyat ko’rsatish joyi sifatida Xitoyning janubiy va janubiy-sharqiy qirg’oqlari tanlanib, bu hududlar bozor iqtisodiyoti rivojlanish markazlari hisoblanmish Gonkong, Makao va Tayvanga yaqin joylashgan. Hukumat qarorlariga muvofiq Shenchjen, Chjuxay, Shantou (Gonkong yaqinidagi Guandun provintsiyasida joylashgan), shuningdek, Syamen shahri (Tayvan yaqinidagi janubiy-sharqiy Futszyan provintsiyasida joylashgan) maxsus iqtisodiy hududlar sifatida belgilandi.
EIHlar uchun yetarli darajada imtiyozli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi. Ulardagi soliqqa tortish darajasi XXRning boshqa hududlariga qaraganda deyarli ikki marta pastroq. Yerni ijaraga olishda imtiyozlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan: EIHda Xitoyning asosiy sanoat markazlariga nisbatan ijara haqi taxminan 5-7 marta arzonroq bo’lgan. 1984-yildan EIHda ijara haqining pasayish sur’ati kuzatildi.Energiya, suv, transport uchun past hisob-kitoblar stavkasi o’rnatildi.
EIHda mehnat haqi darajasi pastligi e’tiborga molikdir. Ishchi kuchi bozori o’z qonun-qoidalari asosida harakat qiladi. Dastlab, bu yerda mehnat haqi Gonkong darajasigacha yetishi mumkin deb taxmin qilingan edi. Ammo ishchi kuchi bozorida talab va taklif o’rtasidagi nisbat hamda past mehnat samaradorligi tufayli bu narsa amalga oshmadi. 1989-yilda EIHdagi QK larda ish haqi 150$ bo’lgan, hududdan tashqaridagi QKlarda esa ish haqi 15$ bo’lgan.
Amaliyot ko’rsatishicha, EIH birinchi navbatda xitoylik tadbirkorlar kapitallarini jalb etdi (asosan Gonkong, Makao va JSHO mamlakatlari). Masalan, Shenchjen EIH da jami chet el investitsiyalarining 80% i shu mamlakatlar ulushiga to’g’ri keladi. G’arb davlatlarining jami xorijiy investitsiyalaridagi ulushi turli yillarda 30% ni tashkil qilgan, EIHlarda esa bu ko’rsatkich 15-20% dan past bo’lgan. Umuman olganda, XXR iqtisodiga kiritilayotgan chet el investitsiyalarining taxminan 1/3 qismi EIHlarga kelib tushadi.
Xitoy hukumati rejasi bo’yicha 000 yilga kelib 4 ta EIHda 50 ming ishchili 100 ta sanoat korxonalari bo’lishi kerak edi. Chet el kapital qo’yilmalarining umumiy hajmi .4 mlrd. $ni tashkil qilishi kerak edi. XXR jami sanoat mahsulotining 1.5% va umumiy eksport qiymatining 7-10% i 4 ta EIH ulishiga to’g’ri kelishi kerak edi.
Bu natijalarning ko’piga 80-yillar oxiridayoq erishildi. Shunday qilib, 1988-yillar oxiridayoq 4 ta EIHlarda chet el bilan birgalikda 3.3 ming korxona tashkil etildi, umumiy investitsiya miqdori esa 3.1 mlrd. $ni tashkil etdi.
Davlat yordamida tuzilgan iqtisodiy negiz va infratuzilma boshqa hududlarga nisbatan Shenchjen EIHini investorlar uchun muhim hududga aylanishini ta’minladi. EIHlarga kelib tushgan jami mablag’lardan Shenchjenga – 70%, Chjuxayga – 17%, Syamenga – 9%, Shantouga – 4% xorijiy mablag’ kiritildi. Ularning ko’pchiligini mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan mavsumiy ishchilar tashkil qiladi. Ularni EIHda ish haqi va hayot darajasi yuqoriligi jalb qiladi. Shenchjen sanoatni, ayniqsa, elektronikani rivojlantirishga yo’nalgan ko’p sohali hudud hisoblanadi. U yerda tayyorlangan va eksport qilingan elektron va elektr mahsulotlari butun Xitoydagi xuddi shunday mahsulotlar eksportining 33% ini tashkil qildi (1996-yil).
Iqtisodning eng muhim sohalari to’qimachilik sanoati, ko’chmas mulk shartnomalari, turizm va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. EIH 1949-yildan keyin chet el banklariga bo’limlarini ochishga ruxsat berilgan Xitoydagi birinchi joy bo’ldi. Shuningdek, bu hudud markaziy hukumatdan mustaqil qonunchilikka ega bo’lish huquqini birinchilardan bo’lib oldi. Shenchjen xalq vakillari kengashi (XVK) faqat iqtisodiy islohatlar talablariga javob beradigan qonunchilik bazasini shakllantirish uchun javob bermaydi. U yana demokratik institutlar faoliyat yuritishini ta’minlaydigan qonunlar tayyorlay olishi mumkin.
1992-yilda Shenchjenda ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmi 37,1 mlrd yuanni tashkil qildi. Chet elga 5,1 mlrd. $li eksport mahsulotlari yetkazib berilgan. Hozirda yuqori texnologik ishlab chiqarishning eksportdagi ulushi 45% ni tashkil qiladi.
2002-yilda xorijiy korxonalar investitsiyalarni oshirish bo’yicha 608 ta loyiha ro’yxatdan o’tkazildi va 001 yil natijasidan 45,8% ga oshdi. Yil davomida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 408 mln $ni tashkil qildi. 1992-yil oxirida chet elliklar bilan tuzilgan bitimlar 7,2 mlrd $ga baholandi, jami 6116 bitim imzolandi. Ularning /3 qismi gonkonglik firmalarga to’g’ri keladi.
2002-yilga kelib bu EIH jami 2,4 mlrd AQSH $ hajmdagi investitsiyaga ega 17,5 mingta korxonalar mavjud edi, ulardan 85%i Gongkongga to’g’ri keladi. Investitsiya qilinadigan asosiy sohalar: yadroviy energetika, elketronika, mashinasozlik, infratuzilma, moliya, yuqori texnologiya. Sanoat mahsulotlari eksporti 1999-yilda 7,5 mlrd AQSH $ni tashkil etdi.
Bu hudud Xitoy jami eksportining 13% ini ta’minlaydi. 005 yilda kishi boshiga to’g’ri keladigan YAIM 7,8 ming $ni tashkil qildi shahar aholisi daromadi 11,6 martaga, qishloq aholisi daromadi esa 7,6 martaga oshdi.
Gongkong (Syangan) maxsus ma’muriy hududi. Gongkong Buyuk Britaniyaning oxirgi mustamlakalaridan biri hisoblanadi. 1984-yilning dekabrida Xitoy va Angliya o’rtasida Gongkongning XXRga qaytarib berilishini ko’zda tutgan qo’shma dekloratsiya imzolangan. Bitim asosida “bitta mamlakat – ikkita tizim” tamoyili yotadi. 1997-yil 1- iyulda Gongkong Xitoy yurisdiktsiyasi ostiga berildi va “maxsus ma’muriy hudud” (MMH) maqomini oldi. Keyingi 50 yil davomida hozirgi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va sud tizimini saqlab qoladi. Uning maydoni 1092 km2 dan iborat bo’lib, aholi soni 1.11.2000 yilda 6,780 000 kishini, 31.12.2006 yilda esa 6,966,000 kishini tashkil etdi. Bu yerda Xitoy aholisining 0,5 %i yashaydi.
Gongkong jahonning yirik reeksport savdo markazi hisoblanadi. Yuqori darajadagi zamonaviy sanoat va texnologik bazaga ega. Hozirgi kunda Gongkongda 110 mingdan ortiq savdo firmalari, TMKlarning mingga yaqin bo’limlari, 500dan ortiq banklar va 43 ta jahon mamlakatlarining 63 mingta moliyaviy kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Bir birlik maydonga va kishi boshiga banklarni mujassam qilish bo’yicha dunyoda yetakchidir.
Kunning istalgan vaqtida har qanday mamlakatdan sifatli va uzluksiz aloqani ta’minlaydigan, ishbilarmon va moliyaviy operatsiyalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha telekommunikatsiya va xizmatlarning yirik jahon va mintaqa markazidir. 1994-yilda ATR mamlakatlarning moliyaviy muassasalariga xizmat ko’rsatishga qaratilgan – SWIFT (Society for World-Wide Interbank Financial Telecommunication) yangi markazi ochildi.
Iqtisodiy erkinlik darajasiga ko’ra jahonda birinchi o’rinni egallaydi. Davlatning aralashuvi minimal darajada.
Investitsiya jalb qilish darajasi, xorijiy omonatchilar uchun tahlikaning mavjud bo’lmasligi darajasi, yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va joylashtirish qobiliyati bo’yicha jahonning yetakchi mamlakatlar o’nligiga kiradi.
Gongkong XXR darvozasidir. Uning hududida joylashgan korxonalar va firmalar Xitoy bozoriga yaqinligidan muayyan afzalliklarga ega bo’ladilar.
1978-yilda boshlangan keng miqiyosli islohotlar Gongkongning ularni oshirishdagi rolini oshirdi. Ikki tomonlama savdo (shu bilan birgalikda reeksport) hajmi 1978-yildan 160 martaga oshdi va 1994-yilda 140 mlrd. $ni tashkil etdi. Bunda Xitoyning jami Gongkong tovar aylanmasidagi ulushi 9,3% dan 45% ga o’sdi.
Gongkong Xitoy uchun mahsulotlar sotiladigan an’anaviy yirik bozor hisoblanadi. 1994-yilda faqatgina o’z iste’moli uchun XXRdan 0 mlrd $dan ortiq qiymatli tovar import qildi. 1978-yildan 1994-yilgacha bo’lgan davrda Xitoy tovarlarining Gongkong orqali olib chiqilishi yiliga o’rtacha 5,7% ni tashkil qildi.
Import bo’yicha Yaponiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 1994-yilda Xitoyga 10 mlrd $li Gongkong tovarlari etkazilgan. Reeksportni hisobga olgan holda bu raqam 50 mlrd. $, jami bir yillik Xitoy importining 40% ini tashkil etdi.
Xitoy Gongkong orqali mato, kiyim-kechak, elektrotexnika uskunalari, o’yinchoq, sport anjomlari va zargarlik buyumlarini sotadi. Gongkongdan mineral o’g’itlar, elektronika, soatlar, telekommunikatsiya uskunalari, o’lchov asboblari va yuqori texnologik tarmoqlarda ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarni xarid qiladi.
Gongkongga kiritiladigan investitsiyalar asosan kemasozlik, bank va sug’urta ishi, ko’chmas mulk, chakana savdo va qayta ishlash sanoatlariga yo’naltiriladi. Kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarning deyarli yarmi XXRga to’g’ri keladi. Gongkongda umumiy kapital qiymati 5 mlrd $ bo’lgan 000 dan ortiq Xitoy korxonalari va firmalari faoliyat ko’rsatadi. Bu Gongkonga Yaponiya firmalari tomonidan kiritilgan investitsiyalardan – marta, AQSHdan – 3 marta, Buyuk Britaniyadan – 7 marta ko’pdir.
Gongkongning Kay Tak aeroporti hozirgi kunda yuk tashish bo’yicha jahonda yetakchi o’rinni egallaydi. 1988-yilda Gongkong yalpi tashqi savdo aylanmasi va bu savdo aylanmasining kishi boshiga to’g’ri kelgan miqdori bo’yicha Osiyoda ikkinchi o’rinni egallagan bo’lsa, 1994-yilda jahonda sakkizinchi o’ringa ko’tarildi.

Download 74,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish