Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


Xodimga koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishlanmaydigan bir kun beriladi. 136



Download 479 Kb.
bet17/46
Sana28.06.2022
Hajmi479 Kb.
#713170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
9-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

135. Xodimga koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishlanmaydigan bir kun beriladi.
136. Favqulodda vaziyatli holatlar yuzaga kelganda, karantin e’lon qilinganda Ish beruvchi xodimning roziligiga ko‘ra unga ish haqini qisman saqlab qolgan xolda ta’til berishi mumkin.
137. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
-mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishi, issiq ovqat tashkil etilishi ustidan jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish;
-xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.


X. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYA VA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH ISHLARI
138. Ish beruvchi:
a) kasaba uyushmasi qo‘mitasiga o‘z balansida turgan yoki o‘zi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, tarmoq xodimlari va ularning oila a’zolari bilan madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport, sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zurur bo‘lgan dam olish maskanlarini, bolalar-o‘smirlar lagerlari va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlarini bepul foydalanish uchun berish;
b) har oyda Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining __foizi miqdoridagi mablag‘ni madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya tadbirlari, respublika hududidagi tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, konsertlar, teatrlarga chiptalar va istirohat bog‘lariga taklifnomalar xarid qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, rag‘batlantirish, kasaba uyushmasi qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash va boshqa maqsadlar uchun Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisob raqamiga o‘tkazish majburiyatlarini oladi (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi).
139. Madaniy-ma’rifiy ishlarni yaxshilash uchun taraflar quyidagilarni o‘z zimmasiga oladilar:
-“Ma’naviyat va ma’rifat” xonasini tashkil etib, uni O‘zKUFKning va Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi tavsiyalari asosida jihozlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar hamda plakatlar, stendlar va texnik vositalar bilan ta’minlash;
-Davlat dasturlarini bajarish borasida mehnatkashlar va yoshlar o‘rtasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlab chiqarish ilg‘orlarini jalb etgan holda, har-xil mavzudagi mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar tashkil etish;
- rag‘batlantirish sifatida Muasasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining kamida 10 foizini oila a’zolari bilan birgalikda har yili dam olishga (ichki turizmga) yuborishni nazarda tutadigan xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish;
«Ichki turizm oyligi», «Ichki turizm haftaligi» hamda «Ichki turizm kunlari»ni, «Oilaviy sayohat ta’tili»ni tashkil etish va o‘tkazish;
xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam olish kunlari (otgul) berish;
- tasarrufdagi kutubxona, madaniyat uylari va saroylari faoliyatini Muassasa hisobidan yanada rivojlantirish, ularni saqlab turish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, jihozlarini yangilash, kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarni jalb qilgan holda, Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlarini o‘stirish borasida tadbirlar o‘tkazish.
-mehnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida badiiy havaskorlikni yanada rivojlanishiga har taraflama yordam ko‘rsatish. Ularning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazib, tarixiy yodgorliklar mavjud bo‘lgan Respublikaning qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtirish;
- umumxalq va kasb bayramlarini, xususan “Kasaba uyushmalari kuni”ni nishonlash, bayram munosabati bilan kasb mahorati, sport va badiiy havaskorlik bo‘yicha musobaqa, tanlov hamda tadbirlar uyushtirish;
-bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamdagi islohatlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini tarmoq xodimlariga atroflicha tushuntirish maqsadida har oyda 1 marta “Ma’naviyat soatlari”ni o‘tkazib borish.
140. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida, taraflar quyidagilarni o‘z zimmasiga oladilar:
-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun moddiy va boshqa sharoitlar yaratib berish hamda mehnat jamoasida ishlab chiqarish gimnastikasini joriy etish;
-jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarni jalb qilgan holda, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ommaviy sportga, turli sport seksiyalari, to‘garaklariga jalb etish hamda ular o‘rtasida spartakiadalar va sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirish;
-muassasa balansida bo‘lgan sport inshootlari, stadionlar va maydonchalarning faoliyatini Muassasa hisobidagi mablag‘lardan yanada rivojlantirish, moddiy–texnikaviy bazasini mustahkamlash, joriy va kapital ta’mirlash, sport inventar va jihozlarni yangilash.



Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish