Madrimov b. X



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#269550
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Ўзбек мусика тарихи.Мадримов

Savollar
1.  Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari qaysi olim- 
lar tomonidan o ‘rganilgan?
2.  Forobiy musiqaga oid qanday as arlar yozgan ?
3.  Ibn Sino musiqa borasidagi qarashlari Forobiy ta ’limotidan 
farqli qanday xususiyatlarga ega?
4.  Ibn Sino nimani inson faoliyatining mahsuloti,  aloqa vosi- 
tasi deb tushungan?
5.  AJomiyning  “Musiqa risolasi” asarida hamdu sano ruhi- 
dagi g'azal Sarahborlardan  oldin  usulsiz  qaysi  o'xshatib 
aytiladigan ashulalarga  mos kelishligi e 'tirof etildi?
49


MAQOM ASOSLARI 
“SHASHMAQOM”
Tayanch  so ‘zlar:  “Duvozdahmaqom”,  “Buzruk”,  “Rost”, 
“Navo”,  “Dugoh”,  “Segoh”,  “Iroq”,  “Mushkilot”, kvinía.
0 ‘zbek  mumtoz  musiqasining  mustahkam,  buzilmas  poy- 
devori  bo‘lmish  olti  maqom  —  “Shashmaqom”dir.  “Shash­
maqom”  XVIII  asrgacha  hali  tugal  shakllanmagan  bo‘lsa ham, 
uning shakllanish jarayoni  ancha ilgari boshlanganligi tabiiydir. 
0 ‘n  ikki  maqom  -  “Duvozdahmaqom”  turkumi  mukammalroq 
bo‘lib,  olti  maqom  turkumi  — “Shashmaqom”ning  yuzaga  ke- 
lishida hal etuvchi ahamiyat kasb etgan. 0 ‘n ikki maqom Marka- 
ziy  Osiyo  xalqlari  madaniyatida  taxminan  XI-XVII  asrlarda 
yashagan  bo‘lsa,  “Shashmaqom”  XVIII  asrda  va,  ayniqsa,  XX 
asrda butun  0 ‘zbekistoft va qardosh Tojikiston bo‘ylab tarqaldi 
va har tomonlama rivoj topib, o‘zining mukammal olti maqom — 
“Shashmaqom” shakl-u shamoyiliga ega bo‘ldi.
“Shashmaqom” olti maqomdan iborat turkum. Unga “Buzruk” 
(katta,  ulug‘),  “Rost”  (to‘g‘ri,  haqqoniy),  “Navo”  (ohang,  kuy), 
“Dugoh”  (ikkinchi  yoki  ikki  parda),  “Segoh”  (uch  yoki  uchin- 
chi  parda),  “Iroq”  (mamlakat  nomi)  maqomlari  kiradi.  Har  bir 
maqom  o‘z  navbatida juda  katta  hajmdagi  turkum  asar  bo‘lib, 
ulaming har biri tarkibida taxminan 20 tadan 44 tagacha katta va 
kichik maqom yo‘llari bor.
Har bir maqom ikki yirik bo‘limdan iborat. Birinchisi — cholg‘u 
bo i  i mi—“Mushkilot” (qiyinchiliklar) deb ataladi. Ikkinchisi-ashu- 
la bo‘limi -  “Nasr” (zafar, g‘alaba, yordam) deb ataladi. Maqom- 
laming  negizida  asosan parda tuzilishi  (lad,  tuzuk),  vazn  hamda 
shakl  qonuniyatlari  birligi  yotadi.  Ularda  awalo  muayyan ruhiy 
holat, u bilan bog‘liq g‘oya, mavzu va mazmun mumtoz darajada 
ifoda etilgan.  Har bir maqomning mezonlari pardalar uyushmasi
ohang-kuy va vazn-usul  tartibi  bilan  belgilangan.  Maqomlaming 
ijro etilishida tanbur va doira yetakchi cholg'ulardan hisoblangan.
50


Shu tufayli har bir maqom to‘rt torli tanbur cholg‘usiga soz-lanadi: 
“Buzruk”, “Dugoh”,  “Segoh” va “Iroq” kvartaga (sol-re-sol-sol), 
“Rost” -  kvintaga (sol-do-sol-sol), Iroq -  sekundaga (sol-fa-sol-sol). 
Bu  maqomning  lad  shaklini  tashkil  etishda  yordam  beradi.  Har 
bir maqom o‘z mavzuyi, ohang-kuyi, shakli va ijro uslubi-usuliga 
ega. Ulaming birlamchi mezoni lad tuzilmasidir. Isoq Rajabovning 
ta’riflashicha:  “Shashmaqom olti.turli pardalarga moslab  olingan 
va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig‘indisidan iborat. 
Shashmaqomga  kirgan  maqom  yo‘llari,  tanbuming  parda  tuzili- 
shiga moslashtirib olingan”.
“Shashmaqom”  turkumining  maqomlari  to‘la  va  yaxlit  ijro 
etiladigan  bo‘lsa,  aw al  ulaming  cholg‘u  yo‘llari  birin-ketin  ijro 
etilib, keyin ashula bo‘limi sho‘balariga o‘tiladi. Har bir maqom­
ning cholg‘u va ashula yo‘llari faqatgina o‘sha maqomlar lad asosi 
va badiiy-estetik ta’siri bilan xarakterlidir.
Savollar
1.  0 ‘zbek mumtoz musiqasi  “Shashmaqom”  (olti  maqom)- 
ning yuzaga  kelishida  nima  hal  etuvchi  ahamiyat  kasb 
etgan?
2.  “Shashmaqom ”ning olíiía turkumi qaysilar?  Ularda qan- 
cha maqom yo ‘llari mavjud?
3.  “Shashmaqom ”ning cholg ‘u bo ‘limiga nimalar kiradi?
4.  Nima  sababdan  maqomda  to'rt  torli  tanbur  cholg ‘usiga 
sozlanadi?
5.  Isoq  Rajabov  “Shashmaqom”  haqida  qanday  m a’lumot 
qoldirgan?
51



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish