Mahsulot sifati nazorati


CHiziqli (qochirma) tezlanish ta’sirlari sinovlari uchun asbob-uskunalar



Download 0,54 Mb.
bet9/41
Sana11.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#542490
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
MSN uslubiy qollanma

CHiziqli (qochirma) tezlanish ta’sirlari sinovlari uchun asbob-uskunalar. CHiziqli tezlanishlar ta’siri sinovlarini gorizontal tekislikda radial yo‘naltirilgan tezlik yaratuvchi sentrifugalarda o‘tkazishadi. 15.5. rasmida kichikroq sentrifuganing konstruktiv sxemasi berilgan. Bu sentrifuganing sig‘imi quyidagcha: sinovdagi mahsulotning maksimal og‘irligi 12 kg bo‘lishi kerak. Sentrifuganing asosi 4 tekis quyilishlarga ega plitani tashkil qiladi. Uning ustiga elektrodvigatel 3 va sentrifuganing oborotlari sonini hisoblash uchun xizmat qiladigan texnogenerator 5 o‘rnatilgan. Bu tizim platforma 1 bilan reduktor orqali birlashtirilgan. Sinovdagi mahsulotlarga kerakli quvvat va ularni nazorat sinov apparaturasiga keltirish uchun maxsus shit 6 mo‘ljallangan. Sinovdagi mahsulotlar 6 shit bilan sentrifuganing valida joylashgan kollektor orqali elektrik aloqaga ega dastak 2ga klemma orqali ulashadi.
Akselemetrlarning tuzulishi va ishlash prinsipi. Mexanik sinovlarda mexanik ta’sirlar parametrlarini o‘lchash uchun pezoelektrik, tenzometrik torli va patensiometrik akselemetrlardan foydalanishadi.
Pezoelektrik akselemetrlar ikki turda bo‘ladi: qisishga (15.6.a rasm) va qayirilishga (21.6.b rasm) ishlaydiganlar. Pezoelektrik sifatida ko‘pincha bariy titanitning krichtallarini ishlatishadi. Qisishga ishlaydigan akselemetrdagi kristalning 4 pastki va yuqori qatlamlarini kumush bilan qoplashadi va keyin shu qoplamlarga chiqish klemmalarni qalaylab ulashadi. Kristalni sinov stendiga o‘rnatilgan korpus 1ga yopishtirishadi. Akselemetr korpusi va yuk 3 tezlanishi pezoelektrikka ta’sir qiluvchi qisish kuchlarini chaqiradi. Buning natijasida uning qarama qarshi tomonlarida korpus tezlanishiga proporsional bo‘lgan potensiallar har xilligi kuzatiladi. Prujina 2 katta tezliklarda kristalning buzilish oldini oladi.
Qayirilishga ishlaydigan akselemetrlarda balka 5 ishlatiladi, unga bitta yoki ikkita pezokristal yopishtirilgan bo‘ladi. Balka asos 6ga bitta yoki ikki tomonida yoki o‘rtasida qattiq o‘rnatilgan bo‘ladi. Tezlanish kuchlari balkaning shakllarini o‘zgarishiga olib keladi, o‘z navbatida kristallarning o‘zgarishiga ham olib keladi. Natijada chiqish vaqtida tezlanishga proporsional bo‘lgan potensiallarning har xilligi yuzaga keladi.
Tenzometrik akselemetrlardan keng ravishda foydalanishadi (15.7.a rasm). Balkaga o‘lchovchi tenzodatchik Ri ni yopishtirishadi. Balkaning oxiriga m massaga ega yukni joylashtirishadi. Tezlanish ta’siriostida balkani qayiradigan F kuch tezlanishlar kattaligiga proporsional tarzda o‘zgaradi (F = mg). Tenzodatchik tenglik shartlari Ri/Rk=R1/R2 ga teng bo‘lgan ko‘prikning bitta elkasiga qo‘shilgan bo‘ladi. O‘lchov Ri tenzodatchigi qarshiligi balkaning shakl o‘zgartirish kuchlari ta’siri ostida o‘zgaradi.
Balkaning shaklini o‘zgartirish kattaligi chiziqli tarzda F shakl o‘zgartirish kuchi kattaligi bilan bog‘liq.
SHuning uchun R asbobi ko‘rsatkichlari harakatdagi tezlanishlarga proporsionaldir. Ikkinchi tenzodatchik Rk balkaga shunday o‘rnatilganki uning qarshiligi balka shakli o‘zgarganida o‘zgarmaydi va o‘lchov tenzodatchigi qarshiligida harorat o‘zgarishlari kompensatsiyasi sifatida xizmat qiladi. Bu turdagi akselemetrlarning asosiy afzallik tomonlari shundaki katta diapazondagi tezlanishlarni o‘lchash imkonini beradi.
Ko‘rib chiqilgan akselemetrlar tomonidan ishlab chiqariladigan signallar juda kichik va kuchaytirishni talab etadi. Sinov vaqtida zarba natijasida hisoblanadigan natijalarga ta’sir qiladigan yuqori chastotali to‘siqlarni oldini olish uchun filtrlardan foydalanishadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish