Madrimov b. X



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#269550
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Ўзбек мусика тарихи.Мадримов

Savollar
1.  Toshkent-Farg ‘ona maqomi qaysi asrlarga shakllangan?
2.  Farg‘ona-Toshkent maqomlarida  yirik ashula  turkumlari 
qaysilar?
3.  Farg ‘ona-Toshkent maqomida  “Gulyor-Shahnoz ” maqomi- 
ning boshqa maqom asarlaridan farqi nimada?
4.  “Chorgoh ” maqomi turkumidagi kuy xarakteri qanday?
5.  Farg1 ona-Toshkent  maqomlari  a n ’anaviy  ijrochiligi  keng 
tarqalishiga  hissa qo ‘shgan ijodkorlar kimlar?
60


LOKAL (MAHALLIY) USLUBLAR
Lokal uslublarning o‘ziga xos xarakterli belgilari, 
ularning bir-biridan farqi
Tayanch so‘zlar: lokal,  “sog‘im qo ‘shiqlaridan ”, bulamon, janr.
Ma’lumki, o‘zbekan’anaviy musiqasi o‘tmishdan ikkiyo‘nalish, 
ya’ni  bir-biridan paydo  bo‘luvchi, bir-birini  to‘ldiruvchi,  shu bi- 
lan birga o‘zining alohida xususiyatlari va sifatlariga ega bo‘lgan 
yo‘nalishlardan  tashkil  topgan.  Shulardan  biri,  hayotiy  mezon 
bilan bog‘liq musiqa  folklori bo‘lsa,  ikkinchisi,  ana shu jonli ja- 
rayonning  ijodkorlar tafakkuri bilan to'ldirilgan mumtoz  musiqa 
yo‘nalishidir.  Shakllanishi  va  ravnaqi  yo‘lida  har  ikki  yo‘nalish 
o‘zining ichki qonuniyatlari, shaklu shamoili, ishlash uslubi, mav- 
qeyi, joyi, vaqti,  ijro  an’analari  va shu kabi  qator xususiyatlarga 
ega bo‘lgan. Har ikki yo‘nalishda ham umumiy hisoblangan milliy 
an’analari bilan bog‘liq tomonlari bo‘lgani kabi,  o‘z yo‘nalishiga 
xos  uslublami  ifoda  etadigan  alohida jihatlari  ham  yo‘q  emas. 
Lekin  ijodiy  mezon,  ijrochilik  an’analari  va  talqin  masalalarida 
e’tiborga loyiq o'ziga xoslik jihatlari talayginadir.
Xalqimizning istiqlolga erishishi munosabati bilan azaliy qadriyat- 
larimizni tiklash, o‘z tariximizni, milliy urf-odat va an’analarimizni, 
ma’naviy va, shu jumladan, badiiy merosimizni atroflicha o‘rganish 
hamda undan bahramand bo‘lish imkoniyati vujudgä keldi.
Mavsumiy marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi- 
yotining  muhim  qismini  tashkil  etadi.  Mavzu  va  shakl  jihatidan 
xilma-xil bo‘lgan bu aytimlami o‘zining ifodasiga ko‘ra, “Mehnat 
qo'shiqlari” -  “mehnat aytimlari”, “To‘y marosim aytimlari”, “Mav­
sumiy marosim aytimlari” kabi turlarga ajratish mumkin.
Mehnat qo‘shiqlari -  xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalari- 
dan birini tashkil etadi. Bu turdagi aytimlar inson faoliyatining turligi 
jabhalarida  ijod  etilgan.  Masalan:  yer  haydash,  tegirmon yanchish, 
ip yigirish, sigir yoki turli uy hayvonlarini sog‘ish. Xususan, bu ay­
timlar mehnat jarayonini bir maromda uyushqoqlik bilan bajarishga
61


ko‘mak berishi qatorida yana mehnatchi qalbiga ko‘tarinkilik kayfi- 
yatini jo qilish uchun  xizmat qilgan.  Mehnat aytimlarming ijtimoiy 
koiami uzoq o‘tmishda yashagan avlod-ajdodlarimiz uchun yanada 
keng bo‘lgan. Bu toifa  aytimlari turli e’tiqodlar bilan bog‘liq rasm- 
rusm va marosimlaming tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo‘lib 
kelgan.  Har  holda  bizga  qadar  yetib  kelgan  mehnat  aytimlari  mi- 
solida shunga ishora etuvchi alomatlar saqlanib qolganligini aytishi- 
miz mumkin. Ammo shuni ham inobatga olmoq kerakki, xalqimizni 
dunyoqarashida  salkam  bir  yarim  ming  yil  vaqt mobaynida  sodir 
bo‘lgan o‘zgarishlar natijasida aksariyat mehnat qo‘shiqlari ma’lum 
o‘zgarishlarga  uchragan, ba’zilari esa mehnat turining ahamiyati o‘z 
kuchini yo‘qotishi natijasida umuman unutilgan.
Hozirda bizga ma’lum mehnat aytimlarming bir necha xususi- 
yatlari va belgilari aniqlangan.  Masalan, bunday belgilardan biri -  
mehnat qo‘shiqlari jo ‘rsozsiz aytiladi, kuy ohanglari kichik ovoz 
doirasida bo‘lib mehnat iftazmuniga bog‘liq she’riy to‘rtliklar aso- 
sida yakkaxon tomonidan aytiladi.
Mehnat qo‘shiqlarida she’riy bandlar oldidan yoki ulardan so‘ng 
naqoratlar  deyarli  qo‘llanilmaydi,  ammo  band  misralariga  ulanib 
keluvchi  maxsus  takroriy  so‘z-iboralar  naqorat  vazifasini  o'tashi 
mumkin. Masalan:  xo‘sh-xo‘sh, churey-churey, mayda-mayda.
Mehnat qo‘shiqlarida ritmik tuzilish olti bo‘g‘inli tuzilmasi ye- 
takchilik qiladi.
Aytim kuylarida nutqdosh va so‘zdosh ohanglar birlamchi aha- 
miyat kasb etadi.
Bajarilayotgan  mehnat  turiga  ko‘ra  aytimlar  uch  guruhga 
bo‘linadi.  Bular  asosan  chorvadorlik,  dehqonchilik,  hunarmand- 
chilik qo‘shiqlari.
Chorvadorlik qo‘shiqlari aholining chorvachilik  bilan bog‘liq 
turmush  tarzi  va  mehnat jarayonida  shakl  topgan.  Ulaming biz- 
gacha  yetib  kelgan  namunalari  asosan  “sog‘im  qo‘shiqlaridan” 
iborat,  ya’ni bu aytimlar sigir,  biya, tuya,  echki kabi uy hayvon- 
larini sog‘ish pacida kuylanadi.  Sog‘im qo‘shiqlarining turli xil- 
lari va shunga muvofiq nomlari ham mavjud. Masalan: qoramolni
62


sog‘ishda  “hush-hush”,  qo‘y,  echkilami  sogishda  “turey-turey, 
churey-churey”  kabi  ataluvchi  maxsus  aytimlar kuylanadi.  Maz- 
kur  nomlar  esa  shu  aytimlarda  naqorat  singari  takror  boiuvchi 
so‘zlardan  olingan  boiib,  sogilayotgan jonivomi  tinchlantirish, 
erkalash, iydirish va boshqa maqsadda kuylanadi.
Sog‘im qo‘shiqlari odatda to‘rtlik (kvarta) yoki beshlik (kvinta) 
pardalari  qamrovida ohista kuylanadi.  Bunda kuy,  ohanglar  yon- 
ma-yon joylashgan pog‘onalar  bilan  sadolanadi.  Bu  kabi  xususi- 
yatlar  yuzaga  kelishini  esa  aytim  vaziyati  va  undan  ko‘zlangan 
maqsad taqozo  etadi.  Sog‘uvchi jonivomi  mayin  tovushlar  bilan 
iydirib ko‘p sut sog‘ib olish maqsadida

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish