"makroiqtisodiyot"


“Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va ob’ekti, uning boshqa



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

1.“Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va ob’ekti, uning boshqa 
fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 
Makroiqtisodiyot  (inglizcha  Macroeconomics)  zamonaviy  iqtisodiy 
nazariyaning  bo’limi  bo’lib,  uning  doirasida  iqtisodiy  o’sish,  ishchan  faollikning 
tebranishlari, inflyatsiya va ishsizlik, shuningdek makroiqtisodiy siyosat masalalari 
o’rganiladi.  
Makroiqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi bir xilda kechmagan va etakchi 
dunyoqarashlarning almashishiga olib kelgan qarashlardagi bir necha inqiloblar va 
aksil  inqiloblar  bilan  kuzatilgan.    Oldingi  asrning  boshlarida  makroiqtisodiyotda 
turli  shart-sharoitlarga  asoslangan  va  yanada  muhimligi  makroiqtisodiy  siyosat 
bo’yicha  bir-biriga  butunlay  qarama-qarshi  tavsiyalarni  bir  vaqtda  ifoda  etuvchi 
ta’limotning ikkita etakchi maktabi - neolassik va post-keynschilik shakllandi.  
Makroiqtisodiyot  ham  mikroiqtisodiyot  kabi  iqtisodiy  nazariyaning  bir 
bo’limini  ifoda  etadi.  Grek  tilidan  tarjima  qilganda  «makro»  so’zi  «katta»degan 
ma’noni  anglatadi  (mos  ravishda  «mikro»  -  «kichik»),  «iqtisodiyot»  so’zi  esa  - 
«xo’jalik  yuritish»  ma’nosini  anglatadi.  Shunday  qilib,  makroiqtisodiyot  –  bu 
iqtisodiyotdagi  umumiy  hatti-harakatlarni  yoki  uning  yirik  jamlanmalarini 
(agregatlarini)  o’rganuvchi  fandir,  bunda  iqtisodiyot  murakkab  yirik  yagona 
pog’onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda 
ularning ko’rsatkichlarining yig’indisi sifatida qaraladi.  
Birinchi  bor  «makroiqtisodiyot»  atamasini  taniqli  norveg  olimi  iqtisodchi 
matematik,  ekonometrikaning  asoschilaridan  biri,  Nobel  mukofotiga  sazovor 
bo’lgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) o’zining 1933 yildagi maqolasida qo’llagan. 
Biroq  mazmunan  zamonaviy  makroiqtisodiy  nazariya  Kembridj  maktabi  vakili 
taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keynes)ning 
fundamental  mehnatlaridan  boshlangan.  1936  yilda  Keyns  makroiqtisodiy  tahlil 



 
asoslarini qo’ygan «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobi 
chiqdi.  Keyns  ishining  ahamiyati  shunchalik  buyuk  ediki,  natijada  iqtisodiy 
adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud bo’lgan iqtisodiy 
voqeliklarni  klassik  yondoshuv  asosida  o’rganuvchi,  ya’ni  mikroiqtisodiy  tahlil 
(klassik  modelga)  qarshi  turuvchi  «Keynscha  inqilob»  atamasi  va  keynscha 
makroiqtisodiy model yoki keynscha yondoshuv yuzaga keldi. 
Yakka  tartibdagi  bozorlarda  alohida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 
(iste’molchi  yoki  ishlab  chiqaruvchi)  iqtisodiy  hulq-atvorini  o’rganuvchi 
mikroiqtisodiyotdan  farqli  o’laroq,  makroiqtisodiyot  iqtisodiyotni  bir  butun 
yaxlitlikda  o’rganadi,  butun  iqtisodiyot  uchun  umumiy  bo’lgan  muammolarni 
tadqiq qiladi hamda yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi talab, yalpi taklif, 
yalpi iste’mol, investitsiyalar, umumiy narx darjasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi 
va boshqa shu kabi yalpi miqdorlar bilan bog’liq maslalarni inobatga oladi. 
Makroiqtisodiyot  o’rganadigan  asosiy  muammolar  bo’lib  iqtisodiy  o’sish  va 
uning  sur’atlari;  iqtisodiy  davr  va  uning  sabablari;  bandlik  darajasi  va  ishsizlik 
muammolari;  umumiy  narx  darajasi  va  inflyatsiya  muammolari;  foiz  stavkasi 
darajasi  va  pul  muomalasi  muammolari;    davlat  byudjeti  holati,  byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi 
holati  va  valyuta  kursi  muammolari;  makroiqtisodiy  siyosat  muammolari 
hisoblanadi. 
Bu  muammolarni  mikroiqtisodiy  tahlil  jihatdan,  ya’ni  alohida  iste’molchi, 
alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan 
shuning  uchun  qator  umumiy  yoki  makroiqtisodiy  muammolar  mavjud,  iqtisodiy 
nazariyaning  mustaqil  bo’limi,  makroiqtisodiyot  mustaqil  fani  yuzaga  kelishi 
zarurati paydo bo’ladi. 
Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi: 
1)  u  makroiqtisodiy  voqeliklar  va  jarayonlarni  oddiy  ravishda  izohlabgina 
qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, 
iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi; 
2)  makroiqtisodiy  bog’liqliklar  va  aloqalarni  bilish  iqtisodiyotdagi  mavjud 
vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi 
navbatda  siyosat  vakillar  qanday  chora  ko’rishlari  kerakligini  ko’rsatadi,  ya’ni 
iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi;  
3)  makroiqtisodiyotni  bilish  kelajakda  jarayonlar  qanday  rivojlanishini 
oldindan  ko’rish,  ya’ni  prognozlar  tuzish,  kelgusidagi  iqtisodiy  muammolarni 
oldindan ko’rishga imkoniyat beradi. 
Makroiqtisodiy  tahlilning  ikki  xil  ko’rinishi  farqlanadi:  expost    va  exante 
makroiqtisodiy tahlili. 



 
Expost  makroiqtisodiy  tahlil  yoki  milliy  hisobchilik,  ya’ni  statistik 
ma’lumotlar  tahlili  bo’lib,  iqtisodiy  faoliyat  natijalarini  baholash,  muammolar  va 
salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy 
siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini 
o’tkazishga imkon beradi. 
Exante  makroiqtisodiy  tahlil,  ya’ni  muayyan  nazariy  kontseptsiyalar  asosida 
iqtisodiy  jarayonlar  va  voqeliklarni  prognozli  modellashtirish  bo’lib,  iqtisodiy 
jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar  va 
o’zgaruvchilar  o’rtasidagi  sabab-oqibat  aloqalarini  ochib  berish  imkonini  beradi. 
Bu makroiqtisodiyotni fan sifatida namoyon bo’lishidir. 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish