Majitova dilora ning passiv amaliyot davri bo’yicha hisoboti guliston-2022 Guliston Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Matematika va informatika”



Download 17,36 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi17,36 Kb.
#744039
Bog'liq
2 5411173611979413802


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
2-BOSQICH TALABASI
MAJITOVA DILORA NING
PASSIV AMALIYOT DAVRI BO’YICHA

HISOBOTI


GULISTON-2022

Guliston Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Matematika va informatika” yo’nalishi 8_20 guruh talabasi Majitova Dilota ning 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida o’tkazilgan passiv amaliyot bo’yicha




HISOBOTI
Men 2022-yil 28-fevraldan 23-aprelgacha har kuni Guliston shahar 15- umumiy o'rta ta'lim maktabida passiv amaliyotda bo'ldim.
Amaliyotni birinchi kuni Axborot texnologiyalari fakultetinig “_________” kafedrasida tashkil etiladigan passiv amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, passiv amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamoyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Guliston shahar 15-maktab ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Universitetdan passiv amaliyot rahbari ______________ bizga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to’g’risida metodik yordam berdi.
Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlami tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Informatika fanidan muddatli mavzu rejani informatika fani o'qituvchisi ______________ dan oldik. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi.
Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan 7-A sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Bu guruhga informatika, algebra, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, rus tili, matematika, fizika kabi fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim.
Amaliyot davomida informatika, algebra, fizika, ingliz lili, kimyo, tarix, adabiyot, rus tili, matimatika, biologiya kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.
Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari 7-A sinfga o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.
Matematika va informatika fani bo’yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, maktab fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo’ldim.
Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 27 tadan ko’p sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan.
Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 7-sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim.
O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu yo'nalishdagi an’analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan
9-sinfning ota- onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.
Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma’naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda sinf rahbariga yordamlashdim.
Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlami yuritishni o'rgandim.
Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men maktabda _____________, ______________, _________________, _________________ va boshqa bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim.
Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o’quvchilar bilan muomila jarayonini o'rgandim.
Men passiv amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman.
Menga yaqindan yordam bergan maktab ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Maktab direktori: _________________
Metodist: _______________
Amaliyotchi: Majitova Dilora
Download 17,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish