Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o‘ziga xos xusu-siyatlari bilan farq qiladi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/38
Sana28.05.2022
Hajmi2,09 Mb.
#613213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
madaniyatshunoslik-2

Tayanch so`z va iboralar 
Tabiat, madaniyat, inson, shaxs, jamiyat.irq, etnik, milliy, madaniy, sotsial 
umumbashariy, sivilizatsiya, yevrotsentrizm, oriyentalizm, romantizm, realizm. 
 
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush-pirovard 
maqsadimiz. T.8. T.: «O‘zbekiston», 2000 y. 
2.
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T.14. T.: 
“O‘zbekiston” 2006 y. 
3.
Karimov I.A. YUksak manaviyat-engilmas kuch. T.: "Manaviyat", 2008.-
176 b.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T,: 
«O‘zbekiston», 2000 y. 
4.
Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari T.: «Turon» 2006 y.
5.
Boboev H., Hamroev T., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. T.: «YAngi asr 
avlodi», 2001
6.
Boboev H., Hasanov S. «Avesto» manaviyatimiz sarchashmasi. T.: 
«Adolat», 2001 y. 
7.
Jabbarov I. O‘zbek xalq etnografiyasi. T.: «O‘qituvchi», 1994 y. 
8.
Ibrohimov A va boshqalar. Vatan tuyg‘usi. T.: «O‘zbekiston», 1996 y. 
9.
Kaykovus. Qobusnoma. T.: «Istiqlol», 1994 y. 
10.
Komilov N. Tafakkur karvonlari. T.: «Manaviyat», 1999 y. 
11.
Madaniyatshunoslik. Maruza matni. Gulmetov e. va boshqalar. T.: DITAF, 
2000 y. 
12.
Manaviyat yulduzlari. T.: 1998 y. 


26 
13.
Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. T.: 1998 y. 
14.
Umarov E. «Madaniyatshunoslik». Yangi asr avlodi 2005 y.
15.
Xayrullaev M. O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati. T.: «Fan», 1995y. 
III- mavzu. Qadimgi davr Markaziy Osiyodagi diniy madaniyat. 
Diniy dunyoqarashning murakkablashuvi natijasida tabiat hodisalariga 
nisbatan dualistik qarashlar shakllana boshlagan. Insonga foydasi tegadigan, inson 
uchun hayot manbayi bo`lgan hodisalarning o`z xudolari yoki homiylari mavjud 
degan tushunchalar vujudga kelgan.Eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlariga 
kelgach, Eron va Markaziy Osiyoda Quyoshga sig`inish ancha takomillashib, 
uning zaminida insonga quyoshdek yorug`lik va issiqlik in`om etuvchi olovga 
sig`inish — otashparastlik e`tiqodi vujudga keladi. Olovni quyoshning yerdagi 
o`g`li, degan tasavvurlar chuqurlashadi va Quyosh xudosi Mitra, suv xudosi 
Anaxita va boshqalarga e`tiqod qilish otashparastlik e`tiqodiga qo`shilib ketadi. 
Eron 
va 
Markaziy Osiyoda otashparastlik dini — zardushtiylik hukmron dinga 
aylanadi. Zardushtiylik dinining kelib chiqish sabablari nimalardan iborat? 
Birinchidan, bizningcha, u kishilarning tabiat hodisalari, mavsumlarning, kecha va 
kunduzning almashinuvi hamda uning sabablarini bilib olishga bo`lgan intilishlari 
natijasida paydo bo`lgan. Kishilar qadimda tabiat kuchlari oldida ojiz bo`lganlar. 
Ularning turmushi, kiyim-kechak, turarjoylari ham, oziq-ovqat ishlab chiqarishi 
ham nochor holda bo`lgan. Kishilar tasavvuriga ko`ra bahordan boshlab yorug` 
kunlar kela boshlagan, ya`ni kunlar isib, tabiatda ezgulik ko`paya borgan, o`t-
o`lanlar, qurt-qumursqalar, hayvonlar uyg`ona boshlagan, butun tabiat jonlana 
borgan. Bularning barchasini ilohiy kuch — Quyosh xudosi Ahuramazda 
boshqaradi, deb o`ylashga olib kelgan. Ko`pgina falokatlar, o`lim, kasallikning 
xuruj qilishi esa kechalari ro`y bergan. Natijada inson va boshqa tirik jonzodlarga 
zarar keltiruvchi kuchlar haqidagi tasavvurlar ham shakllangan. Demak, sovuq 
kunlar va qorong`ilik kishilarga ko`plab kulfatlar keltirgan. Shu sababli kishilar 
o`zlariga zarur bo`lgan issiqlik va yorug`lik manbayi hisoblangan quyoshga va 
uning yerdagi zarrasi deb tasavvur qilingan olovga topinganlar. 
Ikkinchidan, kishilar qo`rquv va o`z ojizliklari o`rnmi to`ldirish uchun, bir-biriga 
qarama-qarshi kuchlar va ularning xudolari haqidagi tasavvurlarga ega bo`la 
borganlar. Zardushtiylar ezgulik, yaxshilik, yorug`lik, issiqlik, tiriklik, Hilolat 
xudosi Ahuramazda va unga qarama-qarshi kuch — yomonlik, yovuzlik
qorong`ilik, sovuq, o`lim va adolatsizlik xudosi — Axriman haqidagi tasavvurlarni 
vujudga keltirganlar.Uchinchidan, mahalliy qabilaviy dinlar endigina shaklanib 
kelayotgan (davlatchilik asoslariga, jamiyatning ham moddiy, ham ma`naviy 
taraqqiyotiga to`sqinlik qila boshlagan edi. Turli qabilalar o`rtasida urush-janjallar 
ko`payib ketgani uchun qabilalarni birlashtirishga xizmat qiluvchi yangi mafkura 
— dinga zarurat paydo bo`lgan. Bu vazifani endigina shakllanayotgan 
va 
birmuncha tizimga tushib ulgurgan zardushtiylik dini bajara boshlagan. 
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da ham (ayniqsa, Yasna va Yasht 
kitoblarida) ilohiy kuch-qudratga ega bo’lgan Quyosh barcha narsalarga jon va 
kuch-quvvat beruvchi oliy iloh ekanligi ta`kidlanadi: 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish