"makroiqtisodiyot"


 Makroiqtisodiy tahlil usullari va tamoyillari



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

 
2. Makroiqtisodiy tahlil usullari va tamoyillari 
Makroiqtisodiyot o’z tahlilida mikroiqtisodiyot qanday usullar va tamoyillarni 
qo’llasa  shulardan  foydalanadi.  Iqtisodiy  tahlilning  shunday  umumiy  usullari  va 
tamoyillariga  abstraktlashtirish  (iqtisodiy  jarayonlar  va  voqeliklarni  tadqiq  qilish 
va tushuntirish uchun modellardan foydalanish); deduktsiya va induktsiya usllarini 
muvofiqlashtirish;  normativ  va  pozitiv  tahlilni  muvofiqlashtirish;  ispolzovanie 
printsipa  «boshqa  teng  sharoitlarda»  tamoyilidan  foydalanish,  iqtisodiy 
agentlarning oqilona hulq-atvori haqidagi farazlar va boshqalar taalluqli.  
Makroiqtisodiy  tahlilning  xususiyati  shundan  iboratki,  uning  muhim 
tamoyili  bo’lib  agregatlash,  ya’ni  umumlashtirish  qatnashadi.  Iqtisodiy 
bog’liqliklar  va  qonuniyatlarni butun iqtisodiyot darajasida o’rganish,  agar  ularni 
umumlashtirib  yoki  agregatlar  sifatida  qaralsagina  mumkin  bo’ladi. 
Makroiqtisodiy  tahlil  umumlashtirishni  talab  etadi.  Umumlashtirish  alohida 
qismlarni  bitta  qilib  birlashtirish,  yig’ishni  o’zida  aks  ettiradi.Umumlashtirish 
doimo abstraktlashtirishga, ya’ni iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarning ahamiyatli 
bo’lmagan  holatlaridan  voz  kechish  hamda  eng  ahamiyatli,  zarur  o’zig  xos 
belgilarini,  qonuniyatlarini  ajratishga  asoslanadi.  Umumlashtirish  makroiqtisodiy 
agentlarni,  makroiqtisodiy  bozorlarni,  makroiqtisodiy  o’zaro  bog’liqliklarni, 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ajratadi. 
Iqtisodiy  agentlar  hulq-atvorining  eng  o’ziga  xos  belgilarini  aniqlashga 
asoslangan  umumlashtirish,  to’rtta  makroiqtisodiy  agentlarni  ajratib  ko’rsatish 
imkoniyatini ta’minlaydi:  
1)  uy xo’jaliklari, 
2)  firmalar, 
3)  davlat, 
4)  xorijiy soha. 
1.  Uy  xo’jaliklari  (households)  –  bu  mustaqil,  oqilona  harakat  qiluvchi 
makroiqtisodiy  agent  bo’lib,  uning  iqtisodiy  faoliyatini  maqsadi  naflilikni 



 
maksimallashtirish  hisoblanadi.U  iqtisodiyotda  yuzaga  keladigan  vaziyatlarda:  a) 
iqtisodiy  resurslar  (mehnat,  er,  kapital  va  tadbirkorlik  qobiliyati)  egasi.  Iqtisodiy 
resurslarni sotib, uy xo’jaliklari daromad oladilar, ularning katta qismini iste’molga 
(iste’mol xarajatlari) sarflaydilar va shu sababdan b) tovar va xizmatlarning asosiy 
xaridori.  Uy  xo’jaliklari  daromadning  qolgan  qismini  jamg’aradilar  va  shuning 
uchun    v)  asosiy  jamg’aruvchi  yoki  qarz  beruvchi,  ya’ni  iqtisodiyotda  kredit 
mablag’larini taklifini ta’minlovchi sifatida qatnashadi. 
2)Firmalar  (businessfirms)  -  bu  mustaqil,  oqilona  harakat  qiluvchi 
makroiqtisodiy  agent  bo’lib,  uning  iqtisodiy  faoliyatini  maqsadi  foydani 
maksimallashtirish  hisoblanadi.  Firmalar  a)  iqtisodiy  resurslarning  xaridori,  ular 
yordamida  ishlab  chiqarish  jarayoni  ta’minlanadi  va  shuning  uchun  b) 
iqtisodiyotdagi  tovar  va  xizmatlarning  asosiy  ishlab  chiqaruvchisi  hisoblanadilar. 
Ishlab  chiqarilgan  tovarlar  va  xizmatlarni  sotishdan  olingan  tushumni  firmalar 
omilli  daromadlar  ko’rinishida  uy  xo’jaliklariga  to’laydilar.  Ishlab  chiqarish 
jarayonini kengaytirish, kapital zahirasi qo’shimcha o’sishini ta’minlash va kapital 
eskirishini  tiklash  uchun  firmalarga  investitsion  tovarlar  (birinchi  navbatda 
uskunalar) zarur, shu sababdan firmalar v) investorlar, ya’ni investitsion tovar va 
xizmatlarni  xaridorlari  hisoblanadilar.  Firmalar  o’z  investitsion  xarajatlarini 
moliyalashtirish  uchun  odatda  qarz  mablag’larini  ishlatganligi  sababli  ular 
iqtisodiyotdagi  asosiy  qarz  oluvchi,  ya’ni  kredit  mablag’lariga  talab  bildiruvchi 
bo’lib qatnashadi. 
3) 
Davlat  (government)  –  bu  iqtisodiy  jarayonlarni  borishiga  ta’sir 
ko’rsatish, iqtisodiyotni tartibga solishda siyosiy va  yuridik huquqga ega bo’lgan 
davlat  muassasalari  va  tashkilotlari  yig’indisidir.  Davlat  -  bumustaqil,  oqilona 
harakat qiluvchimakroiqtisodiy agent, osnovnayazadauning asosiy vazifasi – bozor 
zaifliklarini 
yo’q 
qilish 
(marketfailures) 
va 
jamiyat 
farovonligini 
maksimallashtirish– va shuning uchun a) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchisi; 
b)  davlat  sohasini  amal  qilishini  ta’minlash  uchun  tovar  va  xizmatlarni  xaridori 
hamda  o’zining  ko’p  sonli  funktsiyalarini  bajaruvchisi;v)  milliy  daromadni 
(soliqlar  va  transfertlar  tizimi  orqali)qayta  taqsimlovchisi;  g)  davlat  byudjetining 
holatiga  qarab  –  moliya  bozorida  qarz  beruvchi  yoki  qarz  oluvchisi  sifatida 
qatnashadi. Bundan tashqari, davlat d) bozor iqtisodiyotini amal qilishini tartibga 
soluvchisi va tashkilotchisi sifatida qatnashadi. 
U iqtisodiyotni amal qilishining institutsional asoslarini yaratadi va ta’minlaydi 
(zakonodatelnayaqonuniy  asos,  havfsizlik  tizimi,  sug’urta  tizimi,  soliq  tizimi  va 
boshqalar),  ya’ni    «o’yin  qoidalariniigri»  ishlab  chiqadi;  pul  emissiyasi  bo’yicha 
yakka o’z huquqqa ega bo’lganligi uchun mamlakatda pul taklifini ta’minlaydi va 
nazorat  qiladi;  makroiqtisodiy  siyosatni  o’tkazadi  va  bu  siyosat  quyidagilarga 
bo’linadi: 



 
 
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi tuzilmaviy 
 
iqtisodiyotning  davriy  tebranishlarini  yumshatish  va  resurslarning  to’liq 
bandligini,  narxlarning  barqaror  darajasi  hamda  tashqi  iqtisodiy  muvozanatni 
ta’minlashga 
yo’naltirilgan 
kon’yunkturali 
(barqarorlashtiruvchi). 
Barqarorlashtirish  siyosatining  asosiy  turlari  bo’lib  a)  fiskal  (yoki  byudjet-soliq) 
siyosati;  b)  monetar  (yokipul-kredit)  siyosati  v)  tashqi  iqtisodiy  siyosat;  g) 
daromadlar siyosati. 
Xususiy va davlat sektorlariyopiq iqtisodiyotni tashkil etadi. 
4) Xorijiy  sektor  (foreignsector)  –  jahonning  barcha  qolgan  mamlakatlarini 
birlashtiradi  va  mustaqil  oqilona  harakat  qiluvchi  makroiqtisodiy  agent 
hisoblanadi, va u ushbu mamlakat bilan quyidagilar orqali o’zaro hatti-harakatlarni 
amalga oshiradi: 
a) xalqaro savdo (tovar va xizmatlar eksporti va importi) 
b)  kapitallarni  ko’chishi  (kapital  eksporti  va  importi,  ya’ni  moliyaviy 
aktivlar). 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish