48
edilar. Shu tribularning a’zolari teng huquqli fuqarolar – patritsiylar edi.
Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning ajdodlarini
plebeylar deb atashgan. Ple-beylar orasida ham boy-badavlat kishilar bo‘lgan, lekin
ularning orasida kambag‘allar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Rim aholisi ichida qullar
hu-quqsiz «gapiruvchi hayvon» edilar.
Rimliklar nisbatan jangovar bo‘lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy
qadriyat hisoblangan. Rim jangchilarning bosqinchilik
yurishlari tu-fayli Rim
imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo‘llar, turarjoylar, jamoat
uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi
sohasida respublika
va imperiya boshqaruvi shakllarini yaratib o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining voris-lari
hisoblanadilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. Chunon-chi, Zevs –
Yupiterga, Kronos – Saturnga, Poseydon – Neptunga, Afrodita – Veneraga, Artemida –
Dianaga, Afina – Minervaga aylangan. Rimliklarda oila homiysi xudo Vestaga alohida
e’tibor berganlar. Vesta ibodatxonasi uchun zodagon oilalardan vestalkalarni –
yosh qizlardan tanlaganlar, ular 30 yil mobaynida ibodatxonada
xizmat qilishlari
kerak bo‘lgan. Vestalkalarni juda hurmat qilishgan. Agar vestalkaga jinoyatchi
to‘g‘ri kelib qolsa, jinoyatchining aybi kechirilgan. Vestalka o‘zaro urishayotgan-lar
oldiga kelsa, janjalni darhol to‘xtatishgan. Ular o‘choq-olovni saqlovchi homiylar
hisoblangan. Vestalkalar xizmat davrida bokiraligini
saqlay bilish-masa, unda ularni
tiriklayin yerga ko‘mishgan.
Qadimgi Rimdagi kiyimlar ham yunonlarniki kabi burmali bo‘lgan.
Erkaklarning asosiy ustki kiyimlari toga (yarim aylana yoki oval shakli-dagi mato)
bo‘lgan. Erkak va ayollarning ichki kiyimlari vazifasini tuni-ka bajargan ayollar
uning ustidan stola (xiton ko‘rinishidagi keng uzun kiyimlar) va parka
(gimmatiyga o‘xshash) kiyishgan.
Rimliklarning dam olishi ham asosan bir xil bo‘lgan: hammomlarga borish va u
yerdagi mashq maydonchalarida bo‘lish, falsafiy sohada suhbatlar o‘tkazish,
kutubxonalarda shug‘ullanish yoki basseynlar-da hordiq chiqarish ular
uchun odatiy hol
bo‘lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteat-ri o‘zining
ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o‘zida 50 ming tomoshabin
joylasha olgan. Kolizey aylanasining uzunligi 520 metr, balandligi 48,5 metr, 4 ta
yarusdan iborat bo‘lib, uning qurilishida beton
9
, pi-shirilgan g‘isht va marmardan
foydalanilgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir-
biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan.
Omma yaralangan
gladiatorning tirik qolishi yoki o‘ldirilishi masalasini hal qilib, yaratilgan manzarani
tomosha qilgan. Rimliklar orasida sirk o‘yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 ta ot qo‘shilgan
ikki g‘ildirakli aravalar poygasi mashhur bo‘lgan.
Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: