Mamlakatda chorvachilikning hozirgi holati va rivojlantirish imkoniyatlari



Download 24,67 Kb.
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi24,67 Kb.
#639806
  1   2   3
Bog'liq
Davlat Raxmonov maqola(4)


MAMLAKATDA CHORVACHILIKNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
D.Raxmonov, TDIU SF dotsenti, i.f.n.
Annotatsiya. Tezisda mamlakat chorvachilik tarmoqlarida erishilgan natijalar tahlil qilinib, kelgusida ularni yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: naslli mol, sun`iy urug`lantirish, iqtisodiy manfaatdorlik, samaradorlik.
Qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan biri bo’lgan chorvachilik sohasi aholini go’sht, sut, tuxum kabi oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash korxonalarini esa mol terisi, sut, go`sht, jun, qorako`l teri, par va pat kabi qimmatli xom ashyolarga bo’lgan talablarini qondirishga xizmat qiladi. Shuningdek, chorvachilik tarmoqlari bugungi kunda global muammolardan biri bo’lgan aholi bandligini ta’minlashda, boshqa tarmoqlar uchun yaroqsiz, “tashlandiq” hisoblangan cho’l, yarimcho’l va dasht yerlarda ishlab chiqarish bilan shug’ullanib, arzon chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda hamda mamlakat eksport salohiyatini oshirish kabilarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chorvachilikning normativ-huquqiy asoslariga O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” (30.04.1998), “Veterinariya to’g’risida”gi (3.09.1993), “Naslchilik to’g’risida”gi (21.12.1995), “Fermer xo’jaligi to’g’risida” (yangi tahrirda, 26.08.2004)gi hamda “Dehqon xo’jaligi to’g’risida” (30.04.1998)gi qonunlar, sohaga doir Prezident farmonlar, qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari misol bo’ladi.
Mamlakatda bugungi kunda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan asosan fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar shug’ullanmoqda.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, ohirgi 4 yilda amalga oshirilgan islohotlar natijasida chorva mollari va parranda bosh sonlarining o’zgarishni quyida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
1-jadval
O’zbekiston Respublikasidagi barcha toifa xo’jaliklarda chorva mollari va parranda bosh sonlarining o’zgarishi (1 yanvar holatida, ming bosh)

T/r

Chorva mollari turlari



Y I L L A R

2021-yilning 2017-yilga nisbatan o’zgarishi, %

2017

2018

2019

2020

2021

1

Yirik shoxli qoramollar

12181.4

12414.7

12814.1

12968.3

13188.7

108.3




Shu jumladan:
sigirlar

4217.3

4418.3

4626.0

4663.5

4744.3

112.5

2

Qo’y va echkilar

19697.9

20680.5

21580.5

21986.0

22498.6

114.2

3

Otlar

237.5

239.4

242.5

247.3

254.0

106.9

4

Barcha turdagi parrandalar

67037.7

71343.4

86374.8

93132.3

90131.8

134.4

Manba: www.stat.uz ma’lumotlari.
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiku, tahlil qilingan davrda mamlakatdagi barcha toifa xo’jaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 1007.3 ming bosh(8.3%)ga, shundan sigirlar 527 ming bosh(12.5%)ga, qo’y va echkilar soni 2800.7 ming bosh(14.2%)ga, otlar soni 16.5 ming bosh(6.9%)ga va barcha turdagi parrandalar bosh soni esa 23094.1 ming bosh (34.4%) ga ko’paygan.
Ushbu ma’lumotlarni xo’jalik yurituvchi subektlar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, bugungi kunda mamlakatda boqilib, ko’paytirilayotgan jami yirik shoxli mollarning 92.8 foizi, sigirlarning 93.2 foizi, qo’y va echkilarning 81.4 foizi, otlarning 76,3foizi va parrandalarning 58.9 foizi dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari ulushiga to’g’ri keladi.
Agar hududlar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, jami yirik shoxli qoramollarning 12.2 foizi (1606 ming bosh), sigirlarning 14.8 foizi (702 ming bosh), qo’y va echkilarning 11.1 foizi (2493.1 ming bosh), barcha turdagi parrandalarning 19.1 foizi (13448.8 ming bosh) Samarqand viloyati ulushiga to’g’ri kelishini ko’rish mumkin.
Mollar va parranda bosh sonlarining ko’payishi bilan bir qatorda, tarmoqda ishlovchilarning fidokorona mehnatlari evaziga so’nggi yillarda mamlakatda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish sezilarli darajada oshgan.
Quyidagi jadvalda O’zbekiston Respublikasida chorvachilik mahsulotlari yetishtirish holati keltirilgan (2-jadvalga qarang).
2-jadval ma`lumolaridan ko`rinib turibdiki, 2016-2020-yillar davomida mamlakatimizda qirqib olingan jun va pilladan tashqari barcha turdagi chorvachilik mahsulotlari yetishtirish miqdorlari oshgan.
Ma’lumki, chorvachilikni rivojantirishga ta`sir etuvchi omillardan asosiysi – bu mustahkam ozuqa bazasini yaratishdir. Rivojlangan mamlakatlardan yuqori mahsuldorlikka ega bo`lgan zotli mollar avlodini valyutaga olib kelsagu, to`yimli ozuqa bilan ozuqlantira olmasak, ko`zlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmining oshishi, mahsulot sifatini yaxshilanishi kabilar evaziga ular qiymatining ko`payishiga podadagi mollarning nasl sifati ta`sir ko`rsatishi sir emas.
O’zbekistonga chetdan naslli mollar keltirish birinchi Prezidentning 308-sonli qarori (23.03.2006y.)dan keyin keskin oshdi.

Download 24,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish